Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

 
9.5. Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli. 
Buxgalteriya hisobining memorial - order shakli 1928 - 1930 yillarda yuzaga kelgan. Kartochka - 
orderli shakldan materiallar hisobining 
hujjatli - nusxa ko’chirish shakli 
deb nomlangan shakliga 
(dokumentno - kopirovalnaya forma) o’tilgan. 
Bu shaklning mohiyati shundan iboratki, unda dastlabki hujjatlar asosida memorial-orderlar tuzilib, 
ularda mazkur operasiyalar bo’yicha korrespondensiyalanuvchi schyotlar (operasiyalar) ko’rsatiladi va 
shu bilan sintetik hisob yozuvlari tartibga keltiriladi. 
Memorial-order № 31 
200 yil yanvar uchun 
Asosiy (hujjatlarga ilova va yozuv 
mazmuni) 
Debeti 
bo’yicha 
Schyot krediti 
bo’yicha 
Summa 
3 - sonli ish haqini taqsimlash vedomosti 
20 
23 
25 
26 
29 
123500 
16700 
65600
30650 
9010 
Jami 
70 
245460 
200 yil, 3 fevral 
Ilova: 4 varaqdan iborat. 
Memorial-order bir turdagi hujjatlar ma’lumotlarini birlashtiruvchi yig’ma hujjatlar asosida 
(misolda ish haqini taqsimlash vedomosti) yoki shu ma’lumotlar korrespondensiyalanuvchi schyotlar 
bo’yicha guruhlanadigan ko’p martalik vedomostlarning yakuniy ma’lumotlari asosida tuziladi. Yozuv 
uchun asos hisoblanadigan hujjatlar, albatta, orderga biriktirib qo’yiladi. Har bir memorial-order uchun 
doimiy raqam belgilanib, bir turdagi operasiyalar (kassa, hisob - kitob schyotlari, ish haqi va 
hokazo)ning har bir turi uchun bir oyda bitta order tuzish imkonini beradi. 
Orderlarni ro’yxatga olish jurnalida - sintetik hisobning xronologik registri ro’yxatga olinadi. 
Ro’yxatga olish vedomosti quyidagi ko’rinishga ega: 
Ro’yxatga olish vedomosti 
200 
yil yanvari uchun 


70 
Memorial-orderlarning tartib raqami Orderlar sanasi 
Memorial-orderlar bo’yicha 
summa 








va hokazo 
16700 
2350-50 
11750 
197361 
Yanvardagi jami 
2056743 
Memorial-orderlar ro’yxatga olingandan keyin operasiyalarni Bosh daftarga yozish uchun 
ishlatiladi. Bosh daftar yoki nazorat vedomosti (pastroqqa qaralsin) har bir schyotni har bir 
korrespondensiyalanuvchi schyot bo’yicha oborot summalarni yozish uchun ajratiladigan ustunlarga 
bo’lingan holda, ya’ni shaxmat tamoyili bo’yicha tuziladi. 
Unda faqat joriy oborotlar ro’yxatga olinadi va schyotlar bo’yicha saldo chiqarilmaydi. Bosh daftar 
asosida sintetik hisob schyotlari bo’yicha oborot vedomost tuziladi. Bunda Bosh daftarni tarkibiy 
tuzilishi shaxmatli oborot vedomostni tuzishni yengillashtiradi, chunki shaxmatli vedomost bevosita 
har bir schyotning yakunlari bilan to’ldiriladi. 
Hisob rsgistrlariga, ayniqsa sintetik hisob registrlariga yozuvlarni tayyorlashni ko’p martalik va 
guruhlovchi vedomostlardan foydalanish ancha osonlashtiradi. 
Hozirgi paytda hisobni memorial - order shaklida yuritishda PEHMdan keng miqyosda foydalansa 
bo’ladi. 
Memorial - order shakli ba’zi afzalliklarga ega. Masalan, uning registrlari o’zining tarkibiy 
tuzilishiga ko’ra oddiyroq bo’ladi. Ularning o’rtasidagi bog’lanish osonlik bilan belgilanadi. Hisob 
yozuvlarinint texnikasi uncha qiyin emas va tez o’zlashtiriladi. Shu munosabat bilan bu shakl yuzaga 
kelgan birinchi yillarda u hisobchilikning ilgarigi (kitobli) shakllariga qaraganda jiddiy afzalliklarga 
ega bo’lgan. Lekin u buxgalteriya texnikasining muhim muammolari bo’lgan analitik hisobning 
qo’polligi, uning sintetik hisobdan orqada qolishi, hisobotni hisob registrlari ma’lumotlari bo’yicha 
bevosita (qo’shimcha hisob - kitoblar va tanlab olishsiz) tuzish, yozuvlarini yuritishning ishchi 
amallarini qisqartirish va hisob registrlarida xo’jalik operasiyalarini aks ettirishni tartibga solish 
(reglamentasiya) kabi masalalarini yecha olmadi. Bu kamchiliklarning barchasn deyarli jurnal - order 
shaklida bartaraf qilingan edi. 
Memorial - order shaklining variantlaridan biri «Bosh jurnal» shaklidir. «Bosh jurnal» shaklining 
memorial - order shaklidan birgina farqi shundaki, sintetik hisob registrining tarkibida bitta ochilgan 
varaqning betida ham xronologik, ham tizimli (sistematik) yozuvlar bir martalikda olib boriladi. Bu 
registr, odatda kitobda yuritiladi va bosh schyotlar daftari yoki Bosh jurnal deb nomlanadi. 
Bosh jurnal birinchi qatorida barcha schyotlar bo’yicha 1 yanvarga bo’lgan qoldiqlarning yozuvi 
bilan ochiladi. Kredit bo’yicha qoldiqlarning umumiy yakuniga teng bo’lgan debetli qoldiqlarning 
umumiy yakuni «Memorial-orderlar bo’yicha summa» ustuniga yozib qo’yiladi. So’ngra bir oydagi barcha 
operasiyalar aks ettiriladi. Oyning oxirida barcha schyotlar bo’yicha bir oylik oborot summalar va kelgusi 
oyning birinchi kuniga qoldiqlar hisoblab chiqiladi. Bir joyda yig’ib chiqilgan bunday ma’lumotlarning 
mavjudligi sintetik schyotlar bo’yicha oborot vedomostlarni tuzishdan ozod qiladi. 
Bu shakldagi analitik hisob odatda daftarlarda yuritiladi. Sintetik hisobning analitik hisob bilan 
solishtirib tekshirish oborot vedomostlar yordamida amalga oshiriladi, hisobotni tuzish uchun esa 
ma’lumotlarni tanlab olish va qo’shimcha hisob-kitob qilinadi. Shunday qilib, Bosh daftar shaklidagi hisob 
yuritish texnikasi memorial-order shaklidan sintetik hisob registrining tuzilishpdan tashqari, qyech narsa 
bilan farq qilmaydi. 
Hisobning bu shaklining asosiy afzalligi - xronologik hisob bilan tizimli hisobning bir martalikda olib 
boriladigan bosh schyotlari daftarining tarkibiy tuzilishidir. Bu daftarda schyotlar bir varaqning betida 
joylash-tirganligi tufayli juda yaqqol va osonlik bilan kuzatiladi. Hisobli ro’yxatga olish texnikasi uncha 


71 
katta malakani talab qilmaydi. Shu afzalliklarning barchasi bu shaklning, ayniqsa, yuqori malakali hisob 
xodimlariga ega bo’lmagan fermer xo’jaliklarilarda keng tarqalishiga olib keladi. 
Lekin Bosh jurnal kitobi ba’zi kamchiliklarga ham egadir. Schyotlar ko’p bo’lgan holda u axborotni 
qo’lda ishlash sharoitida beso’naqay va noqulay bo’lib qoladi. 
Qo’shimcha varaqlardan foydalanish operasiyalarini qiyinlashtiradi va summalarni tegishli bo’lmagan 
boshqa schyotlarga yozib qo’yishdan iborat bo’lgan xatolarning ko’payishiga olib keladi. Shuning uchun 
Bosh jurnal daftarini yuritish uchun mumkin bo’lgan schyotlarning soni 20 - 25 tadan oshmasligi lozim. 
Bosh jurnal shakliga kelsak, memorial - order shaklida qanday kamchiliklar bo’lsa, unga ham shu 
kamchiliklar bo’lishi mumkin. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish