Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

9.4. Buxgalteriya hisobi shakllari. 
Buxgalteriya hisobining shakli
deb, o’zaro bir-biri bilan bog’langan hisob registrlari hamda ularda 
yozuvlarni olib borish tartibiga aytiladi. Registrlarning tashqi ko’rinishi, ularning tarkibiy tuzilishi, 
sintetik va analitik registrlarning o’zaro bog’lanishi, dastlabki hisob axborotini olishda va ishlashda, 
uning hisob registrlariga yozishda qo’llaniladigan texnika - mana shularning barchasi buxgalteriya 
hisobining ayrim shakllarining xususiyatlarini belgilab beradi. 
Daftarlardan foydalanishga asoslangan buxgalteriya hisobining shakllari shunday yo’l bilan 
rivojlangan edi. Ulardan birinchisi dastlab Italiya olimi Luka Pacholi tomonidan 1494 yilda 
Venesiyada chop etilgan «Schyotlar va yozuvlar to’g’risidagi traktat» kitobida yoritilgan edi. 
XX asrning boshida, yirik ishlab chikarishning rivojlanishi sharoitida hisobga bo’lgan talab ancha 
oshdi. Daftarlar o’rniga registrlarning yangi shakllari - kartochkalar, bo’sh varaklardan foydalanish 
o’rtaga tashlanib, ular hisob mehnatini yengallashtirib, ilgari mehnatni juda ko’p talab kiladigan 
ishlarni soddalashtirish qayta - qayta ko’chirish ishlarini bartaraf qilish imkoniyatlarini va pirovardida 
hisobda mashinali texnikadan foydalanish sharoitlarini yaratib berdi. 
Markazlashtirilgan boshqaruv sharoitida yaratilgan hisobning shakllaridan eng birinchisi 1925 -
1927 yillarda keng tarqalgan kartochka - orderli shaklidir. 
Kartochka - orderli shaklida qayta - qayta ko’chirish ishlarini kiskartirish maksadida nusxa 
ko’chirish (kopirovka) yordamida bir necha nusxada tuziladigan orderlar kiritilgan edi. Har bir 
operasiyaga aloxida order yozib berilib, unda ushbu jarayon bo’yicha buxgalteriya yozuvi va uning 
kiskacha izohi berilar edi. 
Orderlar uch nusxada yozilib, ular keyinchalik sintetik hisobning xronologik yozuvi, analitik 
hisobning debetli va kreditli yozuvlari uchun ishlatilardi. Bu narsa ushbu registrlardagi yozuvlarni 
orderlarning tegishli nusxalari joy - joyiga terib qo’yiщ bilan almashtirish imkonini berdi. Orderning 
birinchi nusxasi xronologik hisob registrlarida (kassa orderlari yoki memorial orderlarda) tikib 
qo’yilar, ikkinchi va uchinchisi esa - debetlanadigan va kreditlanadigan schetlar analitik hisobining 
tegishli kartochkalarida taxlab ko’yilardi. 
Qayta - qayta ko’chirishni kiskartirishga intilish turlashtirilgan orderlarning (ularda operasiyalarni 
izohlovchi matn oldindan bosib yozilgan -«Turlashtirilgan» bo’ladi) yaratilishiga olib keddi. Bosh 
kitobdagi yozuvlar yig’ma jurnal asosida qilinar edi. 


69 
Lekin hisobning bu shakli amaliyotda keng ko’llanishga erisha olmadi, chunki har bir operasiyaga 
aloxida orderning berilishi mehnatni kamaytirish o’rniga, uning sarfini oshirib yubordi va hisob 
registrlarining tasviriyligini yomonlashtirib qo’ydi. Shularning hammasi hisobni rasionalizasiya 
qilishning boshqa yo’llarini izlashga majbur etdi. 
Kartochka - orderli shaklning negizida 1927 yilda birinchi marta savdo fermer xo’jaliklarilarida 
qo’llangan kartochkali - nusxa ko’chirit («kopiruchyot») shakli yaratildi. 
Bu shaklning negiziga analitik hisob kartochkalariga va sintetik hisob jurnallariga bir vaqtning 
o’zida nusxa ko’chirish yo’li bilan yozish tamoyili qo’yilgan edi. Bu hisobning shaklida har bir jurnal, 
odatga ko’ra, bir necha turdosh schyotlar bo’yicha yozuvlarni o’z ichiga olar edi. Masalan, barcha 
hisob -kitob schyotlari bo’yicha yozuvlarni birlashtiruvchi jurnallar yuritilar edi. Hyech qanday 
orderlar tuzilmas va barcha yozuvlar bevosita hujjatlarning o’zidan amalga oshirilar edi. Bu bilan hisob 
ma’lumotlarining hujjatlardagiga to’g’ri kelishiga erishilar edi. Korrespondensiyalantiruvchi 
schyotlarning raqamlari hujjatlarga maxsus muhr bilan qo’yilar edi. 
Bosh daftar kundalik nazorat vedomosti bilan almashtirilib, u har bir schyotining ichida u bilan 
korrespondensiyalanuvchi schyotlar bo’yicha yozuvlarni guruhlashni ta’minlar edi. Nazorat 
vedomostidagi yozuvlar har kunning oxirida jurnallardagi yezuvlar bilan solishtirib tekshirilar, bu esa 
o’z navbatida hisobotlarni tuzishni tezlashtirar, xatolarni topishga sarflanadigan vaqtni qisqartirar va 
kundalik balans tuzish imkoniyatini yaratar edi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish