Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

 
29.2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan 
usullari 
Xo‘jalik yurituvchi subekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil qilayotganda ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarni umumiy schyotlar rejasidan ajratishni taqozo qiladi. Demak, 
boshqaruv hisobini yuritish uchun ayrim schyotlarning rejasini tuzish yoki umumiy rejadan tegishli 
schyotlarni ajratib olish lozim. O‘zbekistonda ikkinchi usul, ya’ni tegishli schyotlarni schyotlar 
rejasidan ajratib olish orqali boshqaruv hisobi yuritilyapti. Boshqaruv hisobi schyotlarini ajratib olgan 
holda yuritish natijasida: 
a) boshqaruv tarkiblarini axborotlar bilan ta’minlashni yaxshilashga olib kelmoqda; 
b) ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi to‘g‘risidagi tijorat sirini saqlashga yordam bermoqda; 
v) ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning rentabellik darajasini sir saqlashga yordam 
bermoqda. 
Boshqaruv hisobini tashkil qilishning turlari va uning moliyaviy hisob bilan o‘zaro aloqasi, ya’ni 
mustaqil (avtonom), integrallashgan buxgalteriya hisobi usullari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur 
o‘rganilmoqda va amaliyotda qo‘llashga taklif qilinmoqda. 
Buxgalteriya hisobining mustaqil (avtonom) variantida moliyaviy va boshqaruv hisob tizimi 
yopiq hisoblanadi. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlari 
bo‘yicha guruhlashtirilsa, boshqaruv hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo‘yicha turkumlashtiriladi. 
Ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun mustaqil schyotlarning kodi tanlab olinadi. 
Ular ekran-schyotlar, tranzit yoki oyna schyotlar deb ham yuritiladi. CHunki sarflangan xarajatlar 
ushbu schyotlarda o‘zlarining aksini ko‘radilar. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriya esa ushbu 
xarajatlarning sodir bo‘lgan joylarini aks ettirmaydi va tayyor mahsulotlar bo‘yicha sarflangan umumiy 
xarajatlarnigina aks ettirgan axborotlarni beradi. SHuning uchun ham moliyaviy hisobda faqatgina 
sarflarning umumiy miqdorini olish mumkin. 
Boshqaruv hisobi esa ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini bo‘laklarga ajratadi, ya’ni sarflangan 
tovar-moddiy zaxiralari, mehnat sarflari, asosiy vositalarning eskirishi, ijara to‘lovlari, yonilg‘i, suv, 
energiya sarflari qaerlarga sarflanganiga qarab ayrim olingan holda ko‘rsatiladi. 
SHu bilan bir qatorda mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan daromadlar turlari bo‘yicha 
moliyaviy hisobda ham, boshqaruv hisobida ham ko‘rsatiladi. 
SHunday qilib, moliyaviy hisob olingan umumiy daromad va sarflangan umumiy xarajatlar 
to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘adi. Ushbu ma’lumotlarga asoslangan holda manfaatdor shaxslar 
kalkulatsiya qilish sirlariga chuqur kirib bormay soliqlarning to‘g‘ri hisoblanganligini tekshirishi 
mumkin. Ushbu holat faqatgina bozor iqtisodiyotiga mos kelmaydigan davlatlarning hozirgi 
faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydi. CHunki amaliyotda ko‘pchilik holatlarda soliq organlari xo‘jalik 
yurituvchi subektning xarajatlarining turlari, kalkulatsiya qilish usullarining qo‘llanishini mahsulotni 
tannarxdan past bahoda sotish natijasida soliq summasini kamaytirish holatlarining oldini olish va 
jazolash maqsadida chuqur va har tomonlama tekshiradilar. 
Boshqaruv hisobida qo‘llanilayotgan ayrim schyotda xo‘jalik yurituvchi subektning ishlab 
chiqarish faoliyati bo‘yicha ikkita moliyaviy natija aniqlanadi- marjinal daromad va foyda summasi. 
Agarda ishlab chiqarish jarayonidagi hamma xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘lsa u vaqtda 
marjinal daromad va foydaning summasi bir xil bo‘lib qoladi, umuman olganda amaliyotda mahsulotni 


213 
sotishdan olingan daromadning summasidan o‘zgaruvchan xarajatlar chegirilib marjinal daromadning 
summasi aniqlanadi va ushbu marjinal daromad summasidan ishlab chiqarishning ustama xarajatlari 
chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobda 9900 schyotda daromad va xarajatlar yig‘ilib balansda aks ettiriladigan foyda 
summasi shakllantiriladi. Ushbu foyda asosiy ishlab chiqarish faoliyati, muomalaviy, moliyaviy 
faoliyatdan va favqulodda hodisalarning natijasi bo‘yicha olinishi mumkin. Ushbu tartibni tushunishni 
osonlashtirish uchun ayrim cheklanishlarga yo‘l qo‘yiladi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subekt faqat asosiy 
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradi va muomalaviy faoliyatlari, moliyaviy faoliyatlari yo‘q deb 
faraz qilinadi. 
Moliyaviy buxgalteriyada hisobot davrining oxirida foyda qo‘yidagi tartibda hisoblab chiqiladi: 
- tovar-moddiy zaxiralarning qiymati faqatgina yilning oxirida inventarizatsiya natijalaridan 
keyin boshqaruv hisobining ma’lumotlariga muvofiq qayd qilinadi. 
- moliyaviy natija esa hisoblangan daromad summasiga yilning oxirida TMQ qoldiq 
summasining ko‘payishiga qo‘shilib ushbu olingan ko‘rsatkichdan sarflangan umumiy xarajatlarning 
chegirilishi natijasida aniqlanadi. 
Hisobning integrallashgan tizimida esa schyot-ekranlar qo‘llanilmaydi, balki buxgalteriya hisobi 
schyotlaridan foydalaniladi. Natijada boshqaruv hisobida qo‘llanilayotgan schyotlarning qoldiq 
summasi moliyaviy hisobda qo‘llanilayotgan ushbu schyotlarga taalluqlidir. Subektning faoliyati 
bo‘yicha sarflarni aniqlash uchun moliyaviy hisobda faqatgina ushbu schyotlarning qoldig‘i aks 
ettiriladi va ularning muomalalari va jamlangan aylanma summalari boshqaruv hisobining schyotlarida 
yoritiladi. 
Misol: 2800 -"Tayyor mahsulotlar" schyotlarining guruhida faqatgina boshqaruv hisobining 
ushbu schyotidan berilgan ma’lumotga asosan tegishli mahsulotlarning qoldig‘i ko‘rsatiladi, ushbu 
qoldiqni topishgacha bo‘lgan hamma muomalalar, tayyor mahsulotlarni qabul qilish, chiqarish 
muomalalari, ularning umumiy summalari boshqaruv hisobining ushbu schyotida qayd qilib boriladi. 
Boshqa jarayonlar- tugallanmagan ishlab chiqarishning qoldiq summasi, TMZ qoldiq summasi, 
moliyaviy natijalarning ko‘rsatkichlari ham shu tartibda moliyaviy va boshqaruv hisoblarida yoritiladi. 
Tegishli ma’lumotlarni bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tkazish ayrim olgan schyotlar (masalan, 4100 
yoki 6100) orqali amalga oshirilib hisobot davrining ohirida ushbu schyotlar yopiladi va ularda qoldiq 
bo‘lmaydi. 
Boshqaruv hisobi tizimini yaratishdagi asosiy omil bu ushbu ma’lumotlarning samaradorligidir. 
CHunki asosiy maqsad shu hisobning ma’lumotlariga tayangan holda qabul qilingan qarorlarning 
natijasidan iqtisodiy naf olishdir. SHuning uchun ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish uchun 
ketgan xarajatlarni uning ma’lumotlariga asosan qabul qilingan qarorlardan ko‘rilgan iqtisodiy naflar 
qoplasa va ulardan ortiqcha bo‘lsagina ushbu tizim tashkil qilinadi. 
Ushbu holatda shuni ham etiborga olish lozimki, tegishli qarorlardan olingan naflar darhol ko‘zga 
tashlansa ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish sarflarini qoplash uzoq vaqt davom qilishi 
mumkin. SHuning uchun boshqaruv hisobining iqtisodiy samardorligi uni qo‘llash doirasiga va 
ma’lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berishni avtomatlashtirish darajasiga bog‘liq. Amaliyotda 
mamlakatimizda buxgalteriya hisobi tasdiqlangan umumiy schyotlarning rejasiga asosan 
(integrallashgan) yuritiladi. 
Moliyaviy va boshqaruv hisobining integrallashgan tizimini yaratish eng avvalo tasdiqlangan 
schyotlarning rejasiga asoslangan holda schyotlar rejasini ishlab chiqish va hisob siyosatiga kiritishdir.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish