61
K-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimning qarzi» Ushbu operasiya undirilgan
kamomadning bozor bahosidagi summasiga beriladi.
Shu bilan birga moddiy javobgar shaxsdan undiriladigan summa bilan qiymatliklarning balans
bahosi o’rtasidagi farq quyidagi operasiya bilan daromadga o’tkaziladi:
D-t 6230 «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar»
K-t 9390 «Boshqa operasion daromadlar»
Bir davrning o’zida va bir moddiy javobgar shaxsda bir turdagi tovar -moddiy boyliklarning
kamomadi va ortiqcha chiqishlari o’zaro xo’jalik hisobiga o’tkazilishi mumkin. Kam chiqqan boyliklar
qiymati aybdor shaxslar hisobiga olib boriladi.
Moddiy qiymatliklarni ortiqcha chiqishi aniqlanganda u 19- BHMS ning 5.7 bandiga binoan kirimga
olinib, xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga o’tkaziladi. Bu operasiya quyidagi yozuv
bilan rasmiylashtiriladi:
D-t Tegishli moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan schyotlar.
K-t 9390 «Boshqa operasion daromadlar»
Kamomadlar va ortiqcha chikishlarning har bir hodisasida farqlarning yuzaga kelish sabablari
chuqur va har tomonlama o’rganshshshi zarur.
Buni quyida keltirilgan chizmadan ko’rish mumkin:
Tabiiy yo’qolish me’yorlari chegarasidagi yoki undan yuqori bo’lgan kamomadlar, aybdor shaxslar
bo’lmaganda, tabiiy talofat hisoblanib, paydo bo’lgan joyiga qarab, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini
yoki davr xarajatlarini oshirishi kerak.
Ortiqcha chiqishlar fermer xo’jaliklari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga tegishli
qiymatliklar schyotlariga kirim qilinadi. Ortiqcha chiqishlar aniqlanganda, albatta, ularning kelib
chikish sabablari va aybdorlari surishtirib topiladi.
Ortiqcha chiqqan moddiy boyliklar birinchi navbatda tegishli qiymatliklar schyotlarining debetida
va boshqa operasion daromadlar schyotining kreditida aks ettiriladi.
9390 «Boshqa operasion
daromadlar»
«Moddiy
boyliklarni
hisobga
oladigan schyotlar»
D-t K-t
D-t K-t
Shu bilan ushbu qiymatliklarning qoldig’ini inventarizasiya natijasida aniqlangan ularning xaqiqiy
miqdorlari bilan muvofiqlikka olib kelish ta’minlanadi. Ortiqcha chiqishlar, odatda, materiallarning
haqikiy harakatini hujjatlar bilan noto’g’ri rasmiylashtirish natijasida yuzaga keladi va shuning uchun
bunday yozuv zarurdir.
Haqiqatda ham, ishlab chiqarish zahiralarining ortiqcha chiqishi ularning haqiqatda qilingan
sarflariga qaraganda ko’proq miqdorda hisobdan chiqarilganligi, tayyor mahsulotning ortiqcha chiqishi
esa, aksincha, ularning kelishini kamroq miqdorda yozilishi natijasidir.
Kamomadlarni hisobdan chiqarish va ortiqcha chiqishlarni kirimga olish tegishli tovar-moddiy
boyliklarning ham sintetik, ham analitik hisobida aks ettiriladi. Bu ularning buxgalteriya hisobidagi
ma’lumotlari bo’yicha qoldiqlarning inventarizasiya o’tkazish yo’li bilan aniqlangan haqiqiy
mavjudligiga muvofiqligini ta’minlaydi.
Amaldagi Nizomda da’vo muddati o’tib ketgan qarzlarni qoplash va hisobdan chiqarish tartibi ham
belgilab qo’yilgan. Da’vo qilish muddati o’tib ketgan kreditorlik va deponentlik qarzlar daromadga
o’tkazilishi kerak.
Da’vo qilish muddati o’tib ketgan kreditor va deponent qarzlar hisobdan chiqarilganda 6720
«Deponentlangan meqnat haqi» va 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyotlari debetlanib 9360 «Kreditor
va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyoti kreditlanadi.
Da’vo muddati o’tib ketgan debitor qarzlar hisobidan chiqarilganda 9430 «Boshqa operasion
xarajatlar» schyoti debetlanib, debitorlik qarzlar hisobga olinadigan schyotlar kreditlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: