Maxsus son, 2020
PEDAGOGIK MAHORAT
47
Hamro RAHMATOV
Buxoro davlat universiteti
Boshlangʻich ta’lim nazariyasi
kafedrasi oʻqituvchisi
BOSHLANGʻICH SINFlAR MATEMATIKA DARSLARIDA TIPIK MASALALAR
YECHISHGA OʻRGATISH TEXNOLOGIYASI
Mazkur maqolada bolalar ijodiy iqtidorini oʻstirishga doir zamonaviy matematik masalalar tahlil
qilinib ulardan foydalanish usullari bayon etilgan.
Kalit soʻzlar: modernizatsiy, innovatsiya, tafakkur, arifmetik amallar.
В данной статье проанализированы современные математические задачи по развитию
детского творческого таланта и описаны методы их использования.
Ключевые слова: модернизация, инновации, мышление, арифметические действия.
This article analyzes modern mathematical issues related to the development of children's creativity
and describes the methods of their use.
Key words: modernization, innovation, contemplation, arithmetic actions.
Mamlakatimizda ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim,
fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini
hisobga olgan holda oʻqitish jarayoniga innovatsiyalarni tadbiq etish bilan bir qatorda, ta’lim-tarbiya jarayoni
ishtirokchilarining imkoniyatlari va ehtiyojlari nuqtayi nazaridan ular uchun zarur va yetarli shart-
sharoitlarni yaratib berishni bugungi kun talab etmoqda. Hozirgi kunda xalq ta’limi oldida ta’lim tarbiya
samaradorligini oshirishning turli uslublarini takomillashtirish kabi ulkan vazifalar qoʻyildi. Bu vazifa
bevosita boshlangʻch maktabning ham vazifasi. Ta’lim samaradorligi oshirishning turli yoʻllari mavjud.
Masalan: ta’limning turli uslublaridan unumli foydalanish, mazmunini qayta koʻrib chiqish, davr talabiga
mos materialli tanlash, talim jarayonini tashkil etishning turli shakllaridan maqsadga muvofiq holda oqilona
foydalana olish va xokazolar. Mamlakatimizda ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy
jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon
miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda oʻqitish jarayoniga innovatsiyalarni tadbiq etish
bilan bir qatorda, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining imkoniyatlari va ehtiyojlari nuqtayi nazaridan
ular uchun zarur va yetarli shart-sharoitlarni yaratib berishni bugungi kun talab etmoqda.
Boshlangʻich sinf matematika dasturining asosiy talablari oʻquvchilar tomonidan toʻrt arifmetik
amalga oid sodda matnli masalalarni yechish koʻnikmasini egallashni nazarda tutadi. Bu quyidagi
koʻrinishdagi masalalardir:
- har bir amal mazmunini ochib beruvchi (ikki qoʻshiluvchining yigʻindisi, ayirma, koʻpaytmani
topish; teng qismlarga boʻlish yoki mazmuniga koʻra boʻlishga oid);
- berilgan sondan bir necha birlik (yoki bir necha marta) katta (kichik) boʻlgan sonni topish talab
etilgan masalalar hamda ayirish va boʻlish yordamida sonlarni taqqoslashga (ayirmali va karrali
taqqoslashga) doir;
- amal tarkibiy qismlaridan birini topishga doir;
- sonning ulushini va ulushga koʻra sonni topishga doir.
4-sinfda oʻquvchilar uchun yangi boʻlgan, yuqorida keltirilgan guruhchalardan ikkinchisiga oid turli
koʻrinishdagi masalalar kiritiladi. Bundan tashqari, bolalarga koʻrinishi avvaldan tanish boʻlgan, lekin ular
uchun yangi boʻlgan kattaliklar orasidagi oʻzaro bogʻlanishlarni tushunib yechish asosida tuzilgan
masalalarni yechishga alohida e’tibor beriladi.
Tayyor masalalarni yechish bilan bir qatorda oʻquvchilarni oʻqituvchining turli topshiriqlari boʻyicha
masalalar tuzishga masala qildirish foydali. Oʻquvchilar masalalar tuzish uchun sonli va sistemali
materiallarni atrof-borliqdan olishlari kerak. Bunday masalalarni tuzish va yechish har xil turdagi
masalalarning tuzilishi va уесhilishining oʻziga xos xususiyatlarini chuqur tushunish imkonini beribgina
qolmay, balki, bolalarning ijodiy tasavvur qila olishlarini, ularning bilim doiralarini kengaytiradi, ta’limning
turmush bilan bogʻlanishini mustahkamlashga imkon beradi.
Masalalar bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga
imkon beradi. Shuningdek tarkibli masalalar oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirish,
ularning oʻz fikrlarini aniq, toʻgʻri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi.
Matematikaning asosiy mazmunini tarkibli masalalar ochib beradi. Masalalar yechish jarayonida
oʻquvchilar har bir amal ma’nosini va ularni qoʻllashning asosiy hollarini oʻzlashtiradilar: ogʻzaki va yozma
Do'stlaringiz bilan baham: |