Maxsus son [2]. 2022
65
O‘ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI
ko’rsatkichlariga
hamda texnologik belgilariga Qoraqalpog’iston
Respublikasining ekstremal ekologik omillarini ta’sir darajasini
aniqlash va yangi duragay kombinatsiyalarini tanlash ilmiy
ishimizning bosh maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqolada
ilmiy ishimizning bir bo’limi hisoblangan Qoraqalpog’iston
Respublikasi sharoitida parvarishlangan tut ipak qurtining zot
va tizimlari, duragaylarining hayotchanlik va pilla mahsuldorlik
ko’rsatkichlarini tahlil qilamiz.
Ipakchilik sohasi rivojlangan birqancha davlatlar va Ipakchilik
ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan ipak qurtining
hayotchanlik va pilla mahsuldorligini yaxshilash uchun bir qator
ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Sh.Umarov, A.Batirova, B.Mirzoxodjaev, E.Jiemuratov [1] lar
anomal iqlim sharoitlarinining tut ipak qurti hayotchanlik va pilla
mahsuldorlik ko’rsatkichlariga ta’siri ustida o’z taqdiqot ishlarini
olib borganlar. Va turli xil ekologik sharoitlarda yetishtirilgan
duragay kombinatsiyalar qurtlarining yashovchanligi va
pilla mahsuldorlik ko’rsatkichlariga ushbu omil har xil ta’sir
qilishini aniqlaganlar. Tahlil qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra,
«Musaffo-tola» 1 duragayida urug’ning
jonlanishi 94,0 - 92,0%, qurtlarning
yashovchanligi 94,0 - 83,3% bo‘lib, boshqa
duragay birikmalaridan anomal issiq
sharoitlarga chidamliligi bilan ajralib
turgan. «Musaffo-tola» 1 va «Musaffo-
tola» 2 duragaylarida pilla mahsuldorligi
ko’rsatkichlari, ya’ni pilla vazni (1,5 g),
pilla qobig’ining og’irligi (356 mg) va
ipakchanligi (23,7%) “Jingsonghoaeou”
xorijiy duragay ko’rsatkichlaridan yuqori
bo’lib, seleksionerlar tomonidan yaratilgan
mahalliy duragaylarni agrotexnik me’yorlari
asosida parvarishlash, ishlab chiqarishda
yuqori iqtisodiy samarani
oqlashini isbotlaganlar.
A.Tuxtaev [2] o’zining
ilmiy tadqiqot ishlarini asosiy
parametr – ipak qurtining
ipak bezi va uning biologik,
iqtisodiy qimmatli belgilari bilan
bog‘liqligi yordamida naslchilik
jarayonlarini tezlashtirishning
ayrim masalalarini o‘rganishga
bag‘ishlagan. O’tkazilgan
ilmiy tadqiqotlar va olingan
ma’lumotlar ipak qurtining
yangi yuqori mahsuldor zotlari
va duragaylarida qurtlarning
rivojlanish yoshiga qarab ipak bezining massasida ma’lum
o’zgarishlar mavjudligini ko’rsatdi. Beshinchi yoshning oxiriga
kelib, zot tarkibidan kelib chiqib, bu ko‘rsatkichning maksimal
darajasi past mahsuldor «Bag‘dod» zoti uchun 1348,0 mg va
yuqori mahsuldor «Tojikiston-1» zoti uchun 1882 mg ga yetgan.
2015–2017-yillarda N.Rajabov [3] “Ipakchi 1×Ipakchi 2” ipak
qurti duragayining oziqlanishiga oid tadqiqoti natijalariga ko‘ra,
qurtlarning yashovchanligi va pilla hosildorligi tut naviga bevosita
bog‘liqligini aniqlagan. Sinovdan o’tgan tutning selektsion
raqamlari orasida №3-02 va №7-02 yuqori ko’rsatkichlarni
ko’rsatgan. Bu variantlarda parvarishlangan qurtlarning
yashovchanligi 90,6-92,9% ni tashkil etib, nazorat variantiga
nisbatan bir quti qurtdan pilla hosildorligi 110,9-125,5% ga
yuqoriroq bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |