Ayblov xulosasiga ilovalar.
Ayblov xulosasiga tergovchinig fikricha sud majlisiga chaqirilishi lozim bo’lgan shaxlarning ro’yxati, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi qancha vaqt qamoqda saqlanganligi o’g’risidagi, ashyoviy dalillar, fuqaroviy da’voni taminlash choralari, sud chiqimlari to’g’risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.
Sud majlisiga chaqirilishi lozim bo’lgan shaxslarning ro’yxatida tergovchi ularning turgan joyi hamda ko’rsatuvlari yoki xulosalari ishning qaysi sahifasida bayon qilinganligini ko’rsatadi.
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo’lgan shaxslar ro’yxatida ularning taxalluslari ko’rsatilishi mumkin. Xavfsizligi ta’minlanishiga muhtoj bo’lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar ular ishtirokida o’tkazilgan tergov harakatlari bayonnomalarining kirish qismlari bilan birga muhrlangan holda sudga taqdim etiladi. Ular bilan faqat ayblov xulosasini tasdiqlovchi prokuror va ishni ko’rib chiquvchi sudya tanishishlari mumkin.
Jinoyat ishining prokurorga yuborilishi.
Tergovchi ayblov xulosasini imzolaganidan keyin jinoyat ishini darhol prokurorga yuboradi.
SURISHTIRUV VA DASTLABKI TERGOV ORGANLARI QONUNLARINING IJRO ETISHI
USTIDAN NAZORAT
Prokurorning vakolatlari.
Surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini yuritishda qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat prokuror tomonidan amalga oshiriladi.
Jinoyat sodir etilgani to’g’risidagi ariza va xabarlarni ko’rish hamda hal qilish, tekshirishni amalga oshirishning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi, chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi surishtiruv va dastlabki tergov organlarining qonunlarning ijro etilishi ustidan olib boradigan nazoratining sohasidir.
Surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirib, prokuror o’z vakolati doirasida:
Surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan ishlarni tekshirish uchun, sodir etilgan jinoyatlarga oid tezkor qidiruv , surishtiruv, dastlabki tergov ishlarining borishiga doir hujjatlarni, materiallarni va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish va hal etish to’g’risidagi qonun talablari qay darajada ijro etilayotganligini har oy kamida bir marta tekshiradi;
Surishtiruvchilar va tergovchilarning qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;
Jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, o’zgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish to’g’risida yozna ko’rsatmalar beradi;
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoxud qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to’g’risida suda iltimosnoma kiritadi; (Uxhinchi qismning beshinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyul O’RQ-100-son Qonuni bilan kiritilgan – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 6-son, 249-modda)
Amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo’zg’atishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini tugatish to’g’risida sudga iltimosnoma kiritadi;
Surishtiruv organlariga shaxslarni ushlash, majburiy keltirish, tintuv o’tkazish , olib qo’yish to’g’risidagi qarorlarni, sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, shuningdek prokuror yoki prokuratura tergovchisi yurituvidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun zarur choralar ko’rish to’g’risida ko’rsatmalar beradi;
Surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda ushbu Kodeksga muvofiq har qanday ish bo’yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni to’liq amalga oshiradi;
Tintuv o’tkazishga, pochta-telegraf jo’natmalarini xatlash va ularni olib qo’yishga , telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitib turishga, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishga va qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruv organi hamda tergovchining boshqa harakatlariga ruxsat beradi;
Dastlabki tergov muddatlarini ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda uzaytiradi;
Ishlarni surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qo’shimcha tergov o’tkazish to’g’risida o’z ko’rsatmalari bilan qaytaradi;
Jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov organidan boshqasiga o’tkazadi.
Surishtiruvchini yoki tergovchini ,basharti ular ishning tergov chog’ida qonun buzilishiga yo’l qo’ygan bo’lsalar, surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishlarini davom ettirishdan chetlatadi.
Jinoyat ishlari qo’zg’atadi yoki ularni qo’zg’atishni rad etadi, ishlarni to’xtatadi yoxud ularning yuritilishini to’xtatadi , qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining ishni tugatishga rozilik beradi, ayblov xulosasini yoki qarorini tasdiqlaydi, ishlarini sudga yuboradi.
Prokurorning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibga muvofiq surishtiruv va dastlabki tergov organlariga tergovga qadar tekshirish o’tkazish, ishlarni qo’zg’atish va tergov qilish bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatmalari ana shu organlar uchun majburiydir.
Ko’p voqeali jinoyat ishlari bo’yicha prokurorning vakolatlari
Prokuror yoki uning o’rinbosari ko’p voqeali jinoyat ishlari bo’yicha ayblovning ayrim voqelari yuzasidan muayyan shaxsga nisbatan to’plangan dalillarni ayblov xulosasi tuzish uchun yetarli deb e’tirof etsa, shu voqealar bo’yicha tergovni tamomlash va ishni sudga yuborish haqida yozma ko’rsatma berishga haqli.
Ayblov xulosasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror hal etishi lozim bo’lgan masalalar.
Prokuror yoki uning o’rinbosari tergovchidan ayblov xulosasi bilan kelgan jinoyat ishini o’rganib chiqishi va :
-
Ayblanuvchi zimmasiga qo’yiladigan qilmish sodir etilgan yoki etilmaganligini va bu qilmishda jinoyat tarkibi bor yo’qligini;
-
Qo’yilgan ayb ishdagi mavjud dalillar bilan asoslantirilgan –asoslantirilmaganligini;
-
Ayblanuvchining sbotlangan barcha jinoiy qilmishlari ayblov mazmuniga kiritilgan –kiritilmaganligini;
-
Jinoyati fosh qilingan barcha shaxslar ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan – qilinmaganligini;
-
Ayblovni yoki ishni tugatishga sabab bo’ladigan holatlar bor – yo’qligini;
-
Ayblanuvchining qilmishlariga to’g’ri yoki noto’g’ri tavsif berilganligini;
-
Ehtiyot chorasi to’g’ri yoki noto’g’ri tanlanganligi;
-
Fuqaroviy da’voni ta’minlash choralari ko’rilgan – ko’rilmaganligini;
-
Jinoiatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart sharoitlar aniqlangan-aniqlanmaganligini hamda ularga barham berish choralari ko’rilgan – ko’rilmaganligini;
-
Tergov sinchkovlik bilan , har tomonlama, to’la va xolisona o’tkazilgan - o’tkazilmaganligini, barcha vajlar tekshirilganligini va himoyaning iltimosnomalari ko’rib chiqilganligini;
-
Surishtiruvchi va tergovchi ushbu Kodeksning boshqa talablariga rioya qilgan – qilmaganligini tekshirishi shart.
Ayblov xulosasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokurorning qarori.
Prokuror yoki uning o’rinbosari ayblov xulosasi bilan kelgan jinoyat ishini ko’pi bilan besh sutkada ko’rib chiqishi va quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi shart:
-
Ishni sudga yuborish uchun asoslar mavjud deb topib, ayblov xulosasini tasdiqlash;
-
O’z qarori bilan ayblov mazmunidan ayrim bandlarni chiqarib tashlash , yengilroq jinoyatni nazarda tutuvchi qonunni qo’llash va shu o’zgartirishlar bilan ayblov xulosasini tasdiqlash;
-
Qo’shimcha tergov o’tkazish uchun ishni o’z ko’rsatmalari bilan tergovchiga qaytarish;
-
Ishni yuritishni to’xtatish;
-
Ishni tugatish;
-
Amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish to’g’risida sudga iltimosnoma kiritish.
Basharti ayblovni to’ldirish yoki uni og’rilashtirish tomoniga yoxud haqiqiy holatlarga ko’ra avvalgi ayblodan jiddiy farq qiladigan tomonga o’zgartirish talab qilinsa, prokuror yoki uning o’rinbosari qo’shimcha yoki uning o’zgartirilgan ayb e’lon qilish uchun ishni qo’shimcha tergovga qaytaradi.
Ehtiyot chorasi to’g’risida qaror.
Ayblov xulosasi bilan kelgan jinoyat ishi bo’yicha prokuror yoki uning o’rinbosari ehtiyot chorasini o’z qaori bilan bekor qilishga, o’zgartirishga yoki ilgari ehtiyot chorasi yanlanmagan bo’lsa, shunday chorani tadbiq etishga haqlidir. Bunda ushbu Kodeksning 28-bobidagi qoidalar qo’laniladi.
Sud majlisiga chaqirilishi lozim bo’lgan shaxslarning ro’yxatini o’zgartirish.
Jinoyat ishi sudga yuborilgunga qadar prokuror yoki uning o’rinbosari sud majlisiga chaqiriladigan shaxslarning ro’yxatini o’z qarori bilan qisqartirish yoki to’ldirishga haqlidir.Bunda ayblanuvchilar, muomala layoqatiga ega bo’lgan jabrlanuvchilar, voyaga yetmagan ayblanuvchilarning qonuniy vakillari, shuningdek fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan shaxslar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar va ularning vakillari ro’yxatdan tushirib qoldirilishi mumkin emas. Dastlabki tergovda guvoh sifatida so’roq qilinmagan va ekspert sifatida xulosa bermagan shaxslar ro’yxatga qo’shimcha qilib kiritilishi mumkin emas.
Jinoyat ishini sudga yuborish.
Prokuror yoki uning o’rinbosari ayblov xulosasini tasdiqlab, jinoyat ishini tegishli sudga yuboradi. Shu sudga ish bilan birga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlar yuboriladi.
Prokuror yoki uning o’rinbosari ishning sudga yuborilganligi haqida ayblanuvchiga va himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga darhol xabar qiladi va agar iltimoslari bo’lsa ularni suga yuborishga yoki sud majlisida bayon qilishga haqli ekanliklari to’g’risida ma’lum qiladi. Ayni vaqtda prokuror yoki uning o’rinbosari ayblanuvchiga va himoyachiga ayblov xulosasi va unga qilingan ilovalarning tasdiqlangan nusxalarini yuboradi, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo’lgan shaxslar ro’yxati bundan mustasno, basharti ayblov xulosasiga yoki ilovaga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, ularni o’zgartirish to’g’risidagi qarorning nusxasi ham yuboriladi.
www.UzReferat.ucoz.net
Do'stlaringiz bilan baham: |