Aim.uz
MAXSUS QISM
JINOYAT ISHINI QO’ZG’ATISH
Jinoyat ishini qo’zg’atish majburiyati.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat sodir etilganligi to’g’risida sabab va yetarli asoslar mavjud bo’lgan barcha hollarda jinoyat ishini qo’zg’atishi shart.
Jinoyat ishini qo’zg’atish sabablari va asoslari.
Jinoyat ishini qo’zg’atish uchun:
-
Shaxslarning arizalari;
-
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar;
-
Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar;
-
Jinoyat sodir etilganligini ko’rsatuvchi ma’lumotlar va izlarni surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning bevosita o’zi aniqlashi;
-
Aybini bo’yniga olish haqidagi arz sabab bo’ladi.
Jinoyat belgilari mavjudligini ko’rsatuvchi ma’lumotlar jinoyat ishini qo’zg’atish uchun asos bo’ladi.
Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qo’zg’atishga yo’l qo’ymasligi.
Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan xat, ariza yoki boshqa anonim xabarlar jinoyat ishini qo’zg’atish uchun sabab bo’la olmaydi.
Shaxslarning arizalari.
Shaxslarning jinoyat to’g’risidagi arizalari yozma yoki og’zaki bo’lishi mumkin. Yozma ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan bo’lishi lozim.
Og’zaki ariza bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shuningdek shaxsiy hujjatlari to’g’risida ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. Basharti arz qiluvchi hujjat ko’rsata olmasa, uning shaxsi to’g’risidagi ma’lumotlarni boshqa yo’llar bilan tekshirish chorasi ko’rilishi kerak.
Arz qiluvchi jionyat to’g’risida bila turib yolg’on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi va bu xususda bayonnomada qayd qilinib, uning imzosi bilan taqsimlanadi. So’ngra bayonnomada jinoyat sodir etish holatlari xususidagi ma’lumotlar arz qiluvchi nomidan, iloji boricha so’zma-so’z aks ettiriladi. Bayonnomani arz qiluvchi va arizani qabul qilgan mansabdor shaxs imzolaydilar.
Jinoyat ishini qo’zg’atishga ushbu Kodeksning 113-moddasida nazarda tutilgan aybini bo’yniga olish to’g’risidagi arz sabab bo’lsa, bila turib yolg’on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to’g’risida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish to’g’rsagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha qoidalar taaluqlidir.
Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan jinoyat ishi qo’zg’atish.
Aybni og’irlashtirmaydigan holatlarda nomusga tekkanlik va jinsiy ehtiyojni zo’rlik bilan g’ayritabiiy usulda qondirganlik to’g’risidagi jinoyat ishi aybdorni javobgarlikka tortishni so’rab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qo’zg’atiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda bo’lganligi tufayli, ayblanuvchiga qaram bo’lganligi yoki boshqa sabablarga ko’ra huquqini va qonuniy manfaatlarini shaxsan o’zi himoya qila olmaydigan favqulodda hollarda prokuror jabrlanuvchining arizasisiz ham jinoyat ishini qo’zg’atishi shart.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar jinoyat to’g’risida bergan xabarlar xizmat xati yoki tasdqilangan telefonogramma, telegramma yoxud radiogramma shaklida bo’lishi lozim. Xabar yuboruvchi sodir etilgan jinoyatga oid holatlarni tasdiqlovchi o’z istiyoridagi hujjatlarni xabarga ilova qilib yuborishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar
Muayyan jinoyat to’g’risida matbuot, radio va televideniya, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek ommaviy axborot vositalariga yo’llangan, lekin e’lon qilinmagan xatlrdagi xabarlar jinoyat ishini qo’zg’atishga sabab bo’ladi.
Jinoyat to’g’risidagi xabarni e’lon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek bu xabar mualliflari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan o’z
ixtiyorlarida bo’lgan hujjatlarni va xabarni tasdqilovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart.
Jinoyat ishini qo’zg’atish vakolatiga ega bo’lgan organlar yoki mansabdor shaxs tomonidan jinoyatga oid ma’lumotlarning bevosita aniqlanishi.
Jinoyat sodir etilganligini ko’rsatuvchi ma’lumotlarning bevosita aniqlanishi quyidagi hollarda jinoyat ishini qo’zg’atishga sabab bo’lishi mumkin:
-
Surishtiruvchi ma’muriy vazifani amalga oshirayotganda yoki boshqa jinoyatga doir ish bo’yicha surishtiruv o’tkazish chog’ida jinoyatga oid ma’lumotlarni olganida;
-
Tergovchi boshqa jinoyatga doir ish bo’yicha dastlabki tergov yuritish chog’ida jinoyatga oid ma’lumotlarni olganida;
-
Prokuror qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish paytida yoki boshqa jinoyatga doir ish bo’yicha dastlabki tergov olib borish chog’ida jinoyatga oid ma’lumotlarni olganida;
-
Sudya ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishni yuritish chog’ida jinoyatga oid ma’lumotlarni olganida;
-
Sud fuqaroviy ishni yoki boshqa jinoyatga doir ishni yuritish cjog’ida jinoyatga oid ma’lumotlarni olganida.
Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni
ko’rib chiqish tartibi.
Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar ro’yxatga olinishi va darhol yoki uch sutkadan kechiktirmasdan, jinoyat ishini qo’zg’atish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini bevosita yoki surishtiruv organlari yordamida tekshirish zarurati bo’lgan taqdirda, o’n sutkadan kechiktirmasdan ko’rib chiqilishi lozim. Ushbu muddatlar jinoyatga oid xabar olingan paytdan boshlab, to ishni qo’zg’atish yoki qo’zg’atishni rad qilish to’g’risida qaror chiqarilgunga qadar yoxud tergovga qadar o’tkazilgan tekshiruv materiallari prokurorga yuborilgunga qadar bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi.
Ko’rsatilgan muddatlar ichida qo’shimcha hujjatlar, izohlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish, hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish va ekspertiza o’tkazish mumkin. Ish qo’zg’atulgunga qadar boshqa tergov harakatlarini o’tkazish man qilinadi.
Jinoyatga oid ma’lumotlarni ko’rib chiqish natijasida
qabul qilinadigan qarorlar.
Surishtiruvchi, tergovchi, proluror yoki sud jinoyatga oid ma’lumotlar olingan yoki bunday ma’lumotlarni bevosita o’zlari aniqlagan har bir holda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
-
Jinoyat ishini qo’zg’atish haqida;
-
Ishni qo’zg’atishni rad qilish haqida;
-
Ariza yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab yuborish haqida.
Jinoyat ishini qo’zg’atish tartibi.
Qaror yoki ajrimda: ishni qo’zg’atish uchun sabab va asoslar:
Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qo’zg’atilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi: ishni o’z yurituvchiga oluvchi sud yoki mansabdor shaxs ko’rsatiladi.
Surishtiruvchi, tergovchi, sud ishni qo’zg’atish to’g’risidagi qaror yoki jrimning nusxasini ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim bo’lgan prokurorga yuboradi.
Ish qo’zg’atilgandan keyin uzoqqa cho’zilgan jinoyatlarning oldini olish va jinoyatlar takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek ish uchun ahamiyati bo’lishi ehtimol tutilgan jinoyat izlari, narsalar va hujjatlarni mustahkamlash va qo’riqlash yuzasidan darhol choralar ko’rish lozim.
Jinoyat ishlarini birlashtirish va ajratish
Bitta tergov yoki sud ishi yurituvchiga faqat bir necha shaxsning bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar yoxud bir shaxsning bir necha jinoyatni sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar birlashtirilishi mumkin.
Bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etishda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan ishni ajratishga, basharti bu ish holatlari bo’yicha zarur bo’lib qolsa hamda bunday ajratish surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud tomonidan ishni ko’rib chiqishning to’liq va xolisona bo’lishiga ta’sir qilmasa, yo’l qo’yiladi.
Tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog’liq bo’lmagan yangi jinoyat aniqlangan taqdirda, jinoyat ishining mazkur holatga doir qismi jinoyat ishi qo’zg’atilgan holda alohida ish yurituvga ajratiladi.
Ishlarni birlashtirish va ajratish surishtiruvning, tegovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan amalga oshiriladi.
Jinoyat ishini qo’zg’atishni rad qilish.
Jinoyat ishini qo’zg’atishni rad qilish to’g’risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi, jinoyat sodir etilganligi to’g’risida xabar bergan fuqaro, korxona muassasa, tashkilot, jamoat birlashmalari yoki mansabdor shaxs bu haqda xabardor qilinadi. Bunda ularga qarir yoki ajrim ustidan shikoyat qilish huquqi va tartibi tushuntirilishi lozim.
Ariza beruvchining o’zi sodir etgan jinoyati to’g’risida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov e’lon etilmasdan oldin bergan arz sabab bo’lsa.
Ish qo’zg’atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi o’tkazilgan ish bo’yicha jinoiy hodisa yuz bermagan bo’lsa.
Uning qilmishida jinoyat tarkibi bo’lmasa.
Shaxsni javobgarlikka tortish muddati o’trgan bo’lsa;
Ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan bo’lsa.
Shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo’lgan yoshga to’lmagan bo’lsa.
Shaxsga nisabatan aynan shu ayblov bo’yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo’lsa.
E’lon qilingan amnitsiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor bo’lsa;
Ma’muriy, intizomiy va boshqa huquqbuzarliklar to’g’risidagi xabarlar bo’yicha ko’tiladigan choralar
Kelib tushgan xabarda jinoyat haqida emas, balki ma’muriy, intizomiy yoki boshqa huquqbuzarlik yoxud axloq normalari buzilganligi haqida ma’lumot bo’lsa, surishtiruvchi, tergovchi prokuror yoki sud jinoyat ishini qo’zg’atishni rad qilish bilan bir paytda xabarni huquqni buzgan shaxsga nisbatan ma’muriy, intizomiy javogarlik yoki jamoat ta’sir choralari qo’llash uchun huquqni buzgan shaxs
ishlaydigan yoki o’qiydigan joy ma’muriyatiga, uning turar joyidagi jamoaga, jamoat birlashmasiga yoki voyaga yetmaganlar ishi bilan shug’ullanuvchi komissiyaga, tegishli vakolatlarga ega bo’lgan davlat organi yoki mansabdor shaxsga yuboradi.
Kelib tushgan xabarda fuqarolarning siyosiy, mehnatm uy-joy, oilaviy yoki boshqa huqulari buzulganligi, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotla va jamoat birlashmalarining fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qo’riqlanadigan qonuniy manfaatlari buzilganligi ko’zga tashlansa, unda ishni qo’zg’atishni rad qilishi bilan bir vaqtda manfaatdor shaxslarga sudga murojaat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilishi lozim. Basharti ular ma’lum sabablarga ko’ra, sud orqali o’zlarini himoya qilishni so’rash imkoniyatiga ega bo’lmasalar, prokuror bunday shaxslarni himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat etishga haqlidir.
Jinoyat to’g’risida arizani (xabarni) tergovga tegishliligiga qarab yuborish.
Arizani (xabarni) tergovga tegishliligiga qarab yuborishga ushbu tuman (shahar) hududidan tashqarida sodir etilgan jinoyat haqida xabar berilgan vajinoyat ishini qo’zg’atish masalasini hal qilish uchun tekshirish harakatlarini jinoyat sodir etilgan tumanda (shaharda) o’tkazish zarur bo’lgan hollardagina yo’q qo’yiladi.
Jinoyat ishini ish qo’zg’atilganidan keyin yuborish.
Jinoyat ishini qo’zg’atish to’g’risida qaror yoki ajrim chiqarilganidan keyin ishni:
-
Sud – ishni dastlabki tergov yuritish uchun prokurorga yuboradi;
-
Prokuror – ish bo’yicha ushbu Kodeksning 345-moddasiga muvofiq dastlabki tergov olib boorish uchun tergovchiga yoki surishtiruv olib boorish uchun surishtiruv organi boshlig’iga yuboradi yoxud o’zi dastlabki tergovni yuritishga kirishadi;
-
Tergovchi – dastlabki tergov yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi;
-
Surishtiruv organining boshlig’i – ishni surishtiruv o’tkazish uchun surishtiruvchiga yuboradi yoki o’zi surishtiruv yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi;
-
Surishtiruvchi – surishtiruv yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi.
Jinoyat ishini qo’zg’atishning qonuniyligi ustidan
prokuror nazorati.
Jinoyat ishini qo’z’atishning qonuniyligi ustidan nazorat olib
borayotgan prokuror:
-
Surishtiruvchining, surishtiruv organi boshlig’ining, tergovchining jinoyat ishini qo’zg’atish to’g’risida qarorini bekor qilishga va ish qo’zg’atishni rad qilishga;
-
Surishtiruvchining, surishtiruv organi boshlig’ining, tergovchining jinoyat ishi qo’zg’atishni rad qilish to’g’risidagi qarorini bekor qilishga va ayni vaqtda ish qo’zg’atishga;
-
Ish qo’zg’atish to’g’risidagi yoki ish qo’zg’atishni rad qilish to’g’risidagi sudning ajrimi ustidan yuqori sudga protest berishga haqlidir.
Jinoyat ishi qo’zg’atish to’g’risidagi qaror ustidan shikoyat qilish.
Prokurorning jinoyat ishi qo’zg’atish to’g’risidagi qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin. Surishtiruvchi yoki surishtiruv organi boshlig’ining, tergovchining ish qo’zg’atish to’g’risidagi qarorning prokuror tomonidan bekor qilinishi ustidan ham xuddi shunday tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Surishtirvchining, surishtiruv organi boshlig’ining, tergovchining ish qo’zg’atishni rad qilish to’g’risidagi qarori ustidan prokurorga, prokurorning ish qo’zg’atishni rad qilish to’g’risidagiqarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga, sudning ajrimi ustidan esa yuqori sudga shikoyat qilinishi mumkin.
SURISHTIRUV
Surishtiruvning vazifalari.
Surishtiruv:
-
Jinoyatning oldini olish yoki unga yo’q qo’ymaslik;
-
Dalillarni to’plash va saqlash;
-
Jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni hamda ayblanuvchilarni qidirib topsih;
-
Jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy ziyon qoplanishini ta’minlash uchun kechiktirib bo’lmadigan tergov harakatlarini yuritishdan iborat.
Surishtiruv organlari zimmasiga jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni toppish, ushby Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan so’ng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin bo’lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalarini qo’llagan holda zarur choralarni ko’rish yuklatildi. Ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati organlari va O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo’linmalari bu maqsadda tezkor-qidiruv choralarini ham ko’rishga haqilidir.
Surishtiruvning boshlanishi.
Surishtiruvchi jinoyat ishini qo’zg’atganidan keyin yoki prokuror yoxud surishtiruv organining boshlig’i tomonidan qo’zg’atilgan ishni olgach, darhol uni o’z ish yurituviga qabul qiladi va kechiktirib bo’lmaydigan tergov harakatlarini bajarishga kirishadi.
Surishtiruv yuritish muddati.
Jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv o’n sutkadan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim.
Surishtiruvni tamomlash.
Surishtiruv jinoyat ishini tergovchiga o’tkazish yoki ishni taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to’g’risidagi qaror bilan yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to’g’risidagi taqdimnoma bila birga prokurorga yuborish bilan tamomlanmoqda.
Surishtiruvchi quyidagi hollarda surishtiruv yuritish muddati o’tishini kutmasdan ishni darhol tergovchiga yoki prokurorga o’tkazishi lozim, basharti:
-
Og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat aniqlangan bo’lsa;
-
Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash yoki muayyan shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan bo’lsa;
-
Ishni tugatish uchun asoslar aniqlangan bolsa;
-
Tergovchi ishning o’z yurituvchiga berilishini talab qilgan bo’lsa;
Surishtiruvchi ishni tergovchiga o’tkazish haqida qaror chiqaradi.
Tergovchining topshiriqlari, ko’rsatmalari va talabalrining surishtiruvchi tomonidan bajarilishi.
Tergovchining tergov va qidiruv harakatlarini bajarish to’g’risidagi topshiriqlarini surishtiruvchi terovchining ijro etish shartlari, tartibi va muddaltlari xususidagi ko’rsatmalariga muvofiq bajarishi shart.
Topshiriqni belgilangan muddatda bajarish imkoniyati bo’lmasa, surishtiruvchi bu haqda tergovchini xabardor qiladi va bajarish muddatini uzaytirishni yoki ijro etish shartlari va usullarini o’zgartirishni iltimos qiladi.
Tergovchining talabiga asosan surishtiruvchi tergov harakatlarini yuritishda unga yordam berishi, shuningdek jinoyat ishi uchun daliliy ahamiyatga ega bo’lishi ehtimol tutilgan hujjatlar va boshqa materiallarni tanishib chiqish yoki ishga qo’shib qo’yish uchun taqdim qilishi shart.
Tergovchi o’zining barcha topshiriqlari, ko’rsatma va talablarini surishtirvchiga surishtiruv organining boshlig’i orqali yuboradi.
DASTLABKI TERGOVNING
UMUMIY SHARTLARI
Dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxslar.
Dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari olib b oradi.
Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari mumkin.
Jinoyat ishining tergovga tegishliligi
Barcha jinoyat ishlari bo’yicha dastlabki tergov o’tkazilishi shart. Jinoyat qaysi organning tegoviga tegishli bo’lsa, o’sha organ tomonidan olib boriladi. Tergoviga tegishli bo’lsa, o’sha organ tomonidan olib boriladi.
Tergovni olib borishda boshqa dastlabki tergov organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan dastlabki tergov organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan tergovni to’liq hajmda tamomlashi mumkin.
Turli dastlbki tergov orgamlari tergoviga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtiriganda, prokuror tergovni olib borishni og’irroq jinoyat to’g’risidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli bo’lsa, shu organga, jinoyatlarni xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng bo’lganda esa jinoyat ishini uzoqroq muddat davomidatergov qilayotgan organga topshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o’rinbosalari tergovning har tomonlama, to’liq va xolisona olib borilishini ta’minlash maqsadida quyidagi hollarda asoslanditirilgan qarorga binoan jinoyat ishini , tergovga tegishlilik qodalaridan qat’iy nazar, bir dastlabki tergov organidan boshqasiga o’kazishga haqli:
-
Agar jinoyat ishining tergovi tegishli bo’lgan organ jinoyatni hisobga olishdan ilgari yashirgan bo’lsa;
-
Jinoyat ishining tergovi tegishli bo’lgan organning rahbari yoki rahbarning yaqin qarindoshi ish yuzasidan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi, fuqaroviy davogar yoxud fuqaroviy javobgar deb topilgan bo’lsa.
-
Aybsizligi ayon bo’lgan shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda yoki qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risid oldindan bila turib qonunga xilof ravishda iltimosnoma qo’zg’atilganda.
-
Dastlabki tergovni olib borishni qiynoqqa solish boshqa shafqatsiz g’ayinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qo’llanilganda;
-
Tergovning natijalariga va ish bo’yicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ushbu Kodeks talablari buzilgnda
Huduiy jihatdan tergovga tegishlilik
Jinoyat qayerda sodir etilgan bo’lsa, jinoyat ishi o’sha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli bo’ladi.
Dastlabki tergov, basharti ish holatlarini ancha tez, puxta, to’la , xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qo’zg’atilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlaring ko’pchiligi turgan yerda o’tkazilishi ham mumkin.
Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori tergov bo’linmasi boshlig’ining farmoyishiga asosan dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi ham mumkin.
Tergovchining topshiriqlarini bajarish
Har bir tergovchi o’z yrituvida bo’lgan jinoyat ishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergv harakatini shaxsan o’zi bajarishga yoxud uni o’tazishni boshqa tergovchiga yoki surishtiruvchiga topshishga haqlidir.
Tergovchining topshirig’ida o’z yurituvida bo’lgan jinoyat ishi bo’lgan ijro muddati ko’rsatiladi. Tergovchinig topshirig’ini bu muddat ichida ijro etishning iloji bo’lmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan tergovchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi to’g’risida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning ko’rsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi.
Jinoyat ishini boshqalarga o’tkazish
Jinoyat ishini bir tergov bo’linmasi doirasida bir tergovchidan boshqa tergovchiga o’tkazish shu tergov bo’linmasining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Ishni bir tergov bo’linmasidan boshqasiga o’tkazish yuqori tergov bo’linmasining boshlig’i tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ishni bir dastlabki tergov organidan boshqasiga o’tkazishga prokurorning qaroriga binoan yo’l qo’yiladi.
Dastlabki tergovda jamoatchilikning ishtiroki
Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalariga , jamoalarga, aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar haqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni ko’rsatishni so’rab murojaat qiladi.
Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga ko’ra, ayri tergov harakatlarida ishtirok etish uchun o’z oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin. Jamoatchilik vakillari bo’lmish xolislarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli protses ishtirokchilarning huquqlari va burchlari to’g’risidagi qoidalari to’liq tatbiq etiladi.
Dastlabki tergovning boshlanishi
Tergovchi jinoyat ishini qo’zg’atib, uni o’z ish yurituviga oladi va bu haqda ish qo’zg’atilganligi to’g’risidagi qarorga yozib qo’yadi. Basharti tergovchiga oldin qo’zg’atilgan ish berilgan bo’lsa, u ishni o’z yurituviga olganligi to’g’risida qaror chiqaradi, shundan so’ng dastlabki tergovni boshlaydi.
Daslabki tergov muddatlari
Daslabki tergov jinoyat ishi qo’zg’atilgan kundan boshlab uch oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim.
Jinoyat ishlari birlashtirlayotganda ular bo’yicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi bo’yicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari bo’yicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qo’shimcha ravishda hisobga olinmaydi.
Alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi bo’yicha dastlabki tergov muddati , agar jinoyat ishi yangi jinoyat bo’yicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan bo’lsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi. Qolgan hollarda bu jinoyat ishi qanday jinoyat ishidan alohida ish yorituviga ajratilgan bo’lsa, o’sha jinoyat ishi qo’zg’atilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi.
Ish ayblov xulosasi bilan , ishni tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’llash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to’g’risidagi qaror bilan , amnistiya aktiga asosan jinoayt ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to’g’risidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni datslabki tergov tamomlangan hisoblanadi.
Dastlabki tergov muddatiga quyidagilar kirmaydi:
-
Ayblanuvchi, himoyachi shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt.
-
Dastlabki tergov to’xtatib turilgan vaqt.
-
Qo’shimcha tergov o’tkazish uchun qaytarilgan ish tergovchiga kelib tushgunga qadar o’tgan vaqt.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan datslabki tergov muddati tegishincha Qoraqalpog’iston prokurori yoki viloyat , Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin. Keyinchalik dastlabki tergov muddati faqat O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokurorining o’rinbosari tomonidan yetti oygacha va O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan to’qqqiz oygacha uzaytirilishi mumkin. Alohida hollarda, sodir etilgan jinoyatning og’irligini hamda tergov qilinayotgan ihning murakkabligini inobatga olib, dastlabki tergov bir oygacha uzayitilishi mumkin.
Sud ishni qo’shimcha tergov o’tkazish uchun qaytarib yuborganda, shunngdek to’xtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qo’shimcha tergov muddati tergov olib boorish ustidan nazorat yurgizayotgan proluror tomonidan, mazkur ishni tergovchi qabul qilgan paytdan boshlab biro y doirasida belgilanadi. Bu muddatni yanada uzaytirish ish sudga berilgunga to’tatib turilgunga yoki tugatilgunga qadar o’tgan tergov muddatini hisobga olgan holda umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Tergov muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani tergovchi tergov muddati tugashidan kamida o’n sutka ilgari prokurorga topshiradi. Prokuror o’z ustxati bilan iltimosnomani qanoatlantiradi yoki dastlabki tergovni tamomlab , ishni sudga yuborish to’g’risida ko’rsatma beradi yoxud jinoyat ishini tugatishto’g’risida qaror chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |