NOTA BENE !
O‘q-dorilar
deganda, qurol uchun lozim bo‘lgan o‘qlar, artilleriya
snaryadlari, bombalar, minalar, granatalar, raketalarning jangovar qismlari,
shuningdek, o‘qotar quroldan otish uchun mo‘ljallangan ashyolar
tushuniladi.
1
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 27 февралдаги «Қонунга хилоф
равишда қуролга эгалик қилиш тўғрисидаги ишлар бўйича суд амалиёти ҳақида» 3-сонли қарори,
2-
банд.
40
Umuman olganda, o‘q-dorilarda o‘qotar qurollarga xos bo‘lgan
belgilar yig’indisi mavjuddir. Bu, birinchidan, ularning faqat jonli nishonni
mahv etish, vayron qilish va h.k. lar uchun mo‘ljallanganligi bo‘lsa,
ikkinchidan, ruxsatnoma olish zarurligi to‘g’risidagi qoidalarning ularga
ham taalluqli ekanligidir.
O‘q-dorilarning: artilleriya zambaraklari va o‘qotar qurollar uchun
o‘q-dorilar (snaryadlar, o‘qlar); kichik kalibrli, o‘yma va silliq stvolli ov
qurollari, qo‘lda yasalgan qurollar uchun o‘qlar; portlash xususiyatiga ega
o‘q-dorilar (minalar, bombalar, granatalar va h.k.lar) kabi turlari
mavjuddir.
Mashq granatalari yoki minalari portlovchi moddasi yo‘qligi, jonli
nishonni mahv etish va vayron qilish uchun emas, faqat o‘quv maqsadlari
uchun mo‘ljallanganligi sababli ularga egalik qilish jamoat xavfsizligiga
xavf tug’dirmasligi munosabati bilan, ular o‘q-dori sifatida ko‘rib
chiqilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorida: «O‘q-dorining
bo‘lagi (masalan, granataning zapali), agar uning o‘zi o‘q-dorining barcha
xususiyatlariga ega bo‘lsa, mustaqil ravishda o‘q-dori, deb tan olinishi
mumkin»
1
deb qayd etiladi.
NOTA BENE !
Portlovchi moddalar
deganda, porox, dinamit, trotil, nitroglitserin va
kislorodli havo yetishmagan vaziyatda portlash xususiyatiga ega bo‘lgan
kimyoviy moddalar va aralashmalar tushuniladi.
Tashqi omillar ta’siri ostida portlash xususiyatiga ega va ruxsatnoma
olinishi zarur bo‘lgan tabiiy va sun’iy moddalar portlovchi moddalar
hisoblanadi. Yondirish, zarba, detonatsiya, qizish, havo bilan birikish va
h.k.lar natijasida portlash xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy va sun’iy
birikmalar, aralashmalar ham shular jumlasidandir.
Kimyo sanoatining jadal rivojlanganligi munosabati bilan portlovchi
moddalarning minglab turlari kashf etilgan va mavjuddir. Masalan, porox,
1
Ўша жойда, 5-банд.
41
trotil, piroksilin, natriglikol, nitroglitserin, dinamit, ammonal, ammonit va
h.k.lar shular jumlasiga kiradi.
Qonun chiqaruvchi tomonidan ana shu moddalarning o‘ta xavfli
xususiyatga ega ekanligini inobatga olinib, ularni qo‘lga kiritish, saqlash,
ulardan foydalanish, tashishning maxsus tartibi joriy etilib, ruxsatnoma
olinishi zarur bo‘lgan vositalar qatoriga kiritilgan.
Portlovchi moddalar mustaqil tarzda, shuningdek, o‘q-dorilarda,
ularning tarkibiy qismlarida, portlatish vositalarida zaryadlar sifatida
ishlatilishi mumkin. Shunga ko‘ra,
tashabbuskor,
parchalovchi
(yanchadigan), otish (porox) va pirotexnika tarkiblari farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |