Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

zo‘rlik ishlatish 
deganda, jabrlanuvchiga yetkazilgan 
yengil, o‘rtacha og’irlikdagi tan jarohatlarini tushunish lozim. 
Qarshilik ko‘rsatish boshliq yoki boshqa shaxs tomonidan harbiy 
xizmat vazifalarini bajarish chog’ida amalga oshirilishi mumkin. 
Boshliq, o‘z xizmat vakolatlarini amalga oshirayotgan chog’ida (o‘z 
qo‘l ostidagilarning xatti-harakatlarini boshqaradi, o‘quv mashg’ulotlari 
281 


o‘tkazadi, unga bo‘ysunuvchilar bilan suhbatlashadi, ularni naryadga 
kirishishga tayyorlaydi va h.k.) harbiy xizmat vazifalarini bajarayotgan 
deb hisoblanadi. Alohida hollarda u kutilmaganda xizmat bo‘yicha 
vazifalarni bajarishni boshlashi mumkin. Masalan, boshliq shaharda 
jamoat tartibini buzayotgan o‘z qo‘l ostidagi bo‘ysunuvchini uchratib 
qolib, bunday huquqbuzarlikni bas qilishini talab qiladi. 
Boshqa harbiy xizmatchilarga (boshqa shaxslarga), masalan, qorovul, 
patrul yoki ichki naryad tarkibida biron-bir maxsus vazifani bajarayotgan 
paytda harbiy xizmatchilarga qarshilik ko‘rsatish hollari ham uchraydi. 
Odatda qarshilik ko‘rsatish – boshliq yoki unga yuklatilgan harbiy 
vazifalarni bajarayotgan shaxsning yo‘l qo‘yilgan harbiy intizomni 
(vakolatli komandirning buyrug’i bilan patrul naryad tomonidan jamoat 
joyida sodir etilgan huquqbuzarlik sodir etishni qo‘lga olishga yoki 
intizomiy tartibda qamoqqa olish uchun gauptvaxtaga keltirish, 
komendaturaga olib kelishga monelik qilish) buzish bo‘yicha teng 
harakatlariga javob reaksiyasi hisoblanadi. 
Majbur qilish 
deganda, boshliq yoki harbiy xizmat vazifalari 
yuklatilgan har qanday shaxsni xizmat manfaatlariga zid ravishda, ushbu 
vazifalarni buzishga qaratilgan harakatlari tushunilishi lozim. Majburlash 
chog’ida aybdor o‘z manfaatlarini ko‘zlab, yuqorida ta’kidlangan harbiy 
xizmatchilarni g’ayriqonuniy xatti-harakatlar qilishga majburlashga 
(masalan, g’ayriqonuniy ravishda qisqa muddatli ta’til berish, xizmat 
bo‘yicha u yoki bu vazifalarni bajarishdan ozod etish va h.k.) harakat 
qiladi. Xususan, ayrim harbiy xizmatchilar, masalan, xizmatning oxirgi 
oylarida serjantlarga nisbatan zo‘rlik ishlatib yoki tahdid qilib, yosh 
soldatlarga nisbatan xizmat sharoitlarini o‘zlariga yengillashtiradilar. 
Qarshilik ko‘rsatishdan farqli o‘laroq, aybdor o‘z kuchi bilan 
boshliqqa yoki boshqa harbiy xizmatchiga xizmat vazifalarini bajarishga 
to‘sqinlik qilganda, majbur qilish ushbu shaxslarning o‘zlari qoidalarga 
qarshi chiqishlari uchun ularning idroki va irodasiga ta’sir o‘tkazadi. 
Majbur qilish boshliqqa va o‘ziga yuklatilgan harbiy vazifalarni 
bajaruvchi shaxsga nisbatan, shu bilan birga, kelajakdagi xizmat 
vazifalariga (masalan, boshliqni bo‘ysunuvchini ko‘zda tutilayotgan yangi 
282 


xizmat joyiga o‘tkazishdan ozod etishga majburlash) nisbatan ham 
ishlatilishi mumkin. Har qanday holatda ham, jabrlanuvchiga u yoki bu 
ishni qilishga aniq talab qo‘yilishi yoki ma’lum bir harakatni bajarishdan 
bosh tortish – majburlashning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. 
Qarshilik ko‘rsatish yoki majbur qilish jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik 
ishlatish orqali yoki shunday zo‘rlik ishlatmasdan sodir etilishi mumkin 
(masalan, harbiy xizmatchining patruldan qochishi yoki aybdorning 
talablarini bajarmagan holda, boshliq nafsoniyatiga tegadigan ma’lumot-
larni oshkor etish). Agar qarshilik ko‘rsatish chog’ida badanga yengil, 
o‘rtacha og’ir shikast yetkazilgan bo‘lsa, aybdorning harakatlarini 
jinoyatlar jami bo‘yicha qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi. 
Badanga og’ir shikast yetkazilishi jinoyatlar jami tariqasida JK
 
281- va 
283-moddalari (Badanga shikast yetkazish) bo‘yicha kvalifikatsiya 
qilinishi lozim. 
Jinoyat tarkibi uchun, qarshilik ko‘rsatish natijasida boshliq (boshqa 
shaxs) xizmat bo‘yicha 
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish 
imkoniyatidan mahrum bo‘lishi, majbur qilinganda esa, ushbu vazifa 
(majburiyat)larni buzishi kerak. Harbiy xizmat bo‘yicha vazifalarni baja-
rishga monelik qiladigan harakatlarni bajarishning o‘zi yoki ularni 
buzishga majburlagandan boshlab jinoyat

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish