JKning 255
2
-moddasi 1-qismidagi harakatlar odamlar o‘limiga yoki
boshqa og’ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, javobgarlik
JKning 255
2
-moddasi
4-qismi
bo‘yicha kelib chiqadi.
22-§. Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik
qoidalarini buzish (JK 256-moddasi)
Ushbu jinoyatning
bevosita asosiy obyekti
xavfsizlik talablariga
javob beradigan sharoitlarda tadqiqot faoliyatini
amalga oshirish huquqini
ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlardir. Jinoyatning
bevosita qo‘shimcha
obyekti
odamlarning hayoti va sog’lig’ini ta’minlovchi ijtimoiy
munosabatlar hisoblanadi.
JK 256-moddasi 1-qismida
nazarda tutilgan jinoyatning
obyektiv
tomoni
ilmiy tadqiqot yoki sinov tajriba faoliyatini
amalga oshirish
vaqtida xavfsizlik qoidalarini buzish natijasida badanga o‘rtacha og’ir yoki
og’ir shikast yetkazilishida ifodalanadi.
JK 256-moddasi blanket dispozitsiyali bo‘lib, shaxsni mazkur modda
bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun mazkur turdagi faoliyatning
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha maxsus normativ
qoidalariga rioya etish
lozim. Odatda, ushbu qoidalar ijro etuvchi hokimiyatning huquqiy
hujjatlarida, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining hujjatlarida,
idoralararo tusga ega bo‘lgan normativ hujjatlarda, shuningdek, lokal
hujjatlarda va vazirlik, qo‘mita, idora, korxonalar rahbarlarining tadqiqot
faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini
ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni aniq shaxslarga yuklatish to‘g’risidagi
individual huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topadi. Lokal
hujjatlar tadqiqot
faoliyatining ayrim sohalarida hamda yuqoriroq xavfsizlik choralarini
taqozo etgan ilmiy tadqiqot yoki sinov-tajriba faoliyatining ayrim turlarini
amalga oshirishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi uchun shaxsiy
mas’ul bo‘lgan shaxslarning nomlarini va ro‘yxatini belgilaydi.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatning obyektiv tomoni
harakat orqali
ham, ya’ni xavfsizlik choralarini ongli ravishda buzish, harakatsizlik orqali
ham, ya’ni ushbu qoidalar talablarini subyekt
ongli ravishda bajarmaydi
yoki u tomonidan ularga rioya etish bo‘yicha choralar ko‘rilmaydi.
91
Ushbu qilmish moddiy tarkibli jinoyat bo‘lib, badanga o‘rtacha og’ir
yoki og’ir shikast yetkazish tarzidagi oqibat yuz bergan paytdan e’tiboran
tugallangan
deb hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish vaqtida xavfsizlik
qoidalarining buzilishi tufayli ro‘y bergan oqibat va badanga o‘rtacha og’ir
yoki og’ir shikast yetkazilishi o‘rtasida
Do'stlaringiz bilan baham: