Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o


-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

4-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop 
moddalarni iste’mol qilishga jalb etish 
(JK 274-moddasi) 
Giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir 
etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda iste’mol qilishga jalb etish 
jamiyat uchun o‘ta xavflidir, chunki bunday harakatlar ushbu vositalar va 
moddalarni tarqatishning bir usuli hisoblanib, ko‘rsatilgan vositalar va 
moddalarni notibbiy maqsadlarda iste’mol qilishga ruju qo‘ygan shaxslar 
miqdorining ko‘payishiga, giyohvandlik vositalarining qonunga xilof 
muomalasi bilan bog’liq qilmishlarning o‘sishiga sabab bo‘ladi. 
Jinoyatning 
asosiy bevosita obyekti
giyohvandlik vositalari, 
psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar bilan 
muomalada bo‘lishning belgilangan tartibini ta’minlovchi ijtimoiy 
munosabatlar hisoblanadi. 
Qo‘shimcha obyekti
jamoat xavfsizligi
aholining sog’lig’idir.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatning 
predmeti
mavjud emas, chunki 
jinoyat obyekti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar doirasiga giyohvandlik 
vositalari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa 
moddalar kirmaydi. Giyohvandlik vositalari va qonunda ko‘rsatilgan 
boshqa moddalar jinoyatni sodir etish vositasi hisoblanadi, shaxs ulardan 
foydalanib muayyan natija – ularni iste’mol qilishga o‘zga shaxslarni jalb 
etish va shu tariqa ularni ushbu moddalarga qaram qilishga harakat etadi.
JK 274-moddasida
nazarda tutilgan jinoyatning 
obyektiv tomoni
giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir 
etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda iste’mol qilishga jalb 
etishda ifodalanadi. 
190 


Mazkur jinoyatning obyektiv tomoni jinoiy natija – o‘zga shaxsni 
giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir 
etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda iste’mol qilishga jalb 
etishga qaratilgan faol xulq-atvor (harakat) bilan tavsiflanadi.
Harakat 
undashda
, ya’ni subyektning o‘zga shaxsda ko‘rsatilgan 
vositalar yoki moddalarni iste’mol qilish maylini uyg’otishga qaratilgan 
har qanday qasddan qilingan harakatlar (unatish, taklif qilish, maslahat 
berish va sh.k.)da, shuningdek, ta’sir o‘tkazilayotgan shaxsni giyohvandlik 
vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qildirish maqsadida aldash, 
ruhiy yoki jismoniy zo‘rlik ishlatish, ozodligini cheklash va h.k.larda aks 
etadi. 
Undash shaxsni ushbu moddalarni iste’mol qilishga ishontirish va 
majburlashda ifodalanadi. Undashning ishontirish va majburlash shakli 
turli usul va harakatlar yig’indisi bo‘lib, jinoiy qilmish subyekti ularning 
yordamida o‘z niyati – o‘zga shaxsni giyohvandlik vositalari, psixotrop 
yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol 
qilishga jalb etishni ro‘yobga chiqarishga harakat qiladi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish