189
IV BOB. XO‘JALIK FAOLIYATI SOHASIDAGI
JINOYATLAR
5-sxema
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar
Xavfsizlik
talablariga javob
bermaydigan
tovarlarni o‘tkazish
maqsadini ko‘zlab
ishlab chiqarish,
saqlash, tashish
yoxud o‘tkazish,
ishlar bajarish yoki
xizmatlar ko‘rsatish
JK 186-m.
Sifatsiz yoki
qalbakilashtirilga
n dori vositalarini
yoxud tibbiy
buyumlarni
o‘tkazish
maqsadida ishlab
chiqarish,
tayyorlash, olish,
saqlash, tashish
yoki o‘tkazish
JK 186
3
-m.
Chigitdan
olinadigan
mahsulotni
qonunga xilof
ravishda ishlab
chiqarish yoki
muomalaga
kiritish
JK 186
2
-m.
Etil spirti,
alkogolli
mahsulot va
tamaki
mahsulotini
qonunga xilof
ravishda ishlab
chiqarish yoki
muomalaga
kiritish
JK 186
1
-m.
Faoliyat bilan
litsenziyasiz
shug’ullanish
JK 190-m.
Qonunga xilof ravishda
axborot to‘plash, uni
oshkor qilish yoki undan
foydalanish
JK 191-m.
Raqobatchini
obro‘sizlantirish
JK 192-m.
JK 187-moddasi
O‘zbekiston
Respublikasining
2000 yil 15
dekabrdagi 175-II-
sonli Qonuni bilan
chiqarilgan –
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisining
Axborotnomasi,
2001 yil, 1-2-son,
23-modda
Noqonuniy
tadbirkorlik
faoliyati
JK 188-m.
Pul
mablag’larini va
(yoki) boshqa
mol-mulkni jalb
etishga doir
noqonuniy
faoliyat
JK 188
1
-m.
Savdo yoki
xizmat ko‘rsatish
qoidalarini
buzish
JK 189-m.
190
1-§. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish
maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish,
ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish (JK 186-moddasi)
Jinoyatning
bevosita
obyekti
qonun bilan mahsulotlarni
sertifikatlashtirishning belgilangan tartibi, shuningdek, xo‘jalik faoliyati
sohasidagi iste’molchilarning manfaatlari, ularning xavfsiz tovar, ish va
xizmatlarni olishga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan
ijtimoiy munosabatlar.
Qo‘shimcha bevosita obyekti
esa, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini
ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar (
JKning 186- moddasi, 2,
3-
va
4-qismlari
).
Tovarlarni (ish, xizmat) iste’mol qilish, shuningdek, ularning shaxsning
hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligini nazorat qilish, jismoniy va
yuridik shaxslarning mol-mulkiy huquqlari va atrof tabiiy muhit bilan
bog‘liq masalalar O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul
qilingan 221-1-son «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida»
1
, shuningdek, 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan 1006-XP-
son «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi
2
va 1993
yil 28 dekabrda qabul qilingan «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi
3
1002-
XP-son qonunlari bilan tartibga solinadi.
Jinoyatning
predmeti
iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi
talablariga javob bermaydigan tovarlar (ish, xizmat) hisoblanadi.
Tovar,
O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasiga ko‘ra, ishlab
chiqaruvchi faoliyatining iste’molchiga shartnoma bo‘yicha sotish uchun
mo‘ljallangan mahsuli, shu jumladan import mahsuloti hisoblanadi.
Ish
— bu bir narsani qayta ishlash yoki ishlab chiqarishga qaratilgan
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1996 й., 5-6- сон, 59-модда; 2002 й., 4-5-
сон, 74-модда; 2003 й., 5-сон, 67-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2005 й., 51-сон,
374-
модда; 2006 й., 41-сон, 405-модда; 2008 й., 14-15-сон, 90-модда.
2
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1994 й., 2-сон, 50-модда; Ўзбекистон
Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2000 й., 7-8-сон, 217-модда; 2003 й., 5-сон, 67-модда;
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2006 й., 14-сон, 113-модда; 2006 й., 41-сон, 405-модда.
3
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1994 й., 2-сон, 46-модда; Ўзбекистон
Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2000 й., 5-6-сон, 153-модда; 2003 й., 5-сон, 67-модда;
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2006 й., 41-сон, 405-модда; 2009 й., 15-сон, 172-модда.
191
faoliyatni nazarda tutadi.
Xizmat
— bu biror bir shaxsga yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat.
Ish va xizmatlar iste’molchi bilan tuzilgan maishiy, uy-joy, qurilish
ta’mirlash, transport va xizmat ko‘rsatishning boshqa sohalaridagi
shartnomalarga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |