jinoyat obyektiv
tomondan
guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv
berishida, ekspertning bila turib noto‘g‘ri xulosa berishida, tarjimonning
bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima qilishida ifodalanadi.
Ko‘rsatuv
berish deganda, jinoyat yoxud fuqarolik ishi yuzasidan
aniqlanishi kerak bo‘lgan holatlar haqida axborot berishni tushunish zarur.
Ishning haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yoxud buzilgan holatlari haqidagi
510
ko‘rsatuv yolg‘on ko‘rsatuv hisoblanadi. Masalan, isbotlash ahamiyatiga
molik ma’lum dalillarni xabar qilmaslik yoxud o‘ylab topilgan dalillarni
ma’lum qilish.
(«Guvoh» va «jabrlanuvchi» tushunchalari haqida JK 235-moddasi
tahliliga qarang.)
Guvoh yoki jabrlanuvchi tomonidan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan
holatlar haqida atayin aytmaslik, guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish
huquqiga ega bo‘lgan sud va boshqa ishtirokchilarning bergan biron-bir
savollariga javob bermasligi haqida aytmagan taqdirdagina, JK
238-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortishga asos bo‘lishi mumkin.
Guvoh yoki jabrlanuvchi yoxud ekspertning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan
holatlar to‘g‘risida ko‘rsatuv berishdan bosh tortishi, JK 240-moddasi
bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Guvohlar yoki jabrlanuvchining bir ish yuzasidan takror ravishda (ya’ni,
bir necha marotaba) dastlabki tergov bosqichlari va sud majlisida bergan
yolg‘on ko‘rsatmalarini alohida-alohida mustaqil jinoyatlar sifatida e’tirof
etib bo‘lmaydi. Bu davomli jinoyat sifatida e’tirof etiladi.
Jinoyat norma dispozitsiyasida ko‘rsatib o‘tilgan qilmishlar sodir etilishi
bilan tugallangan hisoblanadi. Agar ko‘rsatma, xulosa yoki tarjima og‘zaki
qilinadigan bo‘lsa, jinoyat ko‘rsatma, xulosa berish va tarjimaning oxiriga
etishi bilan
tugallangan
hisoblanadi. Agar ular yozma ravishda
beriladigan bo‘lsa, so‘roq bayonnomasiga imzo qo‘ygandan, tarjima yoki
xulosani imzolash va uni sud organiga berish bilan jinoyat tugallangan
hisoblanadi.
Jinoyatni tugallangan deb topish uchun hech qanday oqibat kelib
chiqishi, masalan, sudlanuvchining mahkum bo‘lishi yoki oqlanishi,
tarjima, xulosalar dalil sifatida olinib, aybdorga nisbatan javobgarlik
vujudga kelishi va boshqalar talab qilinmaydi.
Ekspert
— jinoiy, ma’muriy, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha
vujudga keladigan fan, texnik va boshqa maxsus masalalar bo‘yicha xulosa
berish uchun zarur bilimga ega bo‘lgan har qanday shaxs. U maxsus
bilimlarini ishlatgan holda, obyektiv va har tomonlama tekshiruv asosida
o‘z nomidan xulosa tuzadi va taqdim etgan xulosasiga javobgardir (JPK
511
67-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |