Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

bevosita obyekti
mulkdorlar huquqlarining kafolatlari 
sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardan iborat. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy mulkni himoya qilish va 
mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunining 
7-moddasiga asosan mulkdorning davlat organlari bilan o‘zaro 
munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi
unga muvofiq, qonun hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga 
oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib 
bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin 
etiladi. Shuningdek, ushbu qonunning 13-moddasida belgilanishicha, 
xususiy mulkka tajovuz qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunga xilof ravishda 
xususiy mulk huquqini cheklashga va (yoki) undan mahrum qilishga 
bevosita yoki bilvosita qaratilgan harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Nomaqbulligi oldindan ma’lum bo‘lgan shartlarni mulkdorga majburan 
qabul qildirish, shu jumladan undan mol-mulkni, moliyaviy mablag‘larni 
243 


yoki boshqa mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish 
taqiqlanadi. Mulkdorning xo‘jalik faoliyatiga pirovard natijada uning mol-
mulki tortib olinishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan 
yoxud mulkdorni o‘z mulkiga bo‘lgan huquqidan voz kechishga majbur 
qiladigan qonunga xilof ravishdagi aralashuv taqiqlanadi. 
2012 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy 
mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari 
to‘g‘risida»gi qonunida xususiy mulk huquqiga oid asosiy tushuncha va 
atamalar yoritilgan. Qonunga muvofiq, xususiy mulk huquqi shaxsning 
qonun hujjatlariga muvofiq qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, 
undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir, bunda mazkur 
tushuncha nafaqat ushbu qonun hujjatida, balki Assiy qonunda va 
Fuqarolik kodeksida ham mustahkamlangan. 
Davlat buzilgan xususiy mulk huquqining tiklanishini va uning sud 
orqali himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulkdorga yetkazilgan zararning 
o‘rni uni yetkazgan shaxs tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq to‘la 
hajmda qoplanishi kerak. 
Qonunga ko‘ra, xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar 
bilan amalga oshiriladi: 
xususiy mulk huquqini tan olish; 
xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy 
mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan 
harakatlarning oldini olish; 
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini 
qo‘llash; 
davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi 
boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; 
xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi; 
burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; 
zararning o‘rnini qoplash;
neustoyka undirish; 
ma’naviy ziyonni qoplash; 
244 


xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonun hujjatlari 
barqarorligini ta’minlash; 
davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi 
boshqarish organining qonunga zid bo‘lgan hujjatining sud tomonidan 
qo‘llanilmasligi; 
mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga 
kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish. 
Xususiy mulk huquqini himoya qilish qonunga muvofiq boshqa usullar 
bilan ham amalga oshirilishi mumkin. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish