Maxsus pedogogika 2016. indd


§23. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/102
Sana12.05.2020
Hajmi0,57 Mb.
#48999
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102
Bog'liq
maxsus pedagogika (1)

§23. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi 

bolalarni tarbiyalash tizimi

Ko‘rishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  uchun  maktabgacha 

ta’lim  muassasalari  qoshida  guruhlar  va  maktab-internatlar 

qoshidagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun bog‘chalar 

ochilgan:

 



bolalar bog‘chalari, yasli bog‘chalar va ko‘r bolalar uchun 

oshilgan maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlari;

 



bolalar bog‘chasi, yasli-bog‘chalar va zaif ko‘ruvchi bola-



lar uchun guruhlar;

 



bolalar bog‘chalari, yasli bog‘chalar, g‘ilaylik va ambliopi-

ya kasalligiga duchor bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bola-

lar guruhlari.

Hozirgi kunda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari-

ning aralash turlari mavjud bo‘lib, bu erda asosan g‘ilaylik va 



120

121


ambliopiyaga  duchor  bo‘lgan  bolalar,  qaysidir  darajada  zaif 

ko‘ruvchi va ko‘r bolalar tarbiyalanadilar.

Bunday  muassasalarning  maqsadi  –  ko‘rish  imkoniyatini 

tiklashni  ta’minlovshi  davolash  va  uning  holatining  yomon-

lashuvidan xabardor qilish, shuningdek erta yuzaga keladigan 

ko‘z kasalligi patologiyalarini, o‘qitish va tarbiyalash jarayonida 

korreksion-kompensator sharoitlar yaratish, bilish faoliyatida-

gi,  jismoniy nuqsonlarni  va ba’zi  ko‘rishida nuqsoni  bo‘lgan 

bolalarda kuzatiladigan asosiy shaxsiy sifatlarni bartaraf etish 

va yumshatishdir.

Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasa-

lari bolalarning shaxsiy sifatlari, harakat sohalari, ularni bilish 

faoliyatlari, xususiyatlari va rivojlanishining o‘ziga xosligini hi-

sobga olib tuzilgan maxsus dastur asosida ishlaydi. Ko‘rishida 

nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitishda ko‘ruv nuqsoni xarakteri va 

darajasini hisobga olgan holda ularni har tomonlama korreksi-

yalash va kompensasiyalashga yo‘naltirilgan bolalar bog‘chasida 

ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitishda 10 ta ko‘r va 

zaif ko‘ruvchi bolalardan iborat yoki g‘ilaylik ambiopiyali 10-

12 nafar boladan iborat guruhlardagi mashg‘ulotlarda amalga 

oshiriladi. Mashg‘ulotlar o‘yin xarakterida bo‘ladi.

Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi, ko‘r va 

zaif ko‘ruvchi, g‘ilay va ambliopiyali bolalarni maktab ta’limiga 

tayyorlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantiruvchi 

umumiy va maxsus vazifalarni hal etishga qaratilgan. Maxsus 

dastur  umumta’lim  bog‘chalarining  dasturi  asosida  tuzilgan 

shu  bilan  bir  qatorda  ko‘ruv  idroki  va  predmetli  tasavvurni 

shakllantirish, ijtimoiy adaptasiya va fazoda mo‘ljal olish, an-

glash,  eshituv  idrokini  rivojlantiruvchi,  davolovshi  jismoniy 

tarbiya,  ritmika,  nutq  nuqsonlarini  bartaraf  etish  bo‘yicha 

maxsus bo‘limlar kiritilgan.

Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  o‘qitish,  ko‘rishda 

nuqsoni  bo‘lgan  bolalar xususiyatini,  ularning  idroki  (ko‘ruv 

va anglash), bilish faoliyatlari va kompensator imkoniyatlarini 

hisobga olgan holda umumdidaktik tamoyillar asosida ish olib 

boriladi.

Ko‘ruv idroki, predmetli tasavvurlar, fazoda mo‘ljal olish, 

nutq  kamchiliklarni  bartaraf  etish,  predmetli  amaliy  faoli-

yat va boshqalarni korreksiyalashga maxsus metod va usullar 

qo‘llaniladi. O‘qitishda muhim o‘rinni ko‘rgazmalilik egallab, 

u  idrok  shart-sharoitiga  moslashadi  ko‘rgazmali  illyustrativ 

materialni,  ko‘rib  idrok  etishni  korreksiyalashda  optik  vosi-

talardan  keng  foydalaniladi.  Predmetli  tasavvur  verbplizimni 

bartaraf  etish  va  hissiy  malakani  kengaytirish  uchun  artof-

olamni kuzatishlar va ekskursiyalarda maxsus ishlar olib bori-

ladi. Bunda ko‘lik va zaif ko‘ruvchilikni kompensasiyalovchi 

vosita sifatida nutq boshqaruvchi muhim rol egallaydi. Pred-

metli-amaliy faoliyat nuqsonlarni bartaraf etishda, qo‘l meh-

nati bilan bajariladigan vazifalarni, qurish, yasash, applikasiya, 

rasm chizish va boshqalarda topshiriqlarni bosqichma-bosqich 

amalga oshirish metodi qo‘llaniladi.

Bolalarni  o‘qitish  va  tarbiyalashda  kompleks  yondashuv 

natijasida bola faoliyatida atrof-olam va odamlar bilan muno-

sabati shakllanadi.

Bolaning to‘g‘ri rivojlanishini tashkil qilish uchun ko‘rishida 

nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  bog‘chalari  va  maktab  internat-

lari, shuningdek ijtimoiy  va oilaviy tarbiya oralarida uzviylik 

bo‘lishi kerak. Pedagogik jarayonda ko‘rishni rivojlantirish va 

faollashtirish va uni saqlash, shuningdek umumiy salomatlikni 

saqlashda korreksion-tarbiyaviy ish va davolovchi-tiklovchi ish 

o‘rtasidagi  uzviylik  va  aloqa  muhim  o‘rin  egallaydi.  Bolalar 

bog‘chasi, g‘ilay va amliopiyali bolalar uchun yasli-bog‘chalar, 

maxsus o‘quv-tarbiya muassasalari ilk va maktabgacha yoshdagi 

bolalarni tarbiyalash, o‘qitish va davolash uchun mo‘ljallangan. 

G‘ilay va  ambliopiyali bolalar  uchun  maktabgacha  muassas-

alar ta’lim tizimiga kirib, ular ta’lim bo‘limi, sog‘liqni saqlash 

bo‘limi bilan hamkorlikda ochiladi.

Umumiy pedagogik boshqaruvchilik ta’lim bo‘limi orqali, 

davolashni  ta’minlashga  javobgarlik  sog‘liqni  saqlash  bo‘limi 

orqali amalga oshiriladi.

Maktabgacha  muassasa  bog‘cha-yaslilarga  2  yoshdan  7 

yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.




122

123


Bolalarni  saralash  va  tibbiy  xulosa  psixologik-pedagogik 

komissiya tekshiruvlari asosida amalga oshiriladi.

Tekshirish  metodikalari  o‘zida  ma’lum  bir  yoshdagi  bo-

lalarning  psixologik  rivojlanishi  darajasini  aniqlash  imkonini 

beradigan qator o‘yin topshiriqlarni aks ettiradi.

Muassasadan chiqarish, tibbiy psixologo-pedagogik komis-

siya  hujjatiga  ko‘ra  amalga  oshiriladi.  Maktabgacha  muassa-

saning  asosiy  maqsadi  g‘ilay  va  ambliopiyali  bolalarga  kom-

pleks yordam ko‘rsatishdir.

Maxsus maktabgacha ta’lim muassasasining o‘qitish va tar-

biyalash vazifalariga quyidagilar kiradi:

 



psixofizik  rivojlanish  darajasini  aniqlash  va  unga  mos 

o‘qitish va tarbiyalash sharoitlarini tashkil etish; umumiy 

rivojlanish, o‘qitish va tarbiyalashni ta’minlash;

 



psixofizik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun 

korresion shart-sharotlar yaratish.

 O‘qitish va tarbiyalash mazmunini vazifalari davolovchi-

tarbiyalovchi ishlar talablari va ko‘rsatmalarini hisobga oladi. 

Bollar faoliyatining barcha turlarida ko‘ruv funksiyalarini faol-

lashtirish uchun mashqlar ko‘zda tutilgan. Ko‘ruv –  idrokni 

rivojlantirish, maxsus korreksion mashg‘ulotlarda, shuningdek, 

o‘yin-umumta’lim  mashg‘ulotlarida  va  kundalik  hayotda 

amalga oshiriladi.

Ko‘ruv idrokini rivojlantirish, fazoda mo‘ljal olish, ijtimoiy 

maishiy  mo‘ljal  olishga  o‘rgatuvchi  korreksion  mashg‘ulotlar 

o‘qituvchi defektolog (tiflopedagog) tomonidan olib boriladi.

Nutq  nuqsonlarini  bartaraf  etish  bo‘yicha  mashg‘ulotlar 

logoped tomonidan olib boriladi. Bunda leksik, fonetik, gra-

matik  va  bog‘langan  nutqi  buzilishi  darajasiga  ko‘ra  bir  xil 

bo‘lgan  bolalar  guruhlarga  birlashtiriladi.  Bundan  tashqari, 

ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda harakat doirasida buzil-

ishlar kuzatilgani bois, ular bilan maxsus davolovchi jismoniy 

tarbiya, ritmika mashg‘ulotlari olib boriladi.

Bolalar bog‘chasidagi barcha o‘quv tarbiyaviy jarayon davo-

lovchi, tiklovchi ishlar talablari asosida o‘tkaziladi.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish