Maxsus pedogogika 2016. indd


Tekshirish uchun savollar



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/102
Sana12.05.2020
Hajmi0,57 Mb.
#48999
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   102
Bog'liq
maxsus pedagogika (1)

Tekshirish uchun savollar

1. «Tiflopedagogika» so‘zini izohlab bering.

2. Tiflopedagogikani fan sifatida ta’riflab bering. 

3.  Tiflopedagogika  fanining  predmeti,  ob’ekti  va  ahamiyatini 

sharhlang.

4. Tiflopedagogika fanining maqsad va vazifalari nimalardan ibo-

ratligini izohlang.

Tayanch so‘zlar

1. Tiflopedagogika–greksha  «typhlos»  ko‘r  va  pedagogika 

ma’nosini anglatadi.

2. Korreksiya – tuzatish, to‘g‘irlash, silliqlashtirish.

3. Oftolmolog – ko‘z shifokori.

4. Kompensasiya – o‘rnini qoplash. 



§21. Maktabgacha yoshdagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan 

bolalarning pedagogik tavsifi

Ko‘ruv jarayonining buzilishi tug‘ma  va keyinchalik  pay-

do  bo‘lishi  ham  mumkin.  Tug‘ma  ko‘rlik  homilaning  ona 

qornidagi vaqtida bo‘lgan kasalliklar va shikastlanish oqibati-

da paydo bo‘lishi mumkin yoki ba’zi bir ko‘ruv nuqsonining 

nasldan-naslga irsiy o‘tishi natijasida bo‘lishi mumkin. Odatda 

keyinchalik paydo bo‘lgan ko‘rlikda ko‘ruv organlarining ka-

sallanishi  oqibatida  –  to‘r  parda,  shoh  parda  markaziy  nerv 

sistemasining  kasalliklari  (meningit,  miyadagi  shish,  menin-

goensefalit)  organizmning  umumiy  kasallanishi  (qizamiq, 

gripp) oqibatida, miyaning travmatik shikastlanishi oqibatida 

paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘ruv analizatorining buzilishlarida 

rivojlanuvchi va turg‘un turlar mavjud. Rivojlanadigan ko‘ruv 

nuqsonida  patologik  jarayonlarning  ta’sirida  ko‘ruv  jarayon-

ining  doimiy  ravishda  yomonlashuvi  ro‘y  beradi.  Masalan, 

glaukomada  ko‘zning  ichki  bosimi  ko‘tarilib  ketadi  va  ko‘z 

to‘qimalarida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Sanitar-gigienik nor-

malarga rioya qilinmaganda (o‘quv va yozuvda) ko‘zning yaq-

indan ko‘rishi va uzoqdan ko‘rish zaiflashuvi sodir bo‘ladi.

Asigmatizm, katarakta singari kasalliklar ko‘ruv analizato-

rining turg‘un nuqsonlariga kiradi. Bunday nuqsonlar ba’zi bir 

kasalliklar  yoki ko‘z operasiyalari  oqibatida bo‘lishi mumkin. 

Demak, bolalarda ko‘ruv analizatorining buzilishi homiladorlik 

vaqtida yoki tug‘ilgandan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin. Shu-

ning uchun ko‘r bolalarni ko‘r tug‘ilganlar, juda erta ko‘rmay 

qolganlar va 3 yoshdan keyin ko‘rmay qolganlar guruhiga ajra-

tish mumkin. Bunday differensiasiyalash shunga asoslanadiki, 

bolaning  keyingi  rivojlanishi  uchun  qaysi  yoshdan  boshlab 

ko‘rmay qolgani juda katta ahamiyatga ega. Masalan, tug‘ma 

ko‘rlar xotirasida har xil obrazli tasavvurlar umuman bo‘lmaydi, 

lekin keyinchalik ko‘rmay qolganlarda obrazli tasavvurlar qan-

daydir hajmda qisman saqlanadi. Bolaning psixik va jismoniy 

rivojlanishida  ko‘rish  nuqsonining  boshlanishi,  ya’ni  yuzaga 

kelish muddati muhim ahamiyatga ega. Ko‘rmaslik qancha erta 

boshlangan bo‘lsa, ikkilamchi nuqsonlar, psixofizik xususiyatlar 

ko‘proq  namoyon  bo‘ladi.  Tug‘ma  ko‘rlarning  psixik  rivojla-

nishi sog‘lom bolalarga o‘xshash kechadi, lekin ko‘ruv orien-

tirovkasining yo‘qligi ko‘proq harakatlanish doirasida, turmush 

tarzida namoyon bo‘ladi. Ko‘rlar uchun tovush signallari o‘ziga 

xos  mo‘ljal  o‘rnini  egallaydi,  ko‘radigan  bolalar  uchun  ham 

tovushlar  muhim  rol  o‘ynaydi,  ammo  ko‘rlar  uchun  tovush 

signallarini mo‘ljal olish – asosiy faktor hisoblanadi.

Ko‘rish  qobiliyatining  yo‘qotilishi  bolalarda  o‘ziga  xos 

xarakter,  emosional  iroda  doirasida  sezgi  tajribalarini  shakl-

lantiradi.  Tug‘ma  ko‘r  bolalarda  oliy  bilish  jarayonlarining 

rivojlanishi  (qiziquvchanlik,  mantiqiy  fikrlash,  xotira,  nutq) 

normal holatda bo‘ladi. Shuning bilan birga sezgi va intellek-

tual  funksiyalar  o‘zaro  aloqadorligining  buzilishi  o‘ziga  xos 

fikrlash faoliyatidan mavhum fikrlash faoliyatining rivojlanishi 

ustunligida namoyon bo‘ladi.

Kech ko‘r bo‘lgan bolalarning tug‘ma ko‘r bolalardan ajra-

lib turishi ko‘ruv jarayonida yo‘qotgan vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. 




108

109


Bola ko‘rish jarayonini qancha kech yo‘qotsa, unda shuncha-

lik ko‘ruv tasavvurlari ko‘proq bo‘ladi va ularni so‘z ifodalari-

da qaytadan tiklash mumkin. Agar ko‘ruv xotiralarini rivojlan-

tirilmasa, asta-sekin ko‘ruv obrazlari xotiradan yo‘qolib ketishi 

mumkin.

Ko‘r bolalar yuqori darajada psixofizik rivojlanishga va bo-

lani o‘rab turgan dunyoni to‘liq bilishga bolada saqlanib qolgan 

analiz qilish tizimiga suyangan holda barcha imkoniyatlarga eg-

adir. Maxsus ta’lim sharoitida, eshituv, teri, hid bilish, vibrasion 

va boshqa psixik jarayonlarning sensor analizatorlari rivojlanishi 

asoslarining  rivojlantirishning  o‘ziga  xos  usullari  shakllanadi. 

Natijada idrok etishni kompensasiyalashni, ya’ni bilim jarayoni 

shakillarini rivojlantirish imkoniyatlari vujudga keladi.

L.S.Vigotskiy  tomonidan,  ko‘rlar  oltinchi  sezgi  (harakat) 

ga  egaligi  ko‘rsatilib,  bu  ularga  predmetlarni  masofada  sez-

ishga,  ranglarni  ham  sezishga  imkoniyat  yaratilishi  aytiladi. 

Ta’lim jarayonida pedagog, ota-onalar ko‘rlikni kompensasiya 

qilish bolada uning hayotining birinchi oylaridan boshlanishi-

ni hisobga olishlari lozim. Ko‘rlikni kompensasiyalash, deydi 

L.I.Solnseva, butun psixik ta’lim tizimini, sensor tizimini, in-

tellektual  komponentlarni  o‘z  ishiga  oladiki,  bular  bolalarga 

adekvat  va  tashqi  dunyoni  aktiv  aks  ettiradigan  va  bolalarni 

yoshiga qarab har xil shakldagi faoliyat bilan shug‘ullanishiga 

imkoniyatlar yaratib beradi. Zaif ko‘ruvchilar hodisalar, pred-

metlar bilan tanishganda, shuningdek, maydon orientirovkasini 

olishda va harakatlanganda ularda saqlanib qolgan ko‘ruvdan 

foydalaniladi.  Masalan,  ko‘zi  ojizlarda  ranglarni  idrok  etish 

buzilgan  holatda  bo‘ladi.  Keskin  ifodalangan  yaqindan 

ko‘rishda  va  uzoqdan  ko‘rishda  ko‘zi  ojizlar  ba’zi  bir  ped-

metni ifodalaydigan xira-shira belgilarni payqamasdan qolishi 

mumkin. Maxsus ta’lim erta boshlanganda normal maydon va 

stereoknopik  ko‘ruv  yaxshi  rivojlanadi  va  mukammallashadi, 

bu  ularda  kelajakda  murakkab  fazoviy  ko‘rgazmalarni  idrok 

etish imkonini beradi.

Zaif ko‘ruvchilar orasida ranglarni farqlash funksiyalari buz-

ilgan, ko‘ruvning kontrakt sezgirligi etarli bo‘lmagan shaxs lar 

ko‘p  uchraydi,  ranglarni  idrok  eta  olmaslik  patalogiyasining 

tug‘ma shakllari ham uchraydi.

Ko‘zning harakatlanish funksiyalarining buzilishi narsalarni 

idrok etish va ularni tasvirlashga ta’sir o‘tkazadi, ko‘z nigohini 

ma’lum  bir  nuqtada  ushlab  turishga  xalaqit  beradi,  dinamik 

o‘zgarishlarni,  chiziqli va  shartli  kattaliklarni  baholashda  qi-

yinchiliklar tug‘diradi.

Shuning uchun korreksion ishlar, hodisalar va predmetlar 

kuzatishning  maxsus  usullaridan  foydalanishga  yo‘naltirilgan 

bo‘lib, u eshituv, ta’m bilish, hid bilishga asoslanadi, bolalarda 

real  hayotning  murakkab  sintetik  obrazlari  yaratilishi  uchun 

imkon beradi.

Zaif ko‘ruvchilardagi saqlanib qolgan ko‘ruv ularning rivoj-

lanishiga, o‘quv, mehnat va ijtimoiy adaptasiyada (moslashuvi-

da) muhim ahamiyatga ega, shuning uchun uni avaylab-asrash 

zarur, buning uchun muntazam tashxis qo‘yish, ko‘z shifokori 

huzurida davriy konsultasiyalar o‘tkazib turish, tiflopedagog va 

psixologlar huzurida konsultasiyalar o‘tkazish zarur.

Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilarda ularni o‘rab turgan dunyoni 

idrok etish va bilishda teri orqali his qilish muhim ahamiyatga 

ega.  Taktil  idrok etish  har  xil kompleks sezgilar (qo‘l  tekki-

zish,  bosim,  issiqlik,  sovuqlik,  og‘riq,  materialning  fakturasi 

va  boshqalar)  orqali  ta’minlanadi  va  bular  orqali  narsalarn-

ing shakllari, o‘lchamlari va har xil proporsional aloqalar an-

iqlanadi. Teri va shilimshiq qavatdagi nerv qoldiqlari tomoni-

dan qabul qilingan har xil sezgilar bosh miya qobig‘ining qo‘l 

va  barmoqlar ishi bilan bog‘liq bo‘limiga yuboriladi. Ko‘rlar 

va  ko‘zi  ojizlar  xuddi  shunday  qo‘llari  va  barmoqlari  bilan 

«ko‘rishga» o‘rganadilar.

Ko‘rlar  va  zaif  ko‘ruvchilarning  har  xil  faoliyat  turlarida 

teri  orqali  bilishdan  tashqari,  eshituv  va  nutq  ham  muhim 

ahamiyatga ega. Ko‘rlikni kompensasiyalashning birinchi bos-

qichida yaratilgan differensasiyalangan eshituv va ovoz reaksi-

yalari narsalar bilan dastlabki tanishuvda va atrofdagi odamlar 

bilan muloqotda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘r bola odamlarning 

diqqatini  jalb  qilish  maqsadida  tovushlar  va  so‘zlardan  foy-




110

111


dalanadi.  Kattalarning  shunga  mos  reaksiyalari  bolani  unga 

nisbatan emosiyasini (hayajonini) oshiradi.

Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar tovushlar orqali narsalarni va 

ularni o‘rab turgan muhitning fazoviy xususiyatlarini erkin ifo-

dalaydilar. Ular tovush orqali manbani va uning joylashishini 

ko‘zi  ko‘radiganlardan  aniqroq  belgilaydilar.  Ko‘ruv  jarayo-

ni  buzilgan  shaxslarda  fazoviy  eshituv  juda  yuqori  darajada 

rivojlanganligi har xil tovushlar maydonida orientirovka olish 

shart ligi sababli yuzaga keladi.

Shu sababli ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar uchun ta’lim va tar-

biya jarayonida differensiyaviy mashqlar o‘tkaziladi, narsalarning 

xarakterlarini  tovush  yordamida  farqlanadi  va  baholanadi,  mu-

rakkab tovush maydonini analizlash va baholash, tovush signal-

lari aniq bir narsalarga, moslamalarga, mexanizmlarga o‘xshab bu 

ularda yuz berayotgan jarayonlarning yuzaga chi qishidan bo‘ladi.

Ko‘ruv jarayoni buzilgan shaxslarning har xil faoliyat turla-

rini muvaffaqiyatli egallash (predmetli, o‘yin, mehnat, o‘qish), 

ko‘rgazmali  qurollar  bilan  yuqori  darajada  ta’minlanish  va 

rivojlantirish, fazoviy fikrlash, fazoviy mo‘ljalga olishni egal-

lash  bilan  bog‘liq.  Fazoviy  orientirovka  fazoda  (maydonda) 

erkin harakatlanishning muhim qismidir.

Shunday qilib, ko‘rishda nuqsoni bor bolalarni ikki guruh-

ga ajratish mumkin.

1. Ko‘rlar.

2. Zaif ko‘ruvchilar.

Ko‘rlar ko‘ruv o‘tkirligiga ko‘ra 2 toifa bo‘linadi.

1. Total ko‘rlar. Ko‘rish o‘tkirligi – 0.

2. Qisman ko‘rlar. Ko‘rish o‘tkirligi – 0, 05 gacha.




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish