Maxsus pedogogika 2016. indd


§8.Maktabgacha surdopedagogika fanining predmeti



Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/102
Sana12.05.2020
Hajmi0.57 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   102
§8.Maktabgacha surdopedagogika fanining predmeti, 

maqsadi, vazifalari va metodlari

Maxsus  pedagogika  tarmog‘i  –  surdopedagogika  (lot. 

«surdus»-karlik),  eshitishda  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  va  katta 

kishilarning rivojlanishi, ularga ta’lim-tarbiya  berish  qonuni-

yatlarini o‘rganuvchi fan (maxsus pedagogika tarmog‘i).

Eshitishda  nuqsoni  bo‘lgan  ilk  va  maktabgacha  tarbiya 

yoshidagi bolalarning rivojlanishi, ularga ta’lim-tarbiya berish 

jarayonlari va qonuniyatlari – maktabgacha surdopedagogika 

fanining predmeti hisoblanadi.

Maktabgacha  davr  eshitishda  nuqsoni  bo‘lgan  bolaning 

rivojlanishida  muhim  ahamiyatga  egadir,  zero  korreksion-

pedagogik  tadbirlarning  barvaqt  boshlanishi  bola  o‘sishidagi 

kamchiliklarining oldini olishga, shuningdek, ijtimoiy faol, har 

tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yordam beradi.

Maktabgacha  surdopedagogikaning  alohida  fan  sifatida 

o‘rganilishi, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning yosh davr-

lariga xos jismoniy, psixik va fiziologik xususiyatlarning mav-

judligi, bolalar turmuchini tashkil etish va qulay ta’lim-tarbiya 

shart-sharoitlarini  yaratishda  ushbu  omillarni  hisobga  olish 

zarurligi bilan belgilanadi.

Maktabgacha surdopedagogika fanining asosiy vazifalari es-

hitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari va 

imkoniyatlari, ularga ilk davrdan boshlab korreksion-pedagogik 

yordam ko‘rsatish zaruratidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 

Eshitish  qobiliyatining  pasayishi  bolaning  umumiy  va 

psixik  rivojlanishiga,  eng  asosiysi  nutqining  shakllanishiga 




46

47

salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eshitmaydigan va zaif eshituvchi bola 



maxsus o‘rgatib borilmasa, u gapira olmaydi, atrofdagilar bi-

lan muomalada esa chegaralangan miqdordagi imo-ishoralar-

dan  foydalanadi.  Bolalar  kundalik  hayotida  kattalarga  taqlid 

qilgan  holda  oddiy  amaliy  faoliyat  turlarini  bajara  oladilar, 

turli  buyumlarning  funksional  vazifalarini  o‘zlashtiradilar  va 

ulardan  to‘g‘ri  foydalanadilar,  o‘z-o‘ziga  xizmat  ko‘rsatish 

malakasini  egallab  oladilar.  Bunday  bolalarga  maxsus  ta’lim 

berish shart-sharoitlari yaratilmagan holda, ular o‘zgalar nut-

qini idrok eta olmasligi oqibatida sensor va aqliy rivojlanishi 

so‘zashuv nutqning ta’sirisiz kechadi. 

Shunday  qilib,  eshitish  qobiliyatining  pasayishi  va  nut-

qiy  rivojlanishning  buzilishi  oqibatida  bolaning  rivojlanishi 

to‘xtamasa-da,  ancha  cheklanib  qoladi.  Demak,  bolalarning 

risoladagidek  rivojlanishi  uchun,  me’yorda  eshitadigan  bola-

lardan-da ko‘proq maxsus ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish 

talab etiladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ilk yoshdan 

boshlab  maxsus  ta’lim-tarbiya  berilgan  holda,  ularning  um-

umiy  rivojlanishidagi  orqada  qolishning  oldini  olish,  mavjud 

nuqsonlarni korreksiyalash va ularning har tomonlama kamol 

topishini ta’minlash mumkin bo‘ladi.



Maktabgacha  surdopedagogikaning  asosiy  vazifalari  quyi-

dagilardan iborat:

 



Eshitish  qobiliyati  buzilgan  bolalarni  aniqlash  va 

ular ga  korreksion-pedagogik  yordam  ko‘rsatilishga 

ko‘maklashish;

 



Ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojla-

nish qonuniyatlarini aniqlash;

 



Eshitish qobiliyatining buzilishini jismoniy, bilish, ijtimoiy, 



nutqiy  rivojlanishiga,  shaxsning  shakllanishiga  bo‘lgan 

ta’sirini o‘rganish;

 



Eshitishda  nuqsoni  bo‘lgan  bolalarni  oilada  tarbiyalash 



bo‘yicha  ota-onalarga  metodik  yordam  va  maslahatlar 

tashkil etish;

 



Korreksion-tarbiyaviy  ishlarning  nazariy  asoslarini  ishlab 



chiqish:  ilk  va  maktabgacha  yoshdagi  eshitmaydigan  va 

zaif  eshituvchi  bolalarga  ta’lim-tarbiya  berish  vazifalari, 

tamoyillari va metodlarini belgilash;

 



Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarga turli sharoit (maxsus 

maktabgacha tarbiya muassasasi, maktab-internatlar qoshi-

dagi  guruhlar,  umumiy  yo‘nalishdagi  bolalar  bog‘chasi 

huzuridagi  guruhlar  va  hokazolar)da  beriladigan  ta’lim-

tarbiya  mazmunini  belgilash,  o‘qituvchi-surdopedagog, 

tarbiyachi, ota-onalarni pedagogik bilimlar bilan qurollan-

tirish;

 



Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarga korreksion-pedagogik 

yordam berishning yangi shakllarini izlash;

 



Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarning normal eshituvchi 



insonlar orasiga integrasiyasiga yordam berish;

 



Maxsus  maktabgacha  tarbiya  muassasalarining  maktab, 

oila, mahalla, jamoa tashkilotlari bilan aloqasini mustah-

kamlash. 

 



Maktabgacha tarbiya muassasasi, oila, jamoat tashkilotlar-

ining kar va zaif eshituvchi bolalarga ta’lim-tarbiya berish 

borasidagi ijobiy tajribalarini o‘rganish va targ‘ib etish.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar