Profaza I davomida mitozdan farqli jihatlar kuzatiladi. Mitozdagi kabi xromosomalar spirallashadi, lekin meyoz I da gomologik xromosomalarning juftlashishi roʻy beradi. Har bir xromosoma oʻzining gomologi bilan puxta juftlashadi, shunda ikkalasi ham butun uzunliklari boʻyicha mos keladigan pozitsiyalarda joylashgan boʻladi.
Masalan, quyidagi rasmda A, B va C harflari xromosomaning maʼlum joylarida joylashgan genlarni, har bir genning turli shakllari yoki allellari uchun katta va kichik harflar bilan koʻrsatilgan. Ikkita gomolog xromosomaning bir xil nuqtasida joylashgan DNK parchalanadi (kesiladi) (rasmda B va C orasidagi genlar olingan) va gomologik xromosomalarning mana shu qismlari oʻzaro almashinadi.
Krossingover jarayoni rasmi. Ikkita gomologik xromosoma uchta har xil gen turlarini tashiydi. Bittasida A, B va C, ikkinchisida a, b va c turlari mavjud. Krossingover jarayonida gomologik xromosoma xromatidalari oʻrtasida, masalan, C va c qismlari oʻrtasida almashinish sodir boʻladi. Endi ularda turli xil xromatidalar bor.
Bitta xromosomaning birinchi xromatidasida A, B, C va ikkinchi xromatidasida A, B, c genlari mavjud.
Uning gomologik xromosomasining esa bitta xromatidasida a, b, c va ikkinchi xromatidasida a, b, C genlari mavjud.
Xromosomalarning oʻxshash qismlari almashinishi jarayoni krossingover deyiladi. Bu jarayon xromosomalarni birga ushlab turishga yordam beruvchi sinaptonemal kompleks yordamida amalga oshiriladi. Krossingover davomida xromosomalar quyidagi rasmda koʻrsatilganidek, bir-birining ustida joylashadi.
Sinaptonemal oqsillar vositasida bir-biri bilan bogʻlangan gomologik xromosomalar.
Siz rasmda xiazmalar vositasida bogʻlangan krossingover (xromosoma)larni koʻrishingiz mumkin, bu yerda gomolog xromosomalar xoch shaklida birikkan. Sinaptonemal kompleks parchalangandan soʻng xiazma gomolog xromosomalarni birga ushlab turadi, har bir gomologik juftda kamida bittadan xiazma boʻladi. Har bir juftda ularning soni 25 tagacha boʻlishi mumkin^11start superscript, 1, end superscript.
Krossingover yuz berishi nuqtalari tasodifiy boʻlib, natijada takrorlanmas allellarga ega, qismlari oʻzaro almashingan xromosomalar hosil boʻladi.
Krossingoverdan soʻng boʻlinish urchugʻi xromosomalarni hujayra markazi (metafaza plastinkasi)ga yigʻa boshlaydi. Bir qarashda mitozga oʻxshaydi, lekin bu yerda xromosomalar juft-juft boʻlib joylashadi. Har bir xromosoma urchuqning bir qutbidagi mikronaychalarga, gomolog xromosomalar esa qarama-qarshi qutbidagi mikronaychalarga yopishadi. Shunday qilib, metafaza I davomida, oʻxshash boʻlmagan xromosomalar ajralish uchun metafaza plastinkasiga yigʻiladi.
Meyoz I fazalari
Profaza I: boshlangʻich hujayra diploid, 2n=4. Gomologik xromosomalar juftlashib, oʻxshash qismlari bilan almashinadi.
Metafaza I: gomologik juftlar metafaza plastinkasini hosil qilib, markazga yigʻiladi.
Anafaza I: gomologik xromosomalar ajralib, hujayraning qarama-qarshi qutblariga qarab harakatlanadi. Qiz xromatidalar ajralmaydi.
Telofaza I: yangi hosil boʻlgan hujayralar gaploid, n=2. Har bir xromosomada ikkitadan xromatidalar bor, lekin ular endi oldingiday bir xil emas.
Gomologik xromosomalar metafaza palstinkasiga yigʻilganda, ularning qutblarga tarqalishi tasodifiy boʻladi. Masalan, quyidagi rasmda binafsha va pushti rang xromosomalar bitta qutbga qarab yoʻnalgan, natijada bitta hujayraga tushadi. Bu jarayonda ikkala pushti xromosoma ham qutb tomonga yoʻnalishi mumkin edi. Bu turli gomologlar toʻplamiga ega boʻlgan gameta shakllantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |