3-BOB. YORDAMCHI MAKTABIARDA
TA’LIM NAZARIYASI
3.1. Yordamchi maktablarda ta’lim jarayonining mohiyati
Oligofrenodidaktika umumiy
pedagogikaning bir qismi bolib, aqli zaif
bolalar ta’lim-tarbiyasining nazariyasini ishlab chiqadi. Xususan, yordamchi
maktablarda ta’lim mazmuni, jarayoni, tamoyillari, usullari hamda pedagogik
jarayonni uyushtirish shakllari haqida batafsil m a’lumotlar beradi. Uning
nazariy asoslari inson shaxsi, uning taraqqiyoti
haqidagi ilmiy bilimlarga
asoslanadi. Oligofrenodidaktika umumiy didaktika bilan chambarchas bogliq
bolib, uning umumiy qonun-qoidalaridan foydalangan holda, umumiy,
pedagogik, maxsus psixologiya yutuqlariga ham asoslanadi. Qomusiy olim
Abu Rayhon Beruniy haqli ravishda: «Odamlarda ta’lim-tarbiyaga qobiliyat
turlichadir. Birovlar bu qobiliyatga ega, boshqalar esa mahrum. M ahrumlar
mashaqqatli mehnat,
intilish, tirishqoqlik orqali tushunishlari mumkin», —
degan. Demak, nuqsoniilar ta’lim-tarbiyasida shaxsni o ‘rganib, muomala
qilish zarur.
Yordamchi maktablar didaktikasining uzviy bolim laridan biri — ta ’lim
ja ra y o n in in g m o h iy atid ir. D id ak tik a t a ’lim jara y o n in in g um um iy
qonuniyatlarini o ‘rganuvchi qismidir. Didaktika grekcha so‘z ЫУНЬ,
«didayko» — o ‘qitish, «didaskal» — o ‘rgatuvchi degan so‘zlardan kelib
chiqqan. Didaktikaning so‘zm a-so‘z taijimasi ta ’lim nazariyasini anglatadi.
T a’lim nazariyasi ta ’lim jarayonining tushunchasi va mohiyatini o ‘z ichiga
oladi. Didaktika o ‘z oldiga o ‘qitishning maxsus maktab o ‘quvchilarini har
tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini
bilib olish vazifasini qo‘yadi.
Demak, didaktika oligofrenopedagogikaning «nimaga o'qitish», «nimani
o'qitish» va «qanday o ‘qitish» kabi savollariga javob izlaydi.
Umumiy didaktika
esa, o ‘z navbatida, ayrim o ‘quv fanlariga oid usullar bilan juda mustahkam
bog‘lanadi. Shu usullar m a ’lum otiga tayanib, o ‘qitishning um um iy
qonuniyatlarini yechib beradi va ayni vaqtda har bir o ‘quv fanini o ‘qitish
usullari uchun umumiy asos b o lib xizmat qiladi.
Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Yusuf xos
Hojib, Kaykovus, A lisher Navoiy kabi buyuk sharq m utafakkirlari
o ‘zlarining saboqlarga boy asarlarida tibbiyot, mantiq, musiqa, adabiyot,
geografiya, riyoziyot kabi ilmlarni o ‘qitish vositasida
avlodlarni tarbiyalash
g‘oyasini olg‘a surdilar.
52
Sharqu g‘arb m a’naviy merosi asosida pedagogik jarayondan markaziy
o ‘rin olgan didaktika doimo rivojlanib boradi. Didaktika rivojiga buyuk
chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ham katta hissa qo‘shdi. Uning
«Buyuk didaktika» asari o ‘qitishni rivojlantirishga g‘oyat katta ta ’sir
ko‘rsatadi va muallimlarning doimiy foydalanadigan manbai b o lib qoldi.
0 ‘zbekistonda didaktik ta ’limning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla
Avloniy,
Hamza Hakimzoda Niyoziy, M uhammad Rasuliy, Qori Niyoziy,
O .Sharafiddinov kabi pedagog va olim larning nomlari bilan b o g liq .
Ajdodlarimiz tajribasini o ‘rgangan holda hozirgi kun davr talabi pedagogik
faoliyatdagi formalizmning qat’iyan oldini olish, o ‘qitishdagi
muqobil usul,
shakl va vositalarni tanlash, pedagogika fani yutuqlarini amalga dadillik bilan
joriy qilish vaqti yetdi. Usuliy ishlami jonlantirish, olegofrenopedagoglaming
tashabbuslarini, ijodiy izlanishlarini har tom onlam a rivojlantirish, ilgkor
pedagogik tajribani chuqur o ‘rganish lozim.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: