1.2. Oligofrenopedagogika fanining mavzu bahsi va uslublari
1920-yillardan respublikamizda turli nuqsonlilar ta’lim-tarbiyasi* o‘ziga
xos mazmun kasb eta boshladi. Kishilik jamiyati tarixida birinchi marta
rivojlanishida turli nuqsonlari bo'lgan bolalar umumjamiyat e’tiboriga olindi.
Ular uchun barcha qulayliklarga ega bo'lgan maxsus maktablar ochildi.
Yordamchi maktablardagi pedagogik jarayonlaming nazariy asosini maxsus
fan — oligofrenopedagogika tashkil etadi (grek tilida «oli-gos» — kam, «fren»
— aql degani).
Oligofrenopedagogika — aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o ‘qitish
h aq id ag i fan b o ‘lib, d e fek to lo g iy a n in g b ir qism i h iso b la n ad i.
Pedagogikaning umumpedagogik va didaktik tamoyillarini qo‘llash aqli
zaif bolalar ta’lim-tarbiyasida o ‘ziga xos xususiyatlar kasb etadi. T a’limiy
materiallarni tanlash, mehnat tayyorgarligini aniqlash, aqli zaif bolalarni
jismoniy rivojlantirish ishlari tuzatish mazmunini kasb etishi kerak.
Tuzatish (korreksiya) deganda aqli zaif bolalarning jismoniy va ruhiy
nuqsonlarini to ‘g‘rilash, yumshatish, hayotga moslashtirish tushuniladi.
T uzatish ishlarida nuqsonli bolaning rivojlanish im koniyatlariga
asoslaniladi.
7
Aqli zaif bola deganda bosh miyasining organik buzilishi natijasida bilish
faoliyatlarining turg‘un pasayishini tushunamiz. Aqli zaif bolalami o ‘qitish,
tarbiyalash va ulami o'rganishning nazariy masalalari qator fanlaming
yutuqlariga asoslanadi. Oligofrenopedagogika umumiy psixologiya, maxsus
psixologiya, oligofreniya klinikasi, logopediya, pediatriya, nevropatologiya,
anatomiya, fiziologiya, genetika, bioximiya va boshqa fanlar bilan bog‘liq
bo‘lib, ularning yutuqlaridan keng foydalanadi.
Oligofrenopedagogika maorif xodimlarini, onalarni, defektologiya
fakulteti talabalarini yordamchi maktablardagi ta’lim-tarbiya ishining
o ‘ziga xos tom onlari, aqli zaif bolalaming bilim egallash xususiyatlari
haqidagi tegishli m a ’lum otlar bilan qurollantiradi. H ar bir fanda
bo‘lganidek, oligofrenopedagogika ham o ‘ziga xos rivojlanish, shakllanish
tarixiga ega.
Aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasi masalalari bilan shug‘ullanish ishlari
boshlanganiga 200 yildan oshgan bo‘lsa-da, bir tizimda atroflicha, bir
butun, tugallangan ishlar XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Kuzatish va
qidiruv ish larin in g uzoq m u d d atlilig i, ta jrib alarn in g sek in -asta
to‘planganligi, ayrim nazariy xulosalarga kelish uchun uzoq vaqt talab
qilinganligi sababli oligofrenopedagogika fanining izchil tarixi nisbatan
qisqargan.
Oligofrenopedagogika fanining dastlabki, boshlang‘ich davri aqli
zaiflikning mohiyatini aniqlash bilan xarakterlanadi. Birinchi marta psixiatr
F. Platter (1537—1614) ruhiy kasalliklar orasidan aqli zaif bolalarni ajratib
berdi. Aqli zaif bolalami tasniflash, ularga klinik tavsifnoma berish ishlari
F. Pinei (1775—1838), J. Eskirot (1772—1840) tomonidan bajarildi. J. Eskirol
birinchi marta «aqli zaiflik» atamasini fanga kiritadi.
XIX asr m obaynida jam iy atd a ro ‘y bergan ijtim oiy-iqtisodiy
o ‘zgarishlar tufayli nuqsonli bolalarga alohida e ’tibor berish zarurligi
haqida jam oatchilik fikri yuzaga keldi. Shu jarayon asosida aqli zaiflikni
davolash, diag no stika qilish, tasniflashga oid q a to r m ateriallar
m atbuotda e ’lon qilina boshladi. Ularga pedagogik yordam ko‘rsatish
haqida ham turli fikrlar yuzaga kela boshladi.
Aqli zaif bolalarni o ‘qitish va tarbiyalash nazariyasining shakllanishida
E.Segen (1812—1880)ning pedagogik va ilmiy faoliyati katta o‘rin egalladi.
Ayniqsa, uning 1846-yilda yozilgan «Aqliy normal bo‘lmagan bolalaming
tarbiyasi, gigiyenasi va axloqiy davosi» asari oligofrenopedagogika fanida
katta yutuq bo‘ldi.
E.Segen tom onidan aqli zaif bolalar tarbiyasi nazariy asoslarining
ch u q u r ishlab chiqilishi bu yo‘nalishdagi ilmiy ishlarning yanada
jonlanishiga sabab bo‘ldi. Maxsus pedagogikaning yuzaga kelguniga qadar
aqli zaif bolalar ta ’lim-tarbiyasi masalalari davolash pedagogikasidagi
bahsli mavzu edi.
Davolash pedagogikasining asosiy g‘oyalari «ruhiy ortopediya» va «sen-
somotor madaniyat» tushunchalari asosida berilar edi.
Bu yo‘nalish tarafdorlari (B.Mennel, A.Fuks, R.Vays, J.Filipp, Pol
Bonkur, J. Demor, O. Dekroli, M. Montessori va boshqalar) shaxsning
shakllanishida irsiy omillarga ko‘proq e ’tibor berishgan bo‘lsalar-da,
nuqsonlilar ta ’lim-tarbiyasida pedagogika bilan tibbiyotni bir-birlariga
yaqinlashtirishga katta hissa qo‘shdilar.
O.Dekroli va J. Demorlaming ayrim ishlarida aqli zaiflarga pedagogik
yordamning ijobiy tomonlari ochib berilgan. XIX asr oxirlari, XX asr
boshlarida Yevropa va Amerikada aqliy nuqsonning yengil turlariga e’tibor
kuchaya bordi. Shu asosda shunday bolalar bilan ishlaydiganlar faoliyatida
pedagogik yo‘nalish asosiy o ‘rinni egallay boshladi. Rus pedagoglari,
psixologlari, shifokorlari — Ye.K.Grachyova (1866—1934), V.P.Kashenko
(1870—1943), G.I.Rossolimo (1860—1926), M.P.Postavskaya (1865—1953),
A.N. Graborov (1885—1949) va boshqalaming amaliy pedagogik faoliyatlarida
bu fikrlar o‘z aksini topdi. Rossiyada aqliy nuqsonli bolalarga ij'timoiy tarbiya
berish masalalari KD.Ushinskiy va P.F.Lesgaftning pedagogik ishlarida, ilg‘or
rus shifokorlari, fiziologlari va psixologlari — V.M.Bexterev, I.M.Sechenov,
I.P.Pavlov, I.V.Malyarevskiy, G. Ya. Troshin, A.F.Lazurskiy, A.VVladimirskiy
ishlarida rivojlantirildi. Ilg‘or rus ziyolilari chor hukumati bilan keskin
kurashlar asosida o‘zlarining zamonaviy, qimmatli fikrlarini olg‘a surdilar.
Aqliy nuqsonlilikni o ‘rganish, tasniflash, ta’lim-tarbiya nazariyalarini ishlab
chiqish, nuqsonlilikni to ‘g‘rilash borasida juda ko‘p yutuqlarga erishdilar.
1920-yillardan e ’tiboran sobiq ittifoqda ko‘rlar, karlar, aqli zaiflar va
boshqa nuqsonlilarga sifat jihatidan yangi ijtimoiy tarbiya tizimi tashkil
etildi. Shular asosida maxsus maktablardagi o ‘quv-tarbiya jarayonlarining
nazariy asoslari ishlab chiqila boshlandi. Bu ishlarga pedagogika,
psixologiya, fiziologiya, tibbiyot sohasi vakillari, ijtimoiy ta ’m inot
organlari, jam oat tashkilotlari jalb etildi. Rus olimlari A.N.Graborov,
L.S. Vigotskiy va boshqalaming m a’ruza va chiqishlarida aqli zaif bolalar
ta’lim-tarbiyasining muhim yetakchi tamoyillari ochib berildi. Jamoa bo‘lib
harakat qilish asosida nuqsonli bolalar ta ’lim -tarbiyasining yangi
m aq sad lari, vazifalari va asosiy tam o y illari a n iq lan d i. M axsus
pedagogikaning nazariy asoslari A.N.Graborov tomonidan tayyorlangan
va Xarkovda bosmadan chiqqan «Defektologiya» o ‘quv qo‘llanmasida
ochib berildi. Keyinchalik ko‘rlar, karlar, aqli zaiflar ta ’lim-tarbiyasi,
diagnostikasi, differensiatsiya qilinishi asosida defektologiyaning yangi
tarmoqlari: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va
logopediya shakllana boshladi. A.N.Graborov, N.F.Kuzmina, F.M. Novik
tomonidan yozilgan «Oligofrenopedagogika asoslari» o ‘quv qo‘llanmasi
chop etildi. Bu o ‘quv qo‘llanmada birii%hi marta sistemalashtirilgan holda
aqli zaif bolalar ta ’lim -tarbiyasining nazariy asoslari ochib berildi.
9
Oligofrenopedagogika — aqli zaif bolalar ta’limi, tarbiyasi hamda ular
taraqqiyotidagi ruhiy, jismoniy nuqsonlami to ‘g‘rilovchi fan sifatida yuzaga
keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |