Fonematik eshitish — nutq tovushlarini idrok etish qobiliyati, tilning
tovush elementlarini o‘qib olishda ahamiyati kattadir.
Gidrotsefaliya — miyada sariq suv to‘planish kasali, bu narsa bosh suyagi
bo‘shlig‘ida orqa miya suyuqligining ko‘payishida yuz beradi. Suyuqlikning
ko‘payishi har xil - juda oz darajadan keskin ko‘paygan darajagacha bo‘lishi
mumkin. Yengil gidrotsefaliya ish qobiliyatining pasayishi va tez charchab
qolishda ifodalanadi, bunda bosh shakli deyarli o‘zgarmaydi. Orqa miya suyuqligi
ko‘proq to‘planganida bosh suyagining katta gidrotsefalik shakli paydo bo‘ladi,
peshanada va kallaning tepa qismida katta shishlar vujudga kelishi mumkin.
2 16
Ba’zan bolalardagi og‘ir gidmtscfaliya aqliy qoloqlikka, serebral paralichga,
eshitish va nutq qobiliyatining bu/ilishiga sabab bo'lishi mumkin.