TRANSFORMATORLAR
To‗g‗rilagich qurilmalari rangli metallurgiyada (masalan, Olmalis va Navoiy
kombinatlari), kimyo sanoatida (Farg‗ona, Chirchiq va Navoiy kombinatlari)
texnologik jarayonni, sora metallurgiyada (Bekobod metallurgiya kombinati) esa
jo‗valash mashina (stan)lari elektr yuritmalarini o‗zgarmas tok bilan ta'minlashda,
elektrotermiyada, elektrlashtirilgan temir yo‗l va shaќar elektr transportlarida, katta
quvvatli turbo- va gidrogeneratorlar qo‗zg‗atish sistemasida va boshqa ayrim
sohalarda foydalaniladi.
Kam quvvatli to‗g‗rilagich qurilmalario‗zgaruvchan tok tarmog‗iga bevosita
ulanadi, katta quvvatli to‗g‗rilagich qurilmalari esa elektr tarmog‗iga maxsus
maqsadli kuch transformatorlari orqali ulanadi. Transformator moyi to‗ldirilgan
bitta bakda yarim o‗tkazgichli asboblar va ularni elektr energiya bilan ta‘minlovchi
maxsus maqsadli kuch transformatorlari joylashtirilgan qurilmani o‗zgartirgich
agregati deb ataladi.
O‗zgartirgich agregati maxsus maqsadli kuch transformatorlari ikkilamchi
chulg‗am fazalari soniga ko‗ra – bir, uch, olti, 12 va 24 fazali (24 fazalini bitta
transformatorda faqat ko‗prik sxemasida hosil qilish mumkin) turlarga bo‗linadi.
Ularning kuchlanishlari ishlatilish sohasiga qarab ПБВ (pereklyuchenie bez
vozbujdeniya) va РПН (regulirovanie pod nagruzkoy) qayta ulagich qurilmalari
vositasida rostlanadi. Sovitilish usuliga ko‗ra – quruq, moyli va yonmaydigan
suyuq dielektrikli turlarga bo‗linadi.
Biryarim davrli to‗g‗irlash sxemasida ishlaydigan bir fazali transformatorning
ishlashini ko‗rib chiqamiz (1.6,a-rasm). Ikkilamchi chulg‗amdagi i2 tok,
pulslanuvchi bo‗lib, u yarim davrli U2 kuchlanishidan xosil bo‗ladi (1.6, b-rasm).
Ushbu tok ikki tashkil etuvchiga ega:
doyimiy Id=(√2/π)(U2/RN) (1.1)
17
va o‗zgaruvchan
io’z= i2-Id (1.2)
Salt ishlash tokini xisobga olmasdan va (1.2) tokini xisobga olib,
transformatorning MYKni quyidagicha yozish mumkin:
i1w1+i2w2=i1w1+io’zw2+Idw2=0 (1.3)
To‗g‗rilagich sxemalarida ishlatiladigan transformatorlarning ikkilamchi
chulg‗amiga tokni faqat bir yo‗nalishda o‗tkazadigan ventillar ulanadi. Bunday
transformatorning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, uning turli fazalariga
ulangan ventillar navbatma-navbat ishlaganligi tufayli, ayrim fazalarida yuklama
qiymatining bir xil bo‗lmasligidir. Yuklamaning notekisligi birlamchi I1 va ikkilamchi I2 chulg‗am toklarining
vaqt bo‗yicha o‗zgarish shaklida anchagina yuqori garmonikalarning bo‗lishiga va
ayrim to‗g‗rilagich sxemalarida magnit o‗tkazgichning qo‗shimcha
magnitlanishiga sabab bo‗ladi.
Transformatorning ishlashiga quyidagi xar-xil sabablar ta‘sir qiladi:
18
1) To‗g‗irlash sxemasi
2) Silliqlovchi filtrning mavjudligi
3) Yukmaning xarakteri.
Bunday transformator chulamlaridan nosinusoidal toklar o‗tadi. Tokning
yuqori garmonikalari quyidagi sabablarga ko‗ra hosil bo‗ladi:
1) ikkilamchi chulg‗amning ayrim fazalariga ulangan ventillar tokni o‗zidan
davrning faqat bir qismidagina o‗tkazishi;
2) to‗g‗rilagichning o‗zgarmas tok tomoniga induktivligi katta bo‗lgan
tekislovchi drossel ulanganligi tufayli transformator chulg‗amlaridagi tokning vaqt
bo‗yicha o‗zgarish shakli to‗g‗ri burchakka yaqin bo‗lishi.
O‗zgartirgich qurilmalari maxsus maqsadli kuch transformatorlarda, umumiy
holda, I1 va I2 toklarning ta'sir etuvchi qiymatlari yuqori garmonikalar ta'sirida har
xil bo‗lishi natijasida S1N va S2N hisoblash quvvatlar har xil bo‗ladi. Shuning uchun
ventilli to‗g‗rilagich transformatorining "tipaviy quvvati" tushunchasi kiritiladi
(tipaviy quvvat – o‗zgartirgich qurilmasi transformatorining tipiga oid bo‗lgan
quvvat).
O‗zgartirgich qurilmalarining maxsus maqsadli kuch transformatorlarining
tipaviy quvvati to‗g‗rilash sxemasidan bog‗liq holda birlamchi chulg‗am (bu
chulg‗amni "tarmoq chulg‗ami" deb ham yuritiladi) quvvati S1N to‗g‗rilagich
ulangan tomondagi bentil chulg‗ami S2N quvvatlarining o‗rtacha qiymati orqali
aniqlanadi. Masalan, 6 fazali to‗g‗rilash sxemasida mazkur transformatorining
tipaviy quvvati:
Do'stlaringiz bilan baham: |