Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash shakllari
Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va
jamoat muassasalarida olib boriladi. Davlat muassasalari
yaslilar, bolalar
bog’chalari; jamoat muassasalari mahkamalar, korxonalar, xususiy bog’chalar.
Jismoniy tarbiya, asosan, davlat muassasalarida amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiya
. Bolalar bog’chasi va yaslidagi
jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini
tarbiyachi olib boradi, u mashg’ulotlarni musiqachi, shifokor bilan birgalikda
rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, ularning
me’yorini aniqlashga yordam beradi.
Yasli va bog’chalarda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun o’quv
tipidagi mashg’ulotlar ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya daqiqalari,
chiniqtiruvchi muolajalar, harakatli o’yinlar, ekskursiyalar, sayohatlar,
bayramlar, yakkama-yakka va mustaqil mashg’ulotlar tarzida uyushtiriladi.
Bulardan tashqari musiqa darslarida ham jismoniy tarbiyaning vazifalarini hal
qiladigan jismoniy mashqlar, o’yinlar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi.
O’quv tipidagi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari bolalarni
harakatga o’rgatishda asosiy rol o’ynaydi. Bu mashg’ulotlar yasli va
bog’chalarning hamma guruhlarida o’tkaziladi. 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda
har bir bola bilan ayrim jismoniy mashqlar uqalash bilan qo’shib olib boriladi.
1-3 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhlarida haftada 1 marotabadan, 3-7 yoshdagi
bolalar guruhlarida haftada 3 marta jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkaziladi.
Yosh ortgan sari mashg’ulotlarning davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib
borilaveradi. Mashg’ulotlar 4 qismdan - kirish, tayyorlov, asosiy, yakuniy
qismlardan iborat bo’ladi va ularning har birida aniq vazifalar hal qilinadi.
Jismoniy mashqlar osonlashtirilib, harakatli va syujetli (O’rmonga sayohat va
boshqa) shakllarda olib boriladi. Tarbiyachi oldin jismoniy mashqlarni tanlab,
so’ngra syujet tanlaydi. Yurish, yugurish, to’siqlardan oshish, suzish va ochiq
havoda bo’lish ob-havoga hamda jihozlarga qarab o’tkaziladi.
Ertalabki gimnastika yasli va bog’chalarda ertalabki ovqatlanishdan oldin,
bolalar uylarida esa uyqudan turgandan keyin o’tkaziladi. Yaslilarda 2
yoshgacha bo’lgan bolalar bilan ertalabki gimnastika individual yoki 5-10
kishiga bo’lingan guruhlarda, kattaroq yoshda esa bolalarning barchasi bilan
birgalikda umumiy o’tkaziladi. ertalabki gimnastika xilma-xil yurish, yugurish
va turli mashqlar bajarish hamda sakrash bilan olib boriladi. Ayrim hollarda
mashq syujetiga, ritmiga moslashtirilgan qo’shiqlar bilan o’tkaziladi.
Tizimli o’tkazilgan jismoniy mashqlar, asosan, bolalarning kuchini,
egiluvchanligini mustahkamlaydi, nafas olish, qon aylanish va yurak-tomir
tizimi ishlarini, organlardagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi.
Bundan tashqari, ertalabki gimnastika uyushgan holda yaxshi kayfiyat bilan
boshlansa, jismoniy mashqlarning ta’sir kuchi qomatni tutish va jismoniy
mashqlarning sog’liqqa foydasi haqidagi dastlabki elementar bilimlarning
shakllanishiga olib keladi.
Kichik yoshdagi bolalarning jismoniy mashqlari kimlarga yoki nimalargadir
taqlid qilish asosida hayotda uchraydigan syujetlarni o’z ichiga olishi kerak.
Mashqlar 3 dan 6 gacha, yosh ulg’aygan sari 8 tagacha bir kompleksga
birlashtirilib, bir haftaga mo’ljallab tuziladi va 3-4 kundan so’ng
murakkablashtiriladi. Ular 7-12 daqiqa davomida o’tkaziladi. 6-7 yoshdagi
bolalarga esa maktab dasturi materialiga yaqin bo’lgan jismoniy mashqlar
tavsiya qilinadi. Jismoniy mashqlar me’yori ularni bajarish og’irligiga qarab
belgilanadi. Elka va bo’yin mushaklari mashqlari 6-12 marta, qorin va bel
mushaklari mashqlari 4-8 marta takrorlanadi.
Chiniqtiruvchi muolajalarga yasli va bog’chalarda bolalarni kundalik va hayotiy
chiniqtirishdan tashqari, maxsus havo va quyosh nurlarida, suvda cho’miltirish
orqali chiniqtirishlar kiradi. Bulardan tashqari, yana ayrim muolajalar borki,
ular jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borilgandagina samara beradi
*
.
O’yinlar
e
rtalab soat 10
00
-12
00
larda va tushlikdan so’ng o’tkaziladi. Ularning
maqsadi bolalarda bizga ma’lum bo’lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishdir.
Jismoniy tarbiya daqiqalari rasm mashg’ulotlarida, plastilin bilan ishlash
paytida hisob, nutqni rivojlantirish mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi. Bu
mashg’ulotlar uchun 2-3 ta jismoniy mashq tanlanib, ular turgan, o’tirgan holda
bajariladi.
Harakatli o’yinlarni tanlashda bolalarning jismoniy tayyorgarligi, maydon va
undagi sharoitga e’tibor beriladi. Tarbiyachi o’yinni tanlab olgandan so’ng, uni
qo’llash usuliyatini puxta o’ylab, so’ngra o’tkazadi. Bola uchun notanish
o’yinlarni o’ynatish ancha qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Katta yoshdagilarga
esa mustaqil vazifalar beriladi. O’yinlar 7-15 daqiqagacha davom etadi va 5-7
marotaba takrorlanadi. Sayohat haftada 1-2 marotaba, 2 yoshgacha bo’lganlarda
ham 1-2 marotaba uyushtiriladi. Unda oldindan boradigan joy, mashg’ulot
ssenariysi tuzilib, sharoiti hisobga olinishi va lozim bo’lgan jihozlar
tayyorlanishi shart. Yoshiga qarab sayohat muddatini 20 minutdan 1,5
soatgacha davom etkazish mumkin.
Jismoniy madaniyat bayramlari bayram kunlari (Yangi yil, Navro’z,
Mustaqillik, Konstitutsiya kunlari)ga bag’ishlab yoki bog’chadan maktabga
kuzatish, bitiruv kechasi va boshqalar tarzida o’tkaziladi. Har xil o’yinlar,
raqslar, musiqa bilan bajariladigan jismoniy mashqlar bayram dasturi
ssenariysiga kiritilishi mumkin.
Jismoniy mashqlar bilan individual shug’ullanish mashg’ulotlari vrach
yordamida bolalar jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Bu
mashg’ulotlarda tana tuzilishida yoki yurak-tomir tizimida nuqsoni bo’lgan,
surunkali kasal bolalar bilan shug’ullanish uchun qulay imkoniyatlar bor. Uning
davom etish muddati kasallarning jismoniy tayyorgarligi darajasiga bog’liq.
Mashg’ulotlar davomida shifokor maslahati asosiy rolni o’ynaydi.
Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish
mashg’ulotlari bolalarga o’zlari
yaxshi ko’rgan jismoniy mashqlar bilan mashg’ul bo’lish imkoniyatini beradi.
Buning uchun tarbiyachi ularga jihozlangan gimnastika shaharchasi yoki
maxsus bolalar maydonchasi, suzish havzasi, sport jihozlari va anjomlarini
tayyorlab qo’yadi.
Mashg’ulot paytida tarbiyachining bolalarga rollarni ajratib qo’yishi lozim
bo’lgan samarani beradi.
Yasli va bolalar bog’chasida umumiy ish rejasi tuzilib, unda jismoniy tarbiya
tadbirlari belgilanadi. Bu bo’limda jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi
yoritiladi va uni bajarish uchun aniq vazifalar belgilanadi. Vazifalar har xil
bo’lishi mumkin: suzishni o’rgatish, velosiped, samokat, rolikli konkida
uchishni o’rgatish va boshqalar. Buning uchun tarbiyachilar oldindan
maslahatlashib, basseyn to’ldiriladi yoki yaxmalak uchish joyi tayyorlanadi.
Tarbiyachi dasturni kvartal, oylar va haftalarga bo’lib reja tuzadi va o’sha reja
asosida jismoniy tarbiya jarayonining borishini boshqaradi. Rejalashtirishda
bolalarning jismoniy tayyorgarligi e’tiborga olinishi shart. Yasli va bog’chada
yiliga 3-4 marta bolalar jismoniy tayyorgarligining tizimli hisob-kitob ishlari
olib boriladi va jismoniy sifatlarining rivojlanishi nazorat qilinadi. Shunga
asoslanib, tarbiyachi maktabga yo’llanma olgan bola haqida hisobot yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |