Yoy va gazda payvand birikma olish turlari
Yoy va gaz bilan payvandlashning quyidagi aso- siy turlari bor: uchma-uch, burchakli, tavrli va ustma- ust.
Uchburchak shaklidagi choklarni to‘g‘ri a, qa- variqli b va botiq d qilib olish mumkin (33-rasm). Qavariq choklar detal devori bilan payvandlan- magan joylaridan yoriqlar hosil bo‘lishiga moyil- dir. Eng mustahkam chok botiq chokdir, lekin uni payvandlab hosil qilish qiyin. Burchakli choklar o‘lchamlarining asosiy tavsifi uning K katetini hi- soblashdir. Agar ustma-ust payvandlashda list qa- linligi S < 4 mm bo‘lsa, kateti S bilan teng olinadi; S = 4—16 mm bo‘lsa, quyidagi formuladan hisob- lab topish mumkin:
K = 0,4 S + 2 mm.
k
Har xil qalinlikdagi detallarni payvandlashda chokni botiq qilish tavsiya etiladi. Burchakli va tavrli birikmalarda chokning kateti list qalinligi S ga teng bo‘ladi (33e-rasm), bunda yupqa materialning qalin- ligi olinadi.
s
b) d) e)
33-rasm. Payvand chok turlari
Har xil listlarni biriktirishda uchma-uch pay- vandlash eng sodda va mustahkam hisoblanadi (34a- rasm). Ustmaust payvandlashda esa tortuvchi yoki si- quvchi kuch ta’sirida chok eguvchi moment ta’siriga uchraydi va deformatsiyalanadi (34b-rasm). Uni yo‘qotish uchun har ikki tomonga list qo‘yib pay- vandlash mumkin (34d-rasm), lekin u og‘ir va kam texnologiyali bo‘lib qoladi.
a) b) d)
34-rasm. Payvand chokka kuchlarning ta’sir etishi
Qalinligi 3 mm dan kichik bo‘lgan listlarning uchlari ajratib payvandlanadi (35-rasm). Qo‘lda yoy bilan payvandlashda qalinligi <8 mm listlar, avtomat- lashgan payvandlashda esa <20 mm listlarning uch- lari to‘g‘riligicha olinadi. Bunda ularning oralig‘ini m = 1—2 mm olinib, u erigan metall bilan to‘ldiriladi (35a-rasm). Qalinroq materiallarni payvandlashda faska ochilib, vanna hosil qilish maqsadga muvofiq- dir (35b-rasm).
h
m
35-rasm. Choklarning qirralarini tayyorlash
Payvand choklarning geometrik shakli elementlari quyidagilar hisoblanadi: uchma-uch payvandlashda – e chokning eni, h chokning balandligi; burchakli, tavrli va ustma-ust payvandlashda – p chokning balandligi, k chokn- ing kateti (36-rasm).
a)
b)
rasm. Payvand choklarining asosiy geometrik ko’rsatkichlari.
uchma-uch; b) burchakli;
a – burchakli payvandlash qalinligi; b - tirqish;
s – payvandlanayotgan metall qalinligi; e – chokning eni; q – chokning qavariqligi; h – eritish chuqurligi; t – chokning
qalinligi;
k – burchakli payvandlash kateti; p – burchakli payvandlashning hisoblangan balandligi
Payvand choklari quyidagi belgilari bo’yicha har xil bo’ladi:
Qatlamlar soniga qarab (37-rasm):
bir qatlamli (37-a rasm);
ko’p qatlamli (37-b rasm);
Ta’sir etayotgan nisbiy kuchlanishga qarab (38-rasm):
bo’ylama (flangli);
ko’ndalang (lobovoy);
v) aralash;
g) urinma.
a)
b)
rasm. Erigan qatlamlar soniga qarab payvand chokning sxemasi
bir qtlamli; b) ko’p qatlamli.
rasm. Tasir etayotgan nisbiy kuchlanishga qarab payvand chok sxemasi
Fazoviy holatiga qarab (39-rasm):
pastki;
gorizontal;
v) vertikal;
g) ship.
Tashqi ko’rinishiga qarab (40-rasm):
bo’rtik;
normal;
v) botiq.
Uzunligiga qarab (41-rasm):
uzluksiz;
zanjirli bir tomonlama;
v) zanjirli ikki tomonlama; g)shaxmat shaklida.
rasm. Payvand chok olishning fazoviy holati sxemasi.
1-pastki; 2-vertikal yoki gorizontal; 3-ship
b) d) 40-rasm. Payvand chok shakli.
bo’rtik; b) normal; d) botiq
a) b)
d) e)
41-rasm. Payvand chokning uzunligi bo’yicha ko’rinishi.
uzluksiz; b) zanjirli bir tomonlama; d) zanjirli ikki tomonlama;
e) shaxmat shaklida
b)
42-rasm
a) b)
43-rasm
44-rasm
Bunda faska hosil qi- lingan material uchlari h = 2—4 mm qilib olinadi.
Payvand choklarning mustahkamligini har xil yo‘llar bilan oshirish mum- kin. Uni katta guruhga bo‘lib, konstruktiv va tex- nologik usullar deb ataladi. Konstruktiv usulda choklar shunday tanlab olinadiki, ta’sir etayotgan kuch nis- batan unga ratsional joyla- shadi. Masalan, 42a-rasmda ko‘rsatilgan payvand birik- ma o‘rniga 42b-rasmdagi kabi payvand birikma olin- sa; 43a-rasmda ko‘rsatilgan
payvand birikma o‘rniga 43b-rasmdagi kabi payvand birikma olinsa, choklar mustahkamligi bir necha ba- robar ortadi, shu bilan birga bu choklarni payvand- lash qulaydir.
Payvand choklarning toliqishga qarshiligini me- xanik ishlov berish yo‘li bilan oshirish mumkin. Ma- salan, 44-rasmdagi choklarning ustiga qoldirilgan qo‘yim (uzuq chiziq bilan ko‘rsatilgan) olib tashla- nadi. Sovuq holda choklarni plastik deformatsiyalab, uning mustahkamligini asosiy metallnikigacha yet- kazish mumkin.
20>8>
Do'stlaringiz bilan baham: |