Ilm egallashga harakat qilish har bir mo‘min va mo‘mina uchun farz.
A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta
11. Qaysi javobdagi so‘zda fonetik hodisa kuzatiladi? A) O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir. B) Odob yoshlarni kattalar duosiga sazovor etadi.
C) Ne-ne to‘siqlarni yengishgan edi.
D) D.Asabiylashmay yuzma-yuz o‘tirib, fikrimizni tushuntira olamizmi?
12. Qaysi javobdagi so‘zlarda fonetik hodisa kuzatiladi?
A) qiynaldi, sanadi
B) ma’naviy, o‘ksigan
C) yumshoq, foydali
D) o‘ynovchilardan, bog‘ga
13. Sonorlar (ovozdorlar) berilgan qatorni toping.
A) b, p, v, f, m B) m, n, l, r, y C) l, m, n, r, ng D) f, m, n, r, y
14. Yuqori tor unlilar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
A) u, e B) i, o C) a, o‘ D) i, u
15. Tovushlarning akustik tomoniga xos bo’lgan sifat belgilari qaysi bandda to’liq ko’rsatilgan? 1) balandlik; 2) kuch (tezlik); 3) miqdor (yoki uzunlik); 4) tembr; 5) vazifaviy tomoni;
A) 1, 2, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5
C)1, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4
16. Derazamning oldida bir tup O‘rik oppoq bo‘lib gulladi. Ushbu gapdagi tagiga chizilgan so‘zlarda urg‘u qayerga tushadi? A)oppoq va gulladi so‘zlarida birinchi bo‘g‘inga
B) oppoq so‘zida birinchi, gulladi so‘zida ikkinchi bo‘g‘inga
C) oppoq so‘zida ikkinchi, gulladi so‘zida uchinchi bo‘g‘inga
D) oppoq va gulladi so‘zlarida ikkinchi bo‘g‘inga
17. Qaysi so‘zda lablanmagan tor va keng unli qatnashgan?
A) okean B) bilak C) ko‘krak D) o‘g‘iz
18. Qaysi qatordagi so‘zlarda faqat tor unlilar qatnashgan?
A) muhit, zehn B) kibor, musiqa
C) muqim, uyushiq D) lirika, musiqa
19. Qaysi so‘zlarda qator kelgan undoshlar til oldi jarangli undoshlardan iborat? A) sabr, hukm, darz B) darz, davr, fayz C) zulm, fayz, farzand D) farzand, darz, ranj
20. Qaysi gapda portlovchi undosh sirg‘aluvchi undosh singari talaffuz qilinadigan so‘z qatnashgan?
A) Cho‘ntagimga yuz so‘m solib ko‘chaga yugurdim.
B) Devor ustida musicha turibdi.
C) To‘yxonaga sabzi to‘g‘ragani chiqdik.
D) Oltin o‘tda, odam mehnatda bilinadi.
21. Qaysi qatordagi so‘zda sirg‘aluvchi jarangli undosh sirg‘aluvchi jarangsiz undosh sifatida talaffuz qilinadi?
A) Devor ustida musicha turibdi.
B) To‘yxonaga sabzi to‘g‘ragani chiqdik.
C) Cho‘ntagimga yuz so‘m solib ko‘chaga yugurdim.
D) Oltin o‘tda, odam mehnatda bilinadi.
22. 1) afg‘on; 2) avtomobil; 3) faqir; 4) shafqat; 5) afzal; 6) abgor Berilgan so‘zlarning qaysilarida jarangsiz undosh jarangli jufti kabi talaffuz qilinadi? A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6
23. Hadisi sharifda shunday deyilgan: "Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga sadaqa bo‘ladi". Ushbu gapda qo‘llangan tovush o‘zgarishlarining soni va turi to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) 2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi
B) 1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi C) 2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi D) 1 ta tovush ortishi, 2 ta tovush almashishi
24. Urg‘u haqida to‘g‘ri fikrlar berilgan qatorni aniqlang.
1. Ikki va undan ortiq bo‘g‘inlardan tashkil topgan so‘zlarning talaffuzida bo‘g‘inlardan biri ma’lum sababga ko‘ra boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etilishi ma’no urg‘usi deyiladi.
2. Urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajaradi. 3. Arab, fors-tojik, rus va boshqa Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u barqaror o‘ringa ega.
4. Urg‘u segment birlik hisoblanadi. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3
25. Qaysi nutq a’zolari undosh tovushlarni hosil qilishda muhim ahamiyatga ega? A) tovush paychalari, lab, til B) bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i, til C) lab, og‘iz bo‘shlig‘i, tovush paychalari D) og‘iz bo‘shlig‘i, til, burun bo‘shlig‘i
26. Jarangli juftiga ega bo‘lgan til orqa undoshi qaysi javobda berilgan?
A) g B) k C) ng D) q
27. Qaysi so‘zlarda ikki o‘rinda til orqa undoshi qatnashgan?
A) gulqaychi, xalqum B) ko‘ngil, go‘llik C) g‘urrak, xayrixoh D) halovat, kabutar
28 Qaysi so‘zdagi nuqtalar o‘rnida jarangli, sirg‘aluvchi, lab-tish tovushi yozilsa ham, uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi? A) a..zal B) a..tomat C) ta..silot D) sha..qat
29. Qaysi qatordagi so‘zlarda bir sirg‘aluvchi til tovushi o‘rnida ikkinchisi aytilsa-da, asliga muvofiq yoziladi?
A) bo‘..chi, i..tirob B) a..tomat, a..zal C) ta..charm, bar.. D) al..oz, a..zal
30. Hamma so‘zida urg‘u tushgan bo‘g‘in qanday tovushlardan tashkil topgan? A) 1 ta undosh, 1 ta unli
B) 2 ta undosh, 1 ta unli
C) 3 ta undosh, 1 ta unli D) 2 ta undosh, 2 ta unli
31. Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. Ushbu gapda necha marta tovush almashish fonetik hodisasi yuz bergan?
A) 1 B) 2 C) 3
D) tovush almashishi yuz bermagan
32. Quyida berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Bolaning ko‘ngli o‘ksimasin deb yumshoq o‘rindiqqa o‘tqazdi.
1) tovush tushishi;
2) tovush almashishi;
3) tovush ortishi
A) 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 3
33. Qadriyat atamasi keng bo‘lib, voqelikdagi hodisalarning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladi. Ushbu gapda jarangli undosh bilan tugagan nechta yopiq bo‘g‘in bor?
A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 10 ta
34. Quyidagi gapda asosi bir bo‘g‘indan iborat so‘zlar sonini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |