ELEKTRON POCHTA
Elektron pochta – bu qog‘ozsiz pochta bo‘lib, o‘zining tezkorligi bilan ajralib turadi va yangidan-yangi axborot xizmatlarini foydalanuvchilarga taklif qiladi. Ma’lumki, hozirda Internetda ko‘plab qidiruv tizimlari mavjud. Bularga mail.ru, rambler.ru, google.ru, google.uz, narod.ru yahoo.com va boshqa qidiruv tizimlarini kiritish mumkin.
Topshiriqni bajarish uchun ulardan biri mail.ru da kerakli ma’lumotlar ustida qidiruv ishlarini bajarish, elektron pochta va u orqali ma’lumot jo‘natish kabi ishlar bajariladi.
Elektron pochta maxsus programma bo‘lib, uning yordamida biz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, hujjat va umuman ixtiyoriy faylni jo‘natishimiz yoki qabul qilib olishimiz mumkin. Eng asosiysi xat bir zumda manzilga yetib boradi. Lekin undan foydalanish uchun biz maxsus pochta tarmog‘i yoki Internet tarmog‘iga bog‘langan bo‘lishimiz va elektron adresga ega bo‘lishimiz kerak. Elektron adresni provayder beradi. Yoki Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ular yordamida o‘zimizga elektron adres ochishimiz mumkin. Bu - www.hotmail.com, www.yahoo.com, www.mail.ru, www.yandex.ru va hokazolar.
O‘zbekistonda - www.esezam.com. Bu sahifalarga kirib anketa savollariga javob berib, o‘zimizga elektron adres ochishimiz mumkin.
Elektron adres odatda e-mail deb ko‘rsatiladi. Elektron pochta yuborganda biz xuddi xatni yuborayotganday, uning kimga, qayerga va kimdanligini yozishimiz shart. Biz xatni bir necha adreslarga yuborishimiz ham mumkin.
Elektron xatni yuborganimizdan so‘ng u elektron pochta qutisiga tushadi, so‘ng xat ko‘rsatilgan manzil pochta qutisiga yetkaziladi va undan xat egasi oladi, ya’ni har bir foydalanuvchi o‘zining pochta qutisiga ega bo‘ladi.
Umumiy pochta qutisidan xat shaxsiy qutichalarga muntazam ravishda jo‘natiladi.
Elektron adres quyidagi shaklda bo‘ladi:
Quyida elektron adres manzilini namunasi keltirilgan: yoshlarmarkazi@youthcenter.freenet.uz
Bu yerda: yoshlarmarkazi - adres egasining ismi-tashkilot nomi;
youthcenter - tashkilot nomi;
freenet - internet-provayder nomi;
uz – davlat (O‘zbekiston);
@ - elektron adresni belgilovchi maxsus belgi.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Ko‘rgazmali metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan “Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi” maqoli ilmiy asosga ega ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |