Birinchidan, interaktiv mashgulotlarga barcha ishtirokchilar (talaba-talabalar) jalb etilishi talab etiladi. Bunda shunday interaktiv texnologiyalar tanlanishi kerakki, ish jarayonida barcha ishtirokchilarning ishtiroki yoki muhokamasi taminlansin.
Ikkinchidan, mashgulotga ishtirok etishni psixologik tayyorlash zarur. Darsda ishtirok etuvchilar jarayonga kirishib ketishga tayyor emasligini hisobga olmoq kerak. Yangi tashkil etilayotgan interaktiv darslarda ulardagi xadiksirash, tortinchoqlik, indamaslik holatlari darsning faol kechishi, ichki imkoniyatlarni ishga solishga tosqinlik qilishi kuzatiladi.
Uchinchidan, talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni koplab joriy etish bilan toliqtirmaslik. Ishtirokchilar imkoniyati, zamonaviy texnologiya sifati bir-biriga mos kelgani maqul. Bir guruhda ishtirokchilar soni 30 kishidan oshib ketmasligi kerak. Shunday sharoitdagina kichik guruhlarda ishlash, fikrni erkin bayon etish, muammolar yechimini topish oson kechadi.
Tortinchidan, mashgulot olib boriladigan xonalarni tayyorlashga alohida etibor berish kerak. Guruh yoki auditoriya shunday tayyorlanishi kerakki, kichik va katta guruh bilan ishlanganda, ular erkin harakatlansinlar. Boshqacha aytganda talabaga qulay muhit yaratilishi kerak. Ayniqsa, talabalarning bir-biri bilan muloqotda boyin egib otirishi noqulaylik keltirib chiqaradi. Stollarni 4-6 kishilik qilib qoyish, guruh azolarining bir-birlariga qarab otirishi, korib, fikrlashuvga qulay muhit yaratilishi yaxshi natijalar beradi.
Beshinchidan, ishchanlik oyinlarini olib borishdan oldindan uning reglamenti, ketma-ketligiga rioya qilish kerak. Unga qatiy rioya qilishni oldindan kelishib olgan maqul, Har bir ishtirokchi har qanday fikrlash, nuqtai nazarga chidamli bolishi, oxirigacha eshitishi, tanqid qilmasligi kerak. Har bir ishtirokchining soz erkinligiga hurmat bilan qarash, shaxs hurmatini saqlash.
Oltinchidan, ishtirokchilarning guruhlarga bolinishlariga diqkat-etibor bilan qarash. Avvalo guruhlarni shakllantirish erkin, xohish-istaklar asosida kechgani maqul. Keyinchalik guruhlarni tasodifiy shakllantirishga otilgani maqul.
Yuqoridagilardan malum boladiki, oqituvchi dars beruvchi emas, balki talabalarni muammoga yonaltiruvchi, tadqiqot faoliyati maslahatchisi, tashkilotchisi va muvofiqlashtiruvchisidir. U talabalarning mustaqil fikrlashi uchun sharoit yaratadi va ularning tashabbusini qollab-quvvatlaydi.
Oz navbatida, talabalar oqituvchi bilan birgalikda oqitish jarayoni va uning natijalari uchun masuliyatni taqsimlash orqali oqish jarayonining tolaqonli ishtirokchilariga aylanadi. Demak, interaktiv metodlar asosida tashkil etilgan mashgulotlarda talim beruvchi, yani oqituvchi talim oluvchilarni faollikka va mustaqil fikrlashga chorlaydi. Talim oluvchi butun dars jarayonida faol ishtiriok etadi. Bunday yondashuvning foydali jihatlari quyidagicha: talim samarasi yuqoriroq bolgan oqish-organish; talim oluvchining yuqori darajada ragbatlantirili shi; ilgari orttirilgan bilimning ham etiborga olinishi; oqish shiddatini talim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi; talim oluvchining tashabbuskorligi va masuliyatining qollab-quvvatlanishi; amalda bajarish orqali organilishi; talim beruvchi bilan talim oluvchi ortasida erkin fikr-mulohazalarga shart-sharoit yaratilishi. Xulosa ornida shuni aytish mumkinki, interaktiv usullar birdaniga kopgina vazifalarni bajara olishga imkon beradi. Eng muhimi u talabalarning kommunikativ bilim, tushuncha, malakalarini oshiradi. Ularni hamkorlik, hamjihatlik, dostona munosabatlarda ishlashini taminlaydi. Ayniqsa bir-birlarini eshitish, fikrini bayon etish, ozaro hurmatga undaydi.
Bu usulda ishlash talabalardagi ruhiy holatni, yuklamalarni engillashtiradi. Mashugulot shakllarini, faoliyatlarini ozgartirib turish asosida muhim muammolar yechimini topishga organib boradilar.
Kichik guruxlarda ishni tashkil etish. Kichik guruhlarni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |