Maxsus fanlarni o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari, uslubiyoti, fanning maqsadi va vazifalari



Download 489,78 Kb.
bet31/62
Sana05.07.2022
Hajmi489,78 Kb.
#740934
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
Bog'liq
javoblar 05164

Birinchidan, interaktiv mashg‘ulotlarga barcha ishtirokchilar (talaba-talabalar) jalb etilishi talab etiladi. Bunda shunday interaktiv texnologiyalar tanlanishi kerakki, ish jarayonida barcha ishtirokchilarning ishtiroki yoki muhokamasi ta’minlansin.
Ikkinchidan, mashg‘ulotga ishtirok etishni psixologik tayyorlash zarur. Darsda ishtirok etuvchilar jarayonga kirishib ketishga tayyor emasligini hisobga olmoq kerak. Yangi tashkil etilayotgan interaktiv darslarda ulardagi xadiksirash, tortinchoqlik, indamaslik holatlari darsning faol kechishi, ichki imkoniyatlarni ishga solishga to‘sqinlik qilishi kuzatiladi.
Uchinchidan, talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ko‘plab joriy etish bilan toliqtirmaslik. Ishtirokchilar imkoniyati, zamonaviy texnologiya sifati bir-biriga mos kelgani ma’qul. Bir guruhda ishtirokchilar soni 30 kishidan oshib ketmasligi kerak. Shunday sharoitdagina kichik guruhlarda ishlash, fikrni erkin bayon etish, muammolar yechimini topish oson kechadi.
To‘rtinchidan, mashg‘ulot olib boriladigan xonalarni tayyorlashga alohida e’tibor berish kerak. Guruh yoki auditoriya shunday tayyorlanishi kerakki, kichik va katta guruh bilan ishlanganda, ular erkin harakatlansinlar. Boshqacha aytganda talabaga qulay muhit yaratilishi kerak. Ayniqsa, talabalarning bir-biri bilan muloqotda bo‘yin egib o‘tirishi noqulaylik keltirib chiqaradi. Stollarni 4-6 kishilik qilib qo‘yish, guruh a’zolarining bir-birlariga qarab o‘tirishi, ko‘rib, fikrlashuvga qulay muhit yaratilishi yaxshi natijalar beradi.
Beshinchidan, ishchanlik o‘yinlarini olib borishdan oldindan uning reglamenti, ketma-ketligiga rioya qilish kerak. Unga qat’iy rioya qilishni oldindan kelishib olgan ma’qul, Har bir ishtirokchi har qanday fikrlash, nuqtai nazarga chidamli bo‘lishi, oxirigacha eshitishi, tanqid qilmasligi kerak. Har bir ishtirokchining so‘z erkinligiga hurmat bilan qarash, shaxs hurmatini saqlash.
Oltinchidan, ishtirokchilarning guruhlarga bo‘linishlariga diqkat-e’tibor bilan qarash. Avvalo guruhlarni shakllantirish erkin, xohish-istaklar asosida kechgani ma’qul. Keyinchalik guruhlarni tasodifiy shakllantirishga o‘tilgani ma’qul.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, o‘qituvchi dars beruvchi emas, balki talabalarni muammoga yo‘naltiruvchi, tadqiqot faoliyati maslahatchisi, tashkilotchisi va muvofiqlashtiruvchisidir. U talabalarning mustaqil fikrlashi uchun sharoit yaratadi va ularning tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘z navbatida, talabalar o‘qituvchi bilan birgalikda o‘qitish jarayoni va uning natijalari uchun mas’uliyatni taqsimlash orqali o‘qish jarayonining to‘laqonli ishtirokchilariga aylanadi. Demak, interaktiv metodlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda ta’lim beruvchi, ya’ni o‘qituvchi ta’lim oluvchilarni faollikka va mustaqil fikrlashga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun dars jarayonida faol ishtiriok etadi. Bunday yondashuvning foydali jihatlari quyidagicha: ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish; ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirili shi; ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi; o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi; ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; amalda bajarish orqali o‘rganilishi; ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi o‘rtasida erkin fikr-mulohazalarga shart-sharoit yaratilishi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, interaktiv usullar birdaniga ko‘pgina vazifalarni bajara olishga imkon beradi. Eng muhimi u talabalarning kommunikativ bilim, tushuncha, malakalarini oshiradi. Ularni hamkorlik, hamjihatlik, do‘stona munosabatlarda ishlashini ta’minlaydi. Ayniqsa bir-birlarini eshitish, fikrini bayon etish, o‘zaro hurmatga undaydi.
Bu usulda ishlash talabalardagi ruhiy holatni, yuklamalarni engillashtiradi. Mashug‘ulot shakllarini, faoliyatlarini o‘zgartirib turish asosida muhim muammolar yechimini topishga o‘rganib boradilar.
Kichik guruxlarda ishni tashkil etish. Kichik guruhlarni shakllantirish.



Download 489,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish