Kadrlar tayyorlash Milliy tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari: 1. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;
2. Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3. Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;
4. Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;
5. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;
6. Ta’lim tizimini boshqarish;
7. Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
8. Ta’lim tizimini moliyalash;
9. Moddiy-texnika ta’minoti;
10. Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish;
11. Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;
12. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
13. Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish;
14. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish;
15. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun. Ularning mazmun mohiyati, maqsadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo‘lib ushbu qonun 5 bo‘lim va 34 moddadan iborat.2020 yil yangi tahrirdagi qonyn qabul qilindi. U 11bo‘lim va 75 ta moddadan iborat
Ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
Bilim olish huquqi: 1. Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
2. Ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
3. Ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish;
4. Barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;
5. Oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga asosan ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.