Nazariy ma'lumot: Harora g‘azal va qofiya munosabati haqida tushuncha.
51-53-mavzu. Zavqiy. G‘azal va muxammaslar (3 soat).
Ubaydulloh Zavqiy she’riyati. Shoir lirikasining janriy tarkibi, mavzu ko‘lami. “Nasihat” g‘azalida kamsuxanlik va kamtarlikning ulug‘lanishi. “Ko‘z ochaylik” radifli muxammasda millat taqdiri va kelajagi, islom dini va ma'rifatga chorlovning aks etishi. “Yuzingni ko‘rsatib” muxammasida samimiy tuyg‘ular va mehr-muhabbatning tarannumi. Muxammasda lirik qahramon va yor obrazi.
54-57-mavzu. Maxtumquli. She`rlar (4 soat)
Maxtumquli va Xorazm adabiy muhiti. Maxtumquli she’rlari tahlili. Bahouddin Naqshband va Mahtumquli (“Bir kecha yotardim Shoh Naqshbandda, Bahouddin otli devona keldi”). Shoir ijodida komil inson, komil axloq talqini. Shoir she’rlarida vatan vasfi va dunyo ta’rifi. Shoir she’rlari o‘zbek baxshilari repertuarida.
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Ertaklar. “Qunduz bilan Yulduz” dostoni
Alisher Navoiy. Hikmatlar. “Muqbil va Mudbir” hikoyasi.
Uvaysiy. G‘azal va chistonlar.
Zavqiy. G‘azal va muxammaslar.
Maxtumquli. She’rlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |