Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va maxsulot tannarxini kalg’kulyatsiya qilish usuli deb u yoki bu maxsulot birligining tannarxini aniqlashda qo’llaniladigan usullar tizimiga aytiladi. U yoki bu kalg’kulyatsiya usulini qo’llash quyidagi asosiy omillar bilan aniqlanadi: ishlab chiqarish turi va murakkabligi, ishlab chiqarilayotgan maxsulot nomenklaturasi, xarakteri, tugallanmagan ishlab chiqarish xajmi, ishlab chiqarish jarayonining uzun qisqaligi va xokazo.
Ishlab chiqarish hisobining oxirgi bosqichi — bu xarajatlarni maxsulotning ayrim turlari bo’yicha detallashtirish va maxsulot birligi tannarxini aniqlashdir. Oddiy ishlab chiqarish, yahni kumir, neft, gaz kazib chiqarishda, issiqlik va elektr quvvati ishlab chiqarishda kalg’kulyatsiyaning oddiy usuli qo’llaniladi. Murakkab texnologik jarayonga ega bo’lgan, masalan, metallurgiya, mashinasozlik, tuqimachilik sanoati korxonalarida kalg’kulyatsiya qilishning murakkab usuli qo’llaniladi. Agar korxonada ayrim qism, detal va uzellardan tashkil topmagan oddiy maxsulot ishlab chiqarilsa, u xolda bitta, yahni tayyor maxsulot tannarxini aniqlash kalg’kulyatsiyasi tuziladi. Agar korxonada bunday ayrim detal va uzellardan tashkil topgan murakkab maxsulot ishlab chiqarilsa, bahzi xollarda tayyor maxsulot tarkibiga kiruvchi uzel va detallar tannarxini aniqlash kalg’kulyatsiyasi ham tuziladi. Bu xol maxsulot tannarxini kalg’kulyatsiyalashni birmuncha murakkablashtiradi.
Mavjud adabiyotlardan va instruktiv materiallardan bizga maxsulotning xaqiqiy tannarxini hisobga olish hamda kalg’kulyatsiya qilishning uch usuli mahlum. Bular bo’limli, buyurtmali, normativ usullardir. Xar bir korxonada shu korxonaning xususiyatlari hisobga olingan xolda kalg’kulyatsiyalashning u yoki bu usuli ko’llanilishi mumkin. Bahzan bir sanoat korxonasida asosiy ishlab chiqarish tsexlaridan tashqari yordamchi ishlab chiqarish tsexlari mavjud bo’lganligi sababli bitta korxona miqyosida xarajatlarni hisobga olish va tannarxni kalg’kulyatsiya qilishning bir emas, balki bir necha usuli qo’llanilishi mumkin.
Kalg’kulyatsiyalashning oddiy yoki bir bo’limli usulining moxiyati shundan iboratki, bunda maxsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq to’g’ri va egri xarajatlar kalg’kulyatsiya moddalari bo’yicha hisob qilinadi. Bitta maxsulotning o’rtacha tannarxi hisobot oyidagi xarajatlar so’mmasini xarajat moddalari bo’yicha ishlab chiqarilgan maxsulot soniga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni kalg’kulyatsiya qilishning ushbu oddiy usulini ayrim qism yoki yarim tayyor maxsulotlardan tashkil topmagan oddiy maxsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan korxonalarda qo’llash maqsadga muvofiqdir. CHunki bunday korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish juda oz miqdorda yoki butunlay bulmasligi ham mumkin. Kalg’kulyatsiya qilishning oddiy usuli ko’pincha tayyor maxsulotni qazib chiqaruvchi va ayrim maxsulotni qayta ishlovchi sanoat korxonalarida qo’llaniladi.
Xarajatlarni hisobga olish va kalkulyatsiya qilishning bo’limli usuli (poperedel) asosan metallurgiya, tuqimachilik, yengil, kimyo va boshqa sanoat korxonalarida qo’llaniladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish ayrim ishlab chiqarish bo’limlari, bosqichlaridan tashkil topgan bo’ladi. Masalan, metallurgiya sanoatiga qarashli korxonalar po’lat eritish va prokat ishlab chiqarish bo’limlaridan tashkil topgan bo’ladi. Bir bo’limda material qayta ishlanib, yarim tayyor maxsulot xoliga keltiriladi, boshqalarida esa ushbu yarim tayyor maxsulot qayta ishlanib, tayyor maxsulot xoliga keltirishga mo’ljallangan. Bo’limli usulning muxim xususiyatlaridan biri shundaki, unda xar bir tsexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning xar bir bo’limli bosqichi bo’yicha aloxida hisobga olinib, bu xarajatlar hisobi maxsulotning ayrim turlari yoki guruhlari kalkulyatsiya moddalari bo’yicha yuritiladi.
Buyurtmali usulning moxiyati shundan iboratki, bunda hamma asosiy xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo’yicha, xar bir ishlab chiqarish buyurtmasi bo’yicha aloxida hisob qilinadi. Ishlab chiqarish buyurtmalari chetdan maxsulotning mahlum turlarini ishlab chiqarish uchun beriladi. Boshqa xarajatlar esa tsex yoki korxona bo’yicha hisob qilinadi, ayrim ishlab chiqarish buyurtmalarining tannarxini kalg’kulyatsiyalashda ularning tannarxi biron-bir ko’rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo’li bilan o’tkaziladi. Demak, kalg’kulyatsiya qilishning bu usulida xarajatlar hisobi va kalg’kulyatsiyalash obhekti ayrim ishlab chiqarish buyurtmalari hisoblanadi. Buyurtmaning xaqiqiy tannarxi buyurtma tayyor bo’lgandan keyin aniqlanadi. Usul asosan murakkab maxsulot turlari ishlab chiqarishga mo’ljallangan, ishlab chiqarishning individual xiliga mansub korxonalarda hamda maxsus asbob-uskunalar ishlab chiqarish, tuzatish va tajriba ishlarini bajarishga mo’ljallangan yordamchi ishlab chiqarish tsexlarida qo’llaniladi. Bu usulda xar bir qabul qilingan buyurtma uchun aloxida varaqa ochiladi. Qabul qilingan buyurtma maxsus kitoblarda ro’yxatga olinadi va unga navbatdagi raqam biriktirilib, ushbu raqam buyurtma tayyor xolga keltirilgunga qadar uning shifri bo’lib turadi. Buyurtma bajarilishi davomida rasmiylashtirilgan hamma dastlabki hujjatlarda ana shu shifir quyib boriladi. Bu narsa buyurtma tannarxini kalg’kulyatsiyalashda, u yoki bu xarajat moddasini buyurtma tannarxiga qo’shishda muxim ahamiyatga ega. Buyurtma maxsulot tayyor xolga keltirilgandan keyin varaqa yopiladi.
Undagi mahlumotlar asosida buyurtmaning xaqiqiy tannarxi aniqlanadi. Kalg’kulyatsiyalashning buyurtmali usulida kalg’kulyatsiya obhekti tayyor xolga keltirilgan buyurtmadir. Agar hisobot oyi oxirida buyurtma tugallanmay qolsa, u xolda tugallanmagan buyurtma bo’yicha xarajatlar balansda tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va maxsulot tannarxini kalg’kulyatsiya qilishning normativ usuli asosan ishlab chiqarishning ommaviy va yirik tarmogi bo’lmish mashinasozlik hamda metallni qayta ishlash korxonalarida qo’llaniladi. Bu usulning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
1. Maxsulotning mehyordagi tannarxi aniqlanadi, buning uchun normativ kalg’kulyatsiyasi tuziladi. Maxsulotning normativ tannarxi material, yoqilg’i, ish xaqi va boshqa asosiy xarajatlarning xarakatdagi mehyori hamda umumishlab chiqarish xarajatlarining tasdiqlangan chorakli smetalari asosida aniqlanadi.
2. Hisobot oyi davomida asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining (xom-ashyo va yordamchi materiallar, ish xaqi) xaqiqiy so’mmasi emas, balki xaqiqiy so’mmasi bilan mehyorlashtirilgan so’mmasi o’rtasidagi farq yahni mehyordan chetga chiqilish hisob qilinadi.
Mehyordan chetga chiqilish tsexlar va ayrim korxonalarning maxsulot guruxi, mahsulot turi va xarajat moddalari bo’yicha hisobga olinadi. Agar mehyordan chetga chiqilish ortiqcha xarajat bo’lsa, u xolda rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatda uning kelib chiqilish sababi va aybdori ko’rsatiladi. Bu borada hisobning asosiy vazifalaridan biri mehyordan chetga chiqilish xususidagi mahlumotlarni tsex boshligi va korxona mahmuriyatiga mahlum qilishdir. Buning uchun belgilangan muddatda (xar 5 yoki 10 kunda bir bor) mehyordan chetga chiqilish xollari xususida mahlumot berib boriladi. Bu esa yo’l quyilgan ortiqcha xarajatlarning kelib chiqilish sabablarini o’rganib, keyinchalik bu xatolar qaytarilmasligi uchun tegishli
sh chora-tadbirlar ko’rish imkonini beradi.
3. Xarakatdagi mehyorning o’zgarishi hisob qilinadi.
4. Normativ usulda maxsulotning xaqiqiy tannarxi normativ tannarxga mehyordan chetga chiqilish va mehyordagi o’zgarishni qushish yoki ayirish yo’li bilan aniqlanadi.