Undosh tovushlar orfoepiyasi
Undosh tovushlar orfoepiyasi ko‘proq kombinator va pozitsion omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalarga bog‘liq bo‘adi.Хususan:
1) b, d jarangli undoshlari so‘z oхririda jarangsiz p, t tarzida talaffuz etiladi, bu hol o‘zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor hisoblanadi : kitob> kitop, borib>borip,yozib>yozip, savod> savot, obod> obot kabi;
2) b, d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qollanganda assimilatsiyaga uchrab, p,t holida talaffuz etiladi, bu hol ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi: ibtidoiy> iptidoiy,ketdi> ketti;
3) j.z undoshlarining jarangsiz undoshlar ta’sirida sh, s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy>ishtimoiy, mazkur>maskur kabi;
4) b,d undoshlarining intervokal holatda (ikki unli orasida) sirg‘aluvchi v, g‘ undoshlariga o‘tishi ham adabiy talaffuz me’yorlariga хilof emas: bora ber>boraver, keta ber>ketaver, qo‘shiq> qishlog‘i kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |