Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/105
Sana25.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#931821
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil

7.3.2. Pullar taklifi 
M. Fridmen maktabining pullar taklifi xususidagi qarashlari 
tahlilidan iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi pul massasining mo‘tadil 
va muntazam o‘sishini talab qiladi, degan xulosa kelib chiqadi
25
. Mazkur 
xulosa pul massasining o‘sish sur’ati doimiy bo‘lishi lozim va uning 
o‘zgarishi iqtisodiy kon’yunkturaning tebranishlariga umuman bog’liq 
emas
26
, degan monetarizmning nazariy qoidasi shakllanishiga sabab 
bo‘ldi. Ushbu qoida M. Fridmenning «pullarga bo‘lgan talabning barqaror 
funktsiyasi» konsepsiyasiga asoslanadi
27
. Ushbu konsepsiyaning 
mohiyati shundaki, pullarga bo‘lgan talab kassa qoldiqlari va nominal 
daromadning 
o‘sishiga mos ravishda kamaymaydi, aksincha 
o‘zgarmasdan qoladi. Chunki, pullar taklifidagi har bir o‘zgarish nafaqat 
investitsiyalar darajasiga, balki shaxsiy iste’molning hajmiga ham ta’sir 
qiladi. Shaxsiy iste’molning hajmi esa, o‘z navbatida, nominal 
daromadlarning dinamikasiga mutanosib ravishda o‘zgarib boradi. 
Natijada pullarga bo‘lgan talab har bir alohida olingan davr mobaynida 
barqaror miqdor sifatida saqlanib qoladi, pullar taklifi esa doimiy ravishda 
tebranib turadi.
Umuman, monetarizm maktabi vakillari Markaziy bank pullar 
taklifini tartibga solish uchun real imkoniyatlarga ega
28
, degan xulosani 
himoya qiladilar. Ularning fikricha, inflatsiya sof pul fenomeni bo‘lib, 
ko‘p omilli jarayon emas. Monetarchilar inflatsiyaning yuzaga kelish 
sababi sifatida pul massasining ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yuqori 
sur’atlarda o‘sishini ko‘rsatadilar. Inflatsiyaning mohiyati xususidagi 
qarashlaridan kelib chiqqan holda, ular, pul massasini tartibga solish yo‘li 
bilan inflatsiyani jilovlash mumkin, deb hisoblaydilar va bu vazifani 
faqatgina Markaziy bank bajara oladi
29
, degan fikr ilgari suriladi.
J. Keynsning pul massasining iqtisodiy tizimning holatiga ta’sirini 
tavsiflovchi pul-kredit siyosatining uzatish mexanizmi to‘g’risidagi 
nazariyasi, uning pullar taklifi xususidagi qarashlariga sezilarli darajada 
oydinlik kiritdi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, J. Keyns, foiz stavkalarining 
rejali investitsiyalarga ta’sirini pul-kredit siyosati uzatish mexanizmining 
asosiy bo‘g’ini, deb hisobladi. Bunda pullar taklifining o‘sishi natijasida 
foiz stavkasining pasayishi investitsiyalarning muqobil qiymatini 
pasaytiradi, degan xulosaga kelindi. Ayni vaqtda, foiz me’yorining 
25
Фридмен М. Если бы деньги заговорили… Пер. с англ. – М.: Дело, 1999. – С. 100-101. 
26
Фридмен М. Если бы деньги заговорили… Пер. с англ. – М.: Дело, 1999. – С. 117. 
27
Friedman M. A theory of consumption function, NBER, Princeton, 1957. – P. 238.
28
Фридмен М. Если бы деньги заговорили… Пер. с англ. – М.: Дело, 1999. – С. 132-134. 
29
Фридмен М. Если бы деньги заговорили… Пер. с англ. – М.: Дело, 1999. – С. 113-114. 


66 
pasayib borishi bilan firma va kompaniyalar o‘zlarining rejali 
investitsiyalari hajmini oshiradilar. Bu xarajatlar rejali xarajatlarning 
umumiy summasi bilan qo‘shilib, tovar zaxiralarining ko‘zda tutilmagan 
miqdorda sarflanishiga olib keladi. Firma va kompaniyalar esa, bunday 
sharoitda mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytiradilar. Bu esa, o‘z 
navbatida, milliy daromadning ko‘payishiga olib keladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish