12.5. Ichki va tashqi muvozanat modelining
amaliy qo‘llanilishi.
Mazkur bobda «rollarni taqsimlash» tamoiliga asoslangan bayon
qilingan ichki va tashqi muvozanat standart modeli unchalik katta
bo‘lmagan modifikatsiya bilan XVF zayomlari yordami bilan barqaror
siyosat
va
tarkibiy
o’zgarishlarnini
o‘tkazayotgan
ko‘pgina
mamlakatlarda foydalanildi.
136
Qo‘yilgan maqsadlar ixtiyoriy kompleksini ta’minlash uchun
iqtisodiy siyosatning barcha vositalarining qanchalik ahamiyatga ega
ekanligini aniqlashga imkon beruvchi iqtisodiyot oxiriga etkazilgan
miqdoriy modeli mavjud bo‘lmagan holatda iqtisodiy siyosatni odatda
alohida vositalarni aniq maqsadlar bilan bog‘lagan holda bosqichma -
bosqich o‘tkazadilar. Ichki va tashqi balans standart modeli, masalan, 3
maqsad va 3 vositaga ega bo‘lishi mumkin (XVF dasturlarida shunday
qilingan edi). Bunday modelga ko‘ra, budjet-soliq siyosati ichki balans
bilan bog‘lanadi, real valuta kursi esa joriy operatsiyalar hisobi bilan, pul
siyosati esa - xorijiy valutalar zaxirasi hajmi bilan bog‘lanadi. Yuqorida
keltirilgan modeldan farqli ravishda bu holda «tashqi balans» maqsadi
ikkiga bo‘linadi: joriy operatsiyalar hisobi va valuta zaxiralari darajasi.
Bunda uch qoidadan foydalaniladi:
agar inflatsiya juda yuqori bo‘lsa, budjet defitsitini kamaytirish lozim
(birinchi defitsit);
agar joriy operatsiyalar defitsiti katta bo‘lsa, real almashtiruv kursini
pasaytirish kerak;
agar xorijiy valutalar zaxirasi juda kam bo‘lsa yoki juda tez
qisqarayotgan bo‘lsa, pul siyosatini keskinlashtirish kerak.
Ichki noqarama-qarshilik-
foydalaniladigan makroiqtisodiy modeli
odatda ichki va tashqi balansning YaIM dagi qarz ulushi dinamikasi
ko‘rsatkichini hisoblash orqali tekshiriladi (yoki, qarzdorlikning
turg‘unligini taxlil qilish orqali). Ichki qarzdorlik dinamikasining ushbu
tenglamasidan foydalaniladi:
∆λ=λ(r-n)+r-s,
bunda λ
-
qarzning YaIM ga nisbati,
r - real foiz stavkasi,
n - real YaIM usish tempi,
r - birinchi defitsit YaIM ulushi sifatida,
s - emission daromadning YaIM ga nisbati.
Emission daromad inflatsion soliqni ham va mamlakatda iqtisodiy
o‘sish ko‘tarilgan sari pulga bo‘ladigan real talabning o‘sishini ham o‘z
ichiga oladi. Emission daromad (pul massasining o‘sishi)iqtisodiy
o‘sishning rejalashtiriladigan suratlaridan, inflatsiyaning maqsadli
ko‘rsatkichlaridan va pul muomalasi tezligining baholanadigan
qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi (ma’lumki MY = PY formula
yordami bilan).
137
Do'stlaringiz bilan baham: |