11.5.2. Milliy valuta tushunchasining mazmuni
Valuta so‘zi italyancha
valuta
so‘zidan olingan bo‘lib, qiymat degan
ma’noni anglatadi.
Har qanday mamlakatning milliy pul birligi uning milliy valutasi
hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda valutalarning quyidagi turlari mavjud:
*
Erkin ishlatiladigan valuta
(freely usable currency) – to‘lov
balansining joriy operatsiyalar bo‘limida valutaviy cheklashlar bo‘lmagan
mamlakatlarning milliy valutalari.
*
Qattiq valuta
(hard currency) – iqtisodiy va siyosiy jihatdan
barqaror hisoblangan mamlakatlarning almashuv kursi barqaror bo‘lgan
valutalari.
*
Yumshoq valuta
(soft currency) – xalqaro miqyosda to‘lov vositasi
vazifasini bajara olmaydigan, ya’ni tashqi konvertirlikka ega bo‘lmagan
valutalar.
54
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O’quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018
119
*
Do'stlaringiz bilan baham: |