Friksion ishsizlik
(«friksiya» so‘zidan olingan bo‘lib, ishqalanish
ma’nosini anglatadi) deganda ish qidirish bilan bog‘liq ishsizlikni
tushunmoq darkor. Ish qidirish juda ko‘p vaqt va harakatni talab etgani
sababli, kishilar ma’lum vaqt ishsiz bo‘lib yuradilar.
Tarkibiy ishsizlik
iqtisodiyotda ro‘y berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar
bilan bog‘liqdir. Bunday o‘zgarishlar esa o‘z navbatida: a) turli tarmoqlar
mahsulotlariga bo‘lgan talabdagi tarkibiy o‘zgarishlarga va b) ilmiy-
texnik taraqqiyot bilan bog‘liq iqtisodiyot tarmoqlarining tarkibiy
o‘zgarishlariga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |