12.2 –rasm. Ichki muvozanatning grafik tasviri
70
Shunday qilib, ichki muvozanatni ushlab turuvchi G va R birikmalar
to‘plami bizga musbat og‘ishga ega YY egri chiziqni beradi. Bu egri
chiziqdan o‘ngda va pastda turgan barcha nuqtalar ortiqcha talab
hududida bo‘ladi (davlat xarajatlarining ortishi va pulning arzonlashuvi
tufayli). YY egri chiziqdan chapda va yuqorida turgan nuqtalar ortiqcha
taklif (ishsizlik) hududida joylashadi, bu holat G ning qisqarishi va R ning
ortishi bilan tushuntiriladi.
70
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers,
2015
131
Budjet - soliq siyosatining qayd etilgan almashuv kursi sharoitida
samaraliligi
bevosita
kapitalning mobilligiga bog‘liq. Davlat
xarajatlarining o‘sishi foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi (davlat fond
bozorida mablag‘ qarz olib, xususiy sektorga xizmat qiladigan pul
massasini qisqartiradi), bu esa xorijdan kapital oqimi kelishini
rag‘batlantiradi. Kapitalning yuqori mobilligida G ning o‘sishiga bog‘liq
bo‘lgan savdo balansi kapitali amalda kapital harakati hisobi musbat
saldosi tomonidan koplanadi va MB, almashuv kursida paydo bo‘ladigan
tendensiyani qoplash uchun xorijiy valutani sotib olishga va uni milliy
almashuvga tashlashga majbur bo‘ladi va shu tariqa pul taklifini oshiradi.
Bu holat, davlat xarajatlarini oshirishi bilan bir qatorda, daromadni
oshirishga ko‘shimcha sabab paydo qiladi
71
. Shunday qilib, qayd etilgan
valuta kursida fiskal siyosat pul siyosatidan farqli ravishda daromad
darajasiga, shunga muvofiq tarzda ichki muvozanatga, muvaffakiyat bilan
ta’sir etishi mumkin, bunda kapital mobilligi ortgan sari ta’sir darajasi
ham kengayadi.
Qanday qilib ichki va tashqi muvozanatning yuqorida keltirilgan
grafik interpretatsiyasiga muvofiq ravishda, iqtisodiy siyosatning turli
instrumentlarini ishlatgan holda iqtisodiyatda to‘la (ya’ni ichki va tashqi)
muvozanatga erishish mumkin?
12.3-rasmda ichki va tashqi muvozanatlar holatlarining muayyan
birlashmasi bilan tavsiflanadigan to‘rtta sektorni ajratish mumkin. 1 -
zona to‘lov balansining defitsiti (BP < 0) va ortiqcha talabga mos, bu esa
inflatsiya
(π)
bilan birgalikda ro‘y beradi. II zona to‘lov balansining
defitsiti (BP<0) va ortiqcha taklifga mos, bu esa ishsizlik (u) bilan
birgalikda ro‘y beradi. III zona to‘lov balansining musbat saldosi (BP >
0) va ortiqcha taklifga (u) ga mos. Nihoyat, IV zona to‘lov balansining
musbat saldosi va ortiqcha talab (π) ni ko‘rsatadi. Shu grafik asosida to‘la
muvozanatga (E nuqta) yaqinlashish maqsadida iqtisodiy siyosatning
yunalishlari va instrumentlarini to‘g‘ri tanlash yuzasidan tasavvur hosil
qilish mumkin.
71
Ichki xususiy investitsiyalarni siqib chiqarishning haqiqiy effekti xorijiy kapitalning oqib kirishi va
pulga taklifning ortishi bilan qoplanadi, bu esa fiskal siyosatning daromadga musbat ta’sirini ancha
oshiradi va uning yordami bilan ichki muvozanatni tez tiklashga imkon yaratadi (12.2-rasmda E nuqtadan
A nuqtaga harakat)
132
Do'stlaringiz bilan baham: |