12-BOB.
OCHIQ IQTISODIYOTDA MAKROIQTISODIY
MUVOZANAT TAHLILI
12.1. Ichki va tashqi muvozanat: iqtisodiy siyosat muammolari
Ochiq iqtisodiyotda ichki va tashqi muvozanatga erishish
makroiqtisodiy tartiblashning jiddiy muammolaridan sanaladi. Uni hal
qilish ham ichki va ham tashqi o‘zgaruvchilarning o‘zaro ta’sir etishlarini
hisobga olishni talab qiladi (garchi bu taqsimlash shartli bo‘lsa ham).
O‘zgaruvchilarning bir -birlariga teskari ta’sir etishlarining mavjudligi,
shuningdek, birlamchi ta’sirning odatda bevosita, hamda uzoq muddatli
davrda ro‘y beradigan butun bir oqibatlar bilan davom etishi natijasida
murakkablashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |