11.5. Valuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar
11.5.1. Valuta kursi
Valuta kursi valuta bozori (foreign exchange market)da milliy
valutaga bo‘lgan talab va uning taklifi o‘rtasidagi nisbat orqali o‘rnatiladi.
11.5a- rasmda u tasvirlangan bo‘lib, bunda e – dollarning valuta kursi,
ya’ni yuanlarda ifodalangan 1 dollar narxi, D – dollarga bo‘lgan talab egri
chizig‘i, S - dollarning taklif egri chizig‘i. Valuta (dollar)ga bo‘lgan talab
egri chizig‘i pastga qarab yo‘nalgan, chunki dollarning valuta kursi
qanchalik yuqori bo‘lsa, ya’ni yuanlarda dollarning narxi qanchalik
yuqori bo‘lsa, xitoyliklar 1 dollarga shunchalik ko‘p yuanlarini
sarflashlari kerak bo‘ladi va ular tomonidan dollarga bo‘lgan talab
miqdori kamayadi.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |