makroiqtisodiy
siyosat
ning muqobilligi va egiluvchanligini ta’minlaydi. Makroiqtisodiy
modellardan foydalanish fiskal (soliq - budjet), monetar (pul - kredit),
valuta va tashqi savdo siyosat dastaklarini muvofiqlashtirishni
optimallashtirish hamda hukumat va Markaziy Bankning iqtisodiyotni
davriy tebranishini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlarini samarali olib
borish imkoniyatini yaratib beradi.
Tovar va xizmatlar, daromad va xarajatlar aylanma harakat modeli,
yalpi talab (AD) va yalpi taklif (AS) modeli, Keyns xochi, IS-LM, Fillips,
Laffer egri chiziqlari, Solou modeli va shu kabi boshqa umumlashtirilgan
makroiqtisodiy modellar makroiqtisodiy tahlilning umumiy vositalari
hisoblanadi, ammo aytish joizki, ular milliylik xususiyatidan mustasnodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |