Maxmuda Usmonova Tadbir ssenariysi


 o’q Matematik terminlar tarixidan



Download 115,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana26.02.2022
Hajmi115,83 Kb.
#469699
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
pdf24 converted (9)

1 o’q Matematik terminlar tarixidan
1. Arifmetika – grekcha so’z bo’lib, son nomini bildiradi.
2. + va – belgilari XV asrda yozilgan Yan Vidman asarlarida uchraydi.
3. Plyus va minus terminlari Fibonachinig 1202-yilda yozilgan, “zibberabaki” asarida uchraydi.
4. Ko’paytirishning nuqta ko’rinishidagi belgilashni XVII asrning II yarmida Leybins kiritgan.
5. Ko’paytirish belgisini ko’paytuvchilar orasiga olib yozish hollari XVI asrda Shtefel asarlarida uchraydi.
6. Kasr belgisini gorizontal chiziq bilan belgilash XVIII asrning boshlarida Fibonachi asarlarida uchraydi.
7. Bo’lish belgisini : bilan belgilash Leybnis tomonidan kiritilgan.
8. ““ belgisini XVI asrda ingliz matematigi Rekkord qo’llagan.
9. “%” belgisi XIX asr o’rtalarida kiritilgan.
10. Qavs ishorasi matematikaga XVII asrning birinchi yarmida kiritilgan.
2 o’q
Ajoyib kuy sehrida raqqosa etsa hirom
Sanoqsiz yulduzlarni o’ziga aylaydi rom
Tovus misol tovlangan hurmikan, parimikan?
Ko’zlar quvonsin qarab, ko’ngillar olsin orom.
Endi chiroyli raqs tomosha qilamiz.
1 o’q
Bizning bobolarimiz o’z zamonasida barcha sohalarda barobar ijod qilganlar.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalarida “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik”lar davom etmoqda.
2 o’q
Tarix va matematika
Tarix mumtoz adabiyotimizda biror voqeaning masalan kitobning yozilishi ro’y bergan vaqti haqida
so’zlar vositasi orqali ma’lumot berish san’atidir.
So’z mulkining sultoni bobomiz Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud


topgan. Turkiy tilning boyligini dunyoga tanitgan va bu tilda o’zining mashhur Xamsa asarini
yaratgan. Alisher Navoiy Xamsasining birinchi dostoni bo’lmish “Hayrat ul-abror” dostonining
yozilish yilini shunday ifodalaydi:
“Nuqtai tarixiki, axsan edi.
Sekizu sekiz yuzu sakson edi”
“Hayrat ul-abror” hijriy 888 yilda yozilgan.
“Farhod va Shirin” dostonining tugallangan yili haqida:
“Chu tarixiy yili anglay dedim tuz,
Sekkiz yuz sekson erdi dog’u to’qqiz”
“Farhod va Shirin” esa hijriy 889 yilda yozilganligi bundan ma’lum bo’ladi.
Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” asarida osmon sirlarini ochgan Mirzo Ulug’bek haqida
quyidagicha yozadi:
Temurxon naslidin sulton Ulug’bek
Ki olam ko’rmadi sulton oningdek,
Oning abnoi jinsi bo’ldi barbod
Ki davr ahli biridin aylamas yod
Valek ul ilm sori topti chun dast,
Ko’zi oldida bo’ldi osmon past.
Rasadkim bog’lamish zebi jahondur,
Jahon ichra yana bir osmondur.
Bilib bu nav’ ilimi osmoniy,
Ki ondin yozadi “Ziji ko’ragoniy”.
1 o’q
Vatandoshimiz shoh va shoir Z.M.Bobur haqida.
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilda 14-fevralda Farg’ona vodiysining poytaxti
Andijonda tavvallud topgan. Otasining vafotidan so’ng, 12 yoshli Bobur Andijon taxtiga o’tiradi.
1497-1500-yillarda Samarqandni 1502-1503-yillarda O’sh va uning atrofini egallab oladi. Ammo
Ahmad Tanbaldan yengiladi. Shayboniyhon siquvi natijasida Bobur Hindiston tomonga chekinadi.
1526-yil 21-aprelda Hind sultoni Ibrohim Lo’diyni yengib, Hindistonni butunlay egallaydi va
boburiylar sulolasiga asos soladi. Bobur haqida Eduard Holden shunday degan edi: “Bobur fe’li-
saviyasiga ko’ra Yuliy Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir”. Bobur arabcha so’z bo’lib “she’r”
degan ma’noni anglatadi.
Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh,
G‘urbatda sevinmas emish albatta kishi.
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,
O’rgangali ilm tolibi ilm kerak.
Men tolibi ilm tolibi ilm yo’q,
Men borman ilm tolibi,ilm kerak.

Download 115,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish