163-modda. Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotish Hujjatlarning, shuningdek ashyo yoki moddalarning, agar ular haqidagi ma’lumot davlat siri yoki harbiy sirni ifodalasa, xizmat yoki kasb faoliyati yuzasidan ishonib topshirilgan shaxs tomonidan yo‘qotilishi, basharti, bu yo‘qotish ana shu hujjatlar, ashyo yoki moddalar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish natijasida ro‘y bergan bo‘lsa, — bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Rejaga
Do'stlaringiz bilan baham: |