Mavzy №3. Sharq va G’arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosi Reja



Download 248,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana29.01.2022
Hajmi248,95 Kb.
#415828
  1   2   3   4   5
Bog'liq
№3



Mavzy №3.
 
Sharq va G’arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosi
Reja: 
1Ilk orta asr Sharq falsafasida olam va odam muammosining tahlili 


2.
G’arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosining qoyilishi
 
.

3. Yangi davr olam va odam muammosi.
4. XX-XXI asr faylasuflari ijodida olam va odam muammosi
.

I. Ilk orta asr Sharq falsafasida olam va odam muammosining tahlili
 
.

Talaba birinchi va 


ikkinchi masalani yoritishda qadimgi Sharq va G’arb falsafasi tarixini o’rganishdan boshlashi maqsadga muvofiq 
boladi.
Qadimgi Sharq va G'arb falsafasi vujudga kelishi va
rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Qadimgi Sharq 
va G'arbda
falsafasi insoniyatning ilm, fan, m'naviy taraqqiyotining debochasi
hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, 
o'ziga xosligi va betakrorligidanqat'iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega. Birinchidan, falsafiy tafakkur 
Sharqda ham, G'arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. 
Mifologiya inson o'zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir 
emasligi bilan tavsiflanadi.
Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo 
mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo'yiladi: dunyo qanday vujudga 
kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o'lim nima va h.k.46 Ikkinchidan, G'arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va 
davlat paydo bo'lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning 
vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda 
yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga 
uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-
V asrlarda vujudga kelgan. Yunonistonda antik falsafa miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar 
(«polislar»)da avval Kichik Osiyoning G'arbiy qirg'og'ida (Ioniyada), so'ngra – Sitsiliya orolining yunonlar 
yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) vujudga kelgan va qadimgi 
dunyo madaniyati ravnaq topishi uchun shartsharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining vujudga kelishi 
varivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan. Qadimgi Markaziy Osiyoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi ham sinfiy 
(feodal) jamiyatning 
rivojlanishi va davlatning shakllanishi bilan bog'liq. Amudaryo bo'ylaridagi xalqlar, xususan Xorazmda eng yirik 
davlat tuzilmalari bo'lgan. Shuni qayd etish lozimki, keyinroq vujudga kelgan davlatlarda falsafaning shakllanishiga 
qadimgi davlatlarning ilk falsafiy tizimlari ta'sir ko'rsatgan. Uchinchidan, G'arb va Sharq falsafasi umuminsoniy 
qadriyatlarga qarab mo'ljal oladi. U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o'rganadi, Qadimgi manba “Avesto”da 
ko'rsatilgani kabi “qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so'zlash va yaxshi ish ko'rish mumkin”, degan savolga javob 
topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo'lish uchun inson falsafiy donishmandlikni o'zlashtirishi 
lozim: u dunyo va uni anglab yetish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o'xshash 
muammolarda mo'ljal ola bilishi kerak. Aristotel` ham shoh Iskandarga nasihatida “Shuni bilgilki, o'zing buzuq va 
fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O'zing adashgan, gumroh ekansan, ularga yo'lboshchilik 
qilolmaysan. Axir o'zi ko'r odam qanday qilib o'zgalarga rahnamo bo'lsin.? O'zi qashshoq o'zgani boy qila oladimi? 
Kimki o'zi xoru zalil bo'lsa, o'zgani qanday qilib mashhuru aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni istagan hech kimsa 
o'zini isloh etmaguncha o'zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o'zi buzuq fosid bo'lmasa, boshqa kishini fasod ishga 
taota olmaydi. Qo'l ostingdagilarni isloh etishni istar ekansan, islohni o'zingdan boshla. O'zgalar aybini yo'qotishni 
hohlasang, avvalo o'zingni ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O'ylagan fikring senga hech qachon firib 
bermasligi lozim. Agar so'zlaring go'zalu qilmishlaring esa xunuk bo'lsa, ishlari 47 gaplariga teskari, zohiri botinini 
aks ettirmaydigan va'zxon bo'lasan qolasan ”1 deb uqtiradi.To'rtinchidan, Qadimda Sharq falsafasi ham, G'arb 
falsafasi ham yaxshilik va yomonlik, go'zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, do'stlik, birodarlik, muhabbat va 
nafrat, baxt, lazzatlanish va azob chekish, ilmu ma'rifat kabi muammolarning yechimini izlagan. Bu jarayon o'sha 
davr buyuk faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bo'rtib namoyon bo'ladi, masalan: 
Konfutsiy: “Odamlar seni bilmasliklaridan g'am chekma, o'zing 
odamlarni bilmasligingdan g'am chek”; 
- Lao-szi: “Yuksak fazilatli inson odamlar bilan munosabatlarda 
xushmuomala bo'lishi, mamlakatni boshqarishda izchil bo'lishi lozim; ishdimkoniyatlardan kelib chiqishi, harakatda 
vaqtni hisobga olishi lozim”; 
- Zardo'sht: “Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal”; 
- Geraklit: “Men uchun bir kishi, agar u hammadan yaxshi bo'lsa, o'n ming kishiga teng”; 
- Demokrit: “Axmoqni maqtagan aslida unga yomonlik qiladi; 
- Epikur: “O'lim qo'rqinchli emas: men ungacha mavjudman, u mendan keyin mavjud”; 
- Platon: “Oliyhimmatlilik – vaziyatdan mohirona foydalanish: aqlidrok bilan bog'langan sahovatlilik”; 
- Aristotel`: “Do'stlik birga yashash ning zaruriy shartidir”deb hisoblaydi. Shuningdek uning fikricha, ma'naviyat va 
ma'rifat shunday bebaho boylikki, dunyoda undan naf ko'rmaydigan inson yo'q va bo'lmaydiham. Marifat oddiy xalq 
ommasiyu, tijorat ahli uchun ham, olim-u fuzalo,shohu sulton uchun ham bir xilda zarur va muhimdir. Ham o'ng 
qo'lida va ham chap qo'lida adolat tarozisini qo'tarib olmagan, bilimi, odobi, muomalasi bilan xalqining ko'ngliga yo'l 
topmagan shoh, yurtni boshqara olmaydi. Elyurtni obod va farovon qilish, xalqning olqishiga sazovor bo'lish, 


mazlumlarni zolimlar istibdodidan himoya qilish, adolatni qaror toptirish uchun podshohlarda insofu-diyonat, mehr-
shafqat bo'lishi lozim 
2. Arastu o'zining baxt haqidagi falsafiy qarashlarini rivojlantirib, ma'lum vaqtlarda baxtli bo'lib, qolgan vaqtlarda 
baxtsiz bo'lgan kishilar emas, butun umr yaxshi yashagan odamni baxtli deyish mumkin, mukammal yaxshilik bilan 
yashash esa baxt saodatdir, deb hisoblaydi. Beshinchidan, falsafiy bilimning dunyoqarash bilan bog'liqligi ham G'arb 
va Sharq falsafasi rivojlanishining qonuniyatidir. Biz istaymizmi, yo'qmi, lekin falsafiy g'oyalar, qarashlar, nazariyalar 
va tizimlar yo , yo materialistik, ba'zan eklektik (bu ikki dunyoqarashning birikmasi) bo'ladi. Jumladan, qadimgi 
Yunonistonda Milet falsafiy maktabi namoyandalarining asarlarida falsafiy muammolarning materialistik talqiniga 
duch kelish mumkin. Bu maktab asoschisi Fales suvni, Anaksimen – havoni, Anaksimandr – apeyron (mavhumlik)ni 
hamma narsaning birinchi asosi deb hisoblaydi. Dunyoning materialistik asoslarini Anaksagor taklif qiladi. Uning 
fikricha, barcha narsalar muayyan «urug'lar»dan iborat. Ularni Anaksagor gomeomeriyalar deb nomlagan. Empedokl 
o'zining “Tabiat haqida” asarida olov, havo (uni Empedokl efir deb nomlagan), suv va yer turli narsalarning birinchi 
asoslaridir, deb qayd etgan. Shunga o'xshash fikrlarga Sharq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin. Masalan, 
Zardushtiylik ta'limotida olov, hindlarning qadimgi falsafiy kitobi “Upanishada”da, shuningdek “Chorvaka” qadimgi 
hind falsafiy maktabiga doir manbalarda suv, olov, yer, havo, butun borliqning substantsional asosidir, deb qayd 
etiladi. Bu fikr esa Empidokl ta'limoti bilan hamohangdir. Oltinchidan, Sharq va G'arb qadimgi dunyo falsafasida 
idealizm o'zining ikki ko'rinishida: ob'ektiv idealizm va sub'ektiv idealizm sifatida namoyon bo'ladi. Sharq falsafasida 
bu “yoga”, buddizm, jaynizm, zardo'shtiylik, konfutsiychilik, daochilik falsafasi, G'arb falsafasida – bu Pifagor va 
Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va sh.klarda o'z ifodasini 
topadi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo – “g'oyalar 
dunyosi” va “narsalar dunyosi” mavjudligi haqida saboq beradi. “G'oyalar dunyosi” umumiy tushunchalardaniborat, 
“narsalar dunyosi” esa “g'oyalar dunyosi”ning in'ikosidir: “g'oyalar dunyosi”da ideal mohiyatlar mavjud, “narsalar 
dunyosi” esa bu mohiyatlar mahsuli bo'lgan ayrim narsalardan iborat. Platonning g'oyalar haqidagi ta'limoti uning 
“Bazm”, “Fedon”, “Fedr”, “Davlat” asarlarida o'z aksini topgan, mutafakkirning “Teatet”, “Parmenid”, “Sofist”, 
“Kritiy” asarlari esa g'oyalarning moddiy dunyoga bo'lgan munosabati muammosiga bag'ishlangan. Platon fikriga 
ko'ra, materiya - g'oyaning sof “aksi”, uning “aksilmohiyati”. Materiyaning mohiyati esa - g'oya. Haqiqiy borliq – bu 
piramidani eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida “bilish va harakat asosining mohiyati” sifatida amal qiluvchi 
go'zallik g'oyasi yotadi. Uning yonidan yaxshilik g'oyasi va oqillik (haqiqat) g'oyasi o'rin oladi. Shunday qilib, Platon 
“g'oyalar dunyosi” “narsalar dunyosi”ni vujudga keltirishini nazarda tutuvchi ob'ektiv idealizm falsafiy tizimini 
yaratgan. Platon g'oyalar va narsalarni bir-biridan ajratib bo'lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun 
“g'oyalar dunyosi” birlamchidir. Aristotel` “Metafizika” asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi 
sifatidagi g'oyalar haqidagi ta'limotini rad etadi. U mohiyatg'oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud 
emas, degan 
tezisni ilgari suradi. Platon fikrlariga e'tiroz bildirar ekan, Aristotel` umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb 
hisoblaydi: “Ayrim narsa bo'lmasa, umumiylik ham bo'lmas edi”. “Metafizika”da Aristotel` falsafa borliq va uning 
atributlarini, borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini o'rganishini qayd etadi. Bular “umumiy metafizika” 
muammolaridir. Ammo “xususiy metafizika” ham mavjud bo'lib, u “harakatsiz substantsiya yoki birinchi boqiy 
dvigatel`”ni o'rganadi. Ayni vaqtda shuni ta'kidlash lozimki, aksariyat Sharq va G'arb faylasuflarining falsafiy 
qarashlari faqat materialistik yoki faqat idealistik xususiyat kasb etmaydi. Ularda boshqa g'oyalar ham uyg'unlashadi. 
Ammo materiya va ongning o'zaro nisbati muammosining u yoki bu yechimi uning turli shakllarida – kosmos va 
tabiatni anglab yetishdan tortib inson va uning shaxsiy borlig'iga qadar – doim u yoki bu faylasuf yoki falsafiy 
maktabning muayyan dunyoqarashidan dalolat beradi. Yettinchidan, G'arb va Sharq falsafasi rivojlanishining yana bir 
umumiy qonuniyati uning metodologik ahamiyat kasb etuvchi haqiqiy ilmiy bilimga erishish yo'lida ilmiy izlanishlar 
olib borishidir. Bu yerda gap fanga va falsafaning metodologik funktsiyasiga bo'lgan munosabat haqida ketmoqda. 
Falsafiy ta'limotlar, kontseptsiyalar, g'oyalar yordamida turli hodisalarning tahlili amalga oshiriladi, amaliy tavsiyalar 
beriladi. Bu jihatdan miloddan avvalgi V asrda vujudga kelib, Xitoydagina emas, balki boshqa Sharq mamlakatlarida 
ham keng tarqalgan konfutsiychilik diqqatga sazovordir. Uning ayrim kontseptsiyalari hanuzgacha tirik. Masalan, 
«syao» yoki ota-onani hurmat qilish, kattalarga izzat-ikrom ko'rsatish kontseptsiyasi yosh jihatidan ham, ijtimoiy 
ierarxiya bo'yicha ham kattalarga nisbatan o'z xulq-atvorini barcha fazilatlar mohiyatini anglab 
yetish asosida yo'lga qo'yishni taklif qiladi. G'arb falsafasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, unda ham falsafaning 
metodologik funktsiyasi bo'rtib namoyon bo'lishini ko'ramiz. Masalan, yunon faylasuflari – falsafa tarixidan 
donishmandlik va shirinsuxanlik o'qituvchilari degan nom bilan o'rin olgan sofistlar shogirdlariga oqilona fikrlashni, 
muhokama qilinayotgan narsa yoki hodisaning mohiyatini teran anglagan holda ish ko'rishni va o'z falsafiy 
bilimlaridan siyosiy faoliyatda foydalanishni o'rgatishni o'z vazifasi deb bilganlar. Ma'lumki, qadimgi yunon faylasufi 
Suqrot o'z e'tiqodlarini himoya qilish yo'lida hayotini tikkan. U davlatni boy va zodagon kishilar emas, balki ishning 
ko'zini biladigan, oqil odamlar boshqarishlari lozim deb hisoblagan va o'z shogirdlariga o'sha davrda mavjud bo'lgan 
siyosiy an'analarda mo'ljal olishni o'rgatgan. Ayni shu fikri uchun ustidan chiqarilgan hukmga e'tirozbildirmay, Suqrot 
o'z o'limini ixtiyoriy ravishda tanlagan va bir qadah sikut (zahar) ichib o'lgan.Sakkizinchidan, G'arbda ham, Sharqda 
ham faylasuflar narsalar va hodisalarni o'rganish, tahlil qilish, tushuntirishning o'z metodlarini yaratganlar. Yangi davr 
tadqiqotchilari, Gegeldan boshlab, ikki asosiy falsafiy metod – dialektika va metafizika metodlarini ilgari surganlar. 
Qadimgi dunyo falsafasi rivojlangan sharoitda bu metodlar faylasuflar tomonidan ongli ravishda idrok etilmagan. Ular 
stixiyali, aniqroqaytganda, falsafiy ta'limotlar, tizimlar va qarashlarga ichdan xos bo'lgan metodlar sifatida amal 
qilgan. Faylasuflar, odatda, hodisalarning umumiy o'zaro aloqasini, ularning ziddiyatliligini, harakati va rivojlanishini, 


dunyoning yagonaligi va rang-barangligini, «umumiy yo'l» yoki Logosni muayyan tabiiy qonun sifatida anglab 
yetadilar. Jumladan, Geraklit fikriga ko'ra, tabiat (olov) uzluksiz o'zgarish jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish 
va o'zgarishlar manbaini ko'radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa 
o'zining qarama-qarshiligiga o'tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho'l narsa 
quruq narsaga aylanadi, quruq narsa ho'l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani kabi, barcha hodisalar 
ham o'zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi marta suvga tushayotgan odamga yangi 
suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan birbiriga zid bo'lgan hodisalar va jarayonlarni ko'radi: hayot va o'lim, uyg'oqlik 
va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. «Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to'yimli va xaloskor, odamlar 
uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko'rib turganimizdek, qadimgi yunon faylasufi o'zgarishning 
umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga o'tishi narsalarning barcha sifatlariga nisbiy tus berishini, ya'ni 
muayyan holatlarga bog'liq qilib qo'yishini qayd etadi.«Dialektika» so'zini ilk bor Suqrot ishlatgan. Bu so'z bilan u 
samarali bahslashish, fikrlar qarama-qarshiligi orqali haqiqatning tagiga yetishga qaratilgan muloqotni olib borish 
mahoratini ifodalagan. Dialektikaning ayni shu talqiniga sofistlar ham amal qilganlar. Ular o'ziga xos inkor 
dialektikasini rivojlantirib, tinimsiz bahs-munozara muhitida haqiqatning tagiga yetishga to'xtovsiz harakat qiluvchi, 
ziddiyatlarga to'la inson tafakkurini faol harakatga keltirganlar. Aristotel` fikricha, bahslashish yoki qarama-qarshi 
fikrlarni talqin qilish orqali haqiqatning tagiga yetish san'ati sifatidagi dialektika Zenonning «Bahslar» deb nomlangan 
asarida tahlil qilingan. Dialektika muammolarini Platon ham o'rgangan. U dialektika deganda nisbiy «borliq» va 
«haqiqiy borliq»ni bilishni tushungan. O'zining ko'p sonli asarlarini u antik dialektika namunalarini o'zida 
mujassamlashtirgan dialoglar shaklida yozgan. U harakat va harakatsizlik, tafovut va ayniyatni tahlil qilgan. Platon 
har bir narsani o'z-o'ziga va boshqa barcha narsalarga ayniy deb hisoblagan.Aristotel` sababiy bog'lanishlarning rang-
barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada rivojlantirgan. Uning to'rt sabab:moddiy, formal, 
harakatlantiruvchi va yo'naltiruvchi sabablar haqidagi ta'limoti ma'lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga 
sabab bo'luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»; «narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; 
«harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko'zlangan maqsad – yo'naltiruvchi 
sabab». Aristotel` shakl va mazmun (materiya) dialektikasini tahlil qilishning o'z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl 
va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va ularningtakomillashuvi shaklga bog'liqdir. Shakl o'z 
mohiyatiga ko'ra faol, materiya esa passivdir. Shakl – narsaning tashqi ko'rinishi, u dunyoning rangbarangligi va 
borlig'ini belgilaydi. Dialektika qadimgi Sharq falsafasiga ham xos. Qadimgi Sharq faylasuflari o'zlikni anglash va 
insonning o'z-o'zini kamol toptirilishiga bag'ishlangan kontseptsiyalarida, avvalo buddizm, yoga, konfutsiychilik, 
zardo'shtiylik falsafasida juda ko'p noyob dialektik fikrlar ilgarisurilgan. Masalan, Zardo'sht ta'limotida “Axriman” va 
“Axuramazda” yaxshilik va yomonlikning abadiy kurashi va bunda yaxshilikning g'alabasini ifodalaydi. 
Zardo'shtiylik falsafasiga ko'ra, yaxshilik va yomonlik kishilarning botinida-ichki dunyosida yashaydi. Inson Axriman 
yokiAxuramazda tarafida bo'lishi mumkin, chunki Ezgulik farishtasi uni 
hamisha yaxshilik qilishga, lekin yovuz Axriman uni yomonlik qilishgaundaydi va bu tortishuv inson hayotining 
oxirigacha davom etadi. «Upanishada»da deyarli har qanday hodisa harakat va qarama-qarshilik 
nuqtai nazaridan qaraladi. Braxman ikki qiyofa: jismoniy va jismsiz, o'ladigan va o'lmas, harakatsiz va harakatchan 
ko'rinishlarga ega. «Upanishada»da Atman – bu ham tana, ham individual jon. Braxman va atman bir-biri bilan o'zaro 
bog'liq «Hamma narsa Braxman, Braxman esa atmandir», deyiladi. Atman o'zgaruvchan, uning turli holatlari mavjud: 
uyg'oqlik; tushli uyqu; tushsiz uyqu; turiya (atman hech narsani his qilmaydigan, o'z-o'ziga teng bo'ladigan holat). 
Daosizm (qadimgi Xitoy maktablaridan biri)da dao haqidagi ta'limot Geraklitning Logos haqidagi ta'limotiga o'xshab 
ketadi. Dao – bu «hayot yo'li», tabiat qonuni. Bu dunyoning vujudga kelishi va rivojlanishining tabiiy abadiy qonuni. 
To'qqizinchidan,, qadimgi Sharq va G'arb falsafasida dialektik metod bilan bir qatorda hodisalarni o'rganishning 
metafizik metodiga ham duch kelish mumkin. Aristotel` Eley maktabi vakillari Parmenid va Melis hamda ularning 
izdoshlarini «tabiatni to'xtatuvchilar» deb nomlagan, chunki ular tabiat harakatini rad etgan. Ular uchun borliq 
«yagona va harakatsiz»dir. Eleylik Ksenofan, masalan, shunday deb yozgan: «Bir joyda abadiy turadi, umuman 
qimirlamaydi, u yoqdan buyoqqa o'tish unga xos emas»1. Parmenid bu qoidaga aniqlik kiritadi: «...hamma narsa bir, 
abadiy, vujudga kelmagan va sharsimon va bir xil, o'z ichida makonga ega emas,harakatsiz va chekli»1. Eley maktabi 
kabi, qadimgi Xitoyda konfutsiychilik maktablari – Men-szi va Syun`-szi ham dialektikaga qarshi chiqqan. Bu 
maktablarning vakillari qarshisida narsa qarama-qarshiliklar birligida namoyon bo'lmaydi, inson tabiati yo 
tug'ilgandan boshlab faqat yaxshilik bilan bog'langan (Men-szi), yo inson o'z tabiatiga ko'ra azaldan yovuz (Syun`-
szi). Albatta, tabiat inson tabiatini tarbiya yo'li bilan o'zgartirishi mumkin, lekin bu endi unga madaniyatni olib 
kirishdir. Umuman qadimgi Sharq va G'arb falsafasining ijtimoiy muammolari orasida axloq mavzusi yetakchilik 
qiladi. O'sha davrda yaratilgan hikmatli so'z, iboralar bugungi kunda ham insonni mulohaza yuritishga majbur qiladi. 
Masalan, Platonning «Dialoglar» asarining o'zida taqdir, qarilik, fazilatlar, oqillik, adolat, sabr-toqatlilik, sovuqqonlik, 
vijdonlilik, erkinlik, kamtarlik, olijanoblik, tinchlikparvarlik, yengiltaklik, do'stlik, mehr-muruvvatlilik, e'tiqod, teran 
fikrlash kabi tushunchalarga ta'rif berilgan. Aristotel e'tiqodlilik, andishalilik, oilaga muhabbat, halollik, ezgulik, 
birovning haqiga xiyonat qilmaslik, ota-onalarga mehr oqibatli bo'lish, hushyorlik, ziyraklik, adolatlilik kabi ma'naviy 
axloqiy fazilatlarga ega bo'lish har qanday jamiyat, davlat va xalqning eng katta boyligi, kuch-qudrati manbalaridan 
biri deb hisoblaydi. Uning fikricha, biron bir narsaga ega bo'lishdan maqsad undan foydalanishdir. Ko'zga ega bo'lgan 
odam ko'zini yumib yashamaydi, balki undan olamni ko'rish uchun foydalanadi, quloq va shu kabilar haqida ham shu 
fikrni aytish mumkin. U inson uchun biror narsaga ega bo'lish muhimmi yoki undan foydalanishmi, degan savolni 
o'rtaga tashlab, albatta muhimi foydalanishdir, chunki foydalanish va faoliyat ko'rsatish maqsadida u biror bir narsaga 
ega bo'lishni istaydi,2 deb hisoblaydi. Shuningdek Zardo'shtning “Avesto” kitobida ham odamlarni imonlie'tiqodli 


bo'lishga, doimo pokiza yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yomon niyat va so'zlardan tiyilishga, yomon 
amallarda voz kechishga, nojo'ya ishlarlardan yuz o'girishga da'vat etadigan axloqiy qoidalar, o'gitlar ko'p. Kitobda 
“tanalaringiz haqida emas, balki qalbingiz haqida ko'proq qayg'uring”, “Har bir inson kuniga besh marta yuvinib, 
poklanib, quyoshni olqishlab sig'inishi shart”3 degan qoida belgilangan.

Download 248,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish