«aniqni yashirin, yashirinni aniq, shuningdek boshqa ziddiyatli narsalarni» ko'ruvchi so'fiyning sarosimaligidir.
«Biroq bu yo'qotgan yoki tushunmaydigan odamning sarosimaligi emas»2. Bu sarosimalik mistik bilish yo'liga
endigina kirayotgan odamni qamrab oladi; so'ngra, mistik bilish jarayonida sarosimaga tushgan odam, Ibn Arabiy
tavsifiga ko'ra, «qutb atrofida aylana harakat qiladi va undan uzoqlashmaydi»3. Bu qutb – Xudo: girdob obrazining
ma'nosi shundan iboratki, bu girdob harakatining boshi yo'q, aniqrog'i, qayd etilgan aniq bir boshlanish joyi mavjud
emas: istalgan nuqtadan, dunyoning har qanday narsasidan boshlash mumkin, biroq oxiri bor, bu - qutb, borliq
girdobining markazi: bilish doiralari muqarrar tarzda yagona Xudoga olib keladi. Girdob butun borliqni o'z komiga
tortadi. Uning ichida, markazda turib biz yo'limiz mo'ljaldan farq qilmasligini, yo'lni qaerda boshlagan bo'lsak, o'sha
yerda – Xudoda tugatganimizni ko'ramiz1. Demak, Ibn Arabiy ijodida ilohiy mohiyatning dunyoga nisbatan
transtsendentligi va immanentligi muammosi yechimining uch varianti mujassam.. Birinchi yo'l qismdan butun sari
harakat, mantiqiy mulohaza yuritishdan boshlanuvchi yo'l. Bunda ilohiy mohiyat yoki dunyo «qism»
deb,muammoning izlanayotgan yechimi esa – «butun» deb olinishi mumkin. Ikkinchi yo'l butundan qism sari
harakatdan iborat: biz yechim mavjudligini faraz qildik, u qanday bilishi lozimligini («butun»ni) ko'rsatdik va so'ng
uni tahlil qildik, transtsendent-immanent muammo yechilgan sharoitda ilohiy mohiyat va dunyo qanday bo'lishi
lozimligini ko'rishga harakat qildik. Nihoyat, yechimning uchinchi yo'li qismlar va butunning ayniyligini, mutlaqo va
barcha yo'nalishlarda ayniylikni: qismlarning bir-biri bilan, ularning har biri va ikkalasining butun bilan ayniyligini
qayd etadi. Birinchi holda transtsendentlik va immanentlik muammosining yechimi topilmadi, ikkinchi holda u o'z
yechimini topish uchun dualizmni qabul qilishni talab etdi, uchinchi holda esa u yechilmaydi, balki o'z asosini
yo'qotadi. Bahouddin Naqshband asos solgan so'fiylik ta'limotining nazariy asoslaridan birini Xudo, dunyo va
insonning o'zaro nisbati muammosi tashkil etadi. Bu bosh muammo talqinida so'fiylarni ikki yo'nalish – teistik va
panteistik yo'nalishlarga ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning yaratuvchisi deb e'tirof etilgan, insondan tashqarida
turgan,dunyo uzra yuksalgan va bilish mumkin emas deb e'lon qilingan bo'lsa, so'fiylar ta'limoti monoteizm shakl-
shamoyilini kasb etgan, dunyo va Xudo tushunchalari tenglashtirilgan taqdirda bunday ta'limot panteistik deb
hisoblangan2.Bahouddin Naqshband hayotning mazmunini Haqiqat (Alloh)ga erishishga intilishda ko'rgan va Haqiqat
(Alloh)ga erishish tashqi narsalar haqidagi bilim – shariatga asoslanadi va ichki narsalar haqidagi bilim – tariqat
jarayonida yuz beradi, deb hisoblagan. U shariat Qur'oni karim va hadislarni bilishdan kelib chiquvchi diniy qonun-
qoidalar to'plami ekanligidan kelib chiqqan. Tariqat odam Haqiqatga erishish uchun qaysi bosqichlardan o'tishi,
Allohni anglash va u bilan birikish uchun qandayto'siqlarni yengishi lozimligini belgilaydi. Bunda bilish jarayonida
shariatdan tariqatga o'tish darhol yuz bermaydi. Faqat shariatnio'zlashtirish va uning talablarini bajarish orqali Haqiqat
yo'lidan jadalroq va samaraliroq borish mumkin.Odam bilishning har bir bosqichi (mistik yo'l manzillari)dan oldinma-
ketin o'tib o'z maqsadiga yaqinlashadi. So'fizm nazariyasi va amaliyoti ongning tashqidan ichkiga, ochiqdan
yashiringa sayohatini nazarda tutadi. Bahouddin Naqshband tariqat ezoterik (yashirin, mistik) fan, u hammaga ochiq
emas, uni faqat o'zini Haqiqatga baxshida etgan odamlar anglab yetishi mumkin, deb hisoblagan. So'fizmda mistik
bilish zamirida «O'zini bilgan odam o'z Allohini biladi» degan tamoyil yotadi. O'zini o'zi bilish orqali Allohni bilish
maqsadga erishishning eng qisqa yo'lidir. Bahouddin Naqshband yaratgan ta'limotning asosida «Dil ba yor-u, dast ba
kor», ya'ni «Ko'ngil yorda, qo'l –ishda», degan shior yotadi
Do'stlaringiz bilan baham: