Mavzu:Òzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va
mavqeyini tubdan oshirish chora tadbirlar.
Reja:
1.
2.
3.
4.
koʻp asrlik madaniy, ilmiy
-
maʼrifiy va badiiy tafakkuri,
intellektual salohiyatining yorqin va bebaho
mahsuli
boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan
biridir.
Oʻzbekistonda 1989
-yil 21-oktyabrda el-yurtimiz asrlar
davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili
haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti
va mu
staqilligi sari qoʻyilgan dastlabki dadil qadam edi.
Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek tili
mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi.
Istiqlol yillarida ona tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga
aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot
qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos
kuch sifatida maydonga chiqdi.
Bugun Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan —
milliy
yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning
yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda
.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli
islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va
nufuzi tobora oshib bormoqda.
Oʻzbek tili siyosiy
-huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, maʼnaviy
-
maʼrifiy jabhalarda faol qoʻllanib, xalqaro minbarlard
a
baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga
eʼtibor va uni oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda.
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi
mustaqil davlat oʻz milliy manfaatlarini taʼminlash, bu
borada avvalo oʻz madaniyatini, azaliy qadr
iyatlarini, ona
tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor
ahamiyat qaratishi tabiiydir.
Yangi muhtasham «Kongress-xoll» saroyida 21 oktabr kuni
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev ishtirok etdi.
Davlat rahbari yig‘ilganlarni, butun
xalqimizni ushbu tarixiy
sana bilan tabrikladi.
«Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili
xalqimiz uchu
n milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik
timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-
kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini,
cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis
onalarimizning allalarini, ming yilli
k dostonlarimizni, o‘lmas
maqomlarimizni
eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli
qo‘shiqlariga quloq tutsin»,
-
dedi
Prezident.
O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga
mansub eng yirik tillardan
biridir. Dunyo miqyosida bu tilda 50 millionga yaqin odam
so‘zlashadi.
Mustabid tuzum davrida tilimizni yo‘qotishga ko‘p urinishlar
bo‘lgan edi. Lekin xalqimiz o‘z ona tilini –
milliy g‘ururini
saqlab qoldi. Millatparvar ziyolilar, tilimiz fidoyilarining
jonkuyarligi natijasida 1989 yil 21 oktabr kuni
qabul
qilingan qonunga asosan, o‘zbek tili mamlakatimizda davlat
tili maqomiga ega bo‘ldi.
Ushbu t
arixiy sanadan o‘ttiz yil o‘tib bu borada
yana bir
qutlug‘ qadam qo‘yildi.