- Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsatnomalar berish Tartibi, 1999 yil 22 yanvar, 610-son. - - Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsatnomalar berish Tartibi, 1999 yil 22 yanvar, 610-son.
- - O’zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish Tartibi, 1999 yil 22 yanvar, 611-son.
- - Vakolatli banklar tomonidan erkin ayirboshlanadigan valyutada taqdim etuvchiga beriladigan depozitlarga doir operatsiyalarni amalga oshirish Tartibi to’g’risida Nizom, 1999 yil 15 mart, 673-son.
- - Investitsiya loyihalarini erkin almashtiriladigan valyutada kreditlash Tartibi to’g’risida Nizom, 1999 yil 22 mart, 681-son.
- - Vakolatli banklarda eksport va barter bitimlarini ro’yhatga olish va ular ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Tartibi to’g’risida Nizom, 2000 yil 9 avgust, 954-son.
- - Hisob-kitoblar ma'lumotnomasini rasmiylashtirish tartibi to’risidagi Nizom (yangi tahrirda), 2002 yil 14 may, 1137-son.
- - O’zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to’g’risida Nizom ( Yangi tahrirda), 2002 yil 12 avgust, 1165-son.
- - Chet el avtotransport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun yig’imlar olish Tartibi, 1999 yil 15 mart, 674-son.
- - Naqd chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari, 2000 yil 17 avgust, 957-son.
- - Yo’l cheklarini berish va ulardan foydalanish Tartibi to’g’risidagi Nizom, 2002 yil 14 mart, 1115-son.
- - Ayirboshlash shohobchasi to’g’risidagi Nizom, 2002 yil 14 mart, 1114son va boshqa shu kabi hujjatlar.
- 2 Xalqaro valyuta-kredit tizimi
- Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz to’lash shartlari asosida taqdim etilishi bilan bog’liq ssuda kapitalining harakatidir. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida xususiy korxona (bank, firmalar, davlat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro hamda hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlar maydonga chiqadi. Xalqaro kredit kapitalistik ishlab chiqarish usulining dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni dastlabki jamg'arishning richaglaridan biri edi. Ishlab chiqarishning milliy chegaralardan tashqariga chiqishi, xo’jalik aloqalari baynalmilallashuvining kuchayishi, kapitalning xalqaro jihatdan ijtimoiylashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hamda ilmiy-texnik inqilob uning rivojlanishini ob’yektiv asosi bo’ldi.
- Xalqaro kreditning manbalari bo’lib: korxonalardagi mablag’larning davriy aylanishi jarayonida vaqtincha bo’sh bo’lib qoladigan pul shaklidagi kapitalning bir qismi; banklar tomonidan yig'ib, jamlanadigan davlat va xususiy sektorning pul jamg'armalari hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining ayrim joylarida xalqaro kreditga ob’yektiv zarurat tug’iladi. Ushbu zarurat:
- 1) mablag’larning xo’jalikdagi doiraviy aylanishi bilan bog’liq;
- 2) mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishning xususiyatlari bilan bog’liq;
- 3) tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va muddatlaridagi farqlar bilan bog’liq;
- 4) ishlab chiqarishni kengaytirishga mo’ljallangan yirik kapital qo’yilmalarini amalga oshirilish zarurati bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |