IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Lug`at ishi
Qo`noq - tunash uchun yoki dam olish uchun qo`nish joyi.
To`ng`ib -muzlab, qotib qolmoq
Olmos -mustahkam, o`ta qattiq, qimmatbaho tosh
Holi bo`lar tang -ilojini toppish mushkul bo`lgan vaziyat
1.She`rdan ma`nodosh so`zlarni toping.
Ko`p qushlarning qishda yotar ini yo`q,
Patdan boshqa ko`ylak-kostum to`ni yo`q
Bir xili ochiq daraxt shoxlarida qo`noqlar,
Qor-bo`ronda ,sel-yomg`irda quvnoqlar.
2.She`rda qanday ob-havo hodisalari tasvirlangan?
Qor, bo`ron, muz, sovuq, sel-yomg`ir.
3.O`zbekistonda qaysi qushlar qishlab qoladi?
Zag`izg`on, chumchuqlar, musicha, kaptar, qarg`a.
Dam olish daqiqasi:
Dam olish daqiqasida o`quvchilar bilan o`qituvchi “Oq terakmi, ko`k terak?”she`rini birgalikda aytishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |