BO’LIMGA QARASHLI 39-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTAB ONA TILI VA ADABIYOT O’QITUVCHISI RASULOVA NIGORA KURBONOVNANING “VAZIFADOSH KO’MAKCHILAR” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
Vazifadosh ko’makchilar ( 7-sinf ,III chorak)
Darsning maqsadi: -o’quvchilarga vazifadosh ko’makchilar, ularning ifodalanishi haqida ma’lumot berish,ularning mustaqil so’z turkumi bo’lib kelishini tushuntirish;
-o’quvchilarni bir-biri bilan do’stona munosabatda bo’lishga va jamoa bo’lib ishlashga o’rgatish;
-o’quvchilarni qiyoslashga o’rgatish,og’zaki va yozma nutqini o’stirish.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar:kommunikativ(sof va vazifadosh ko’makchilarni farqlash, ulardan nutq jarayonida foydalanisho’z fikrini bayon qila olish,tof’ri qaror qabul qila olish);axborot bilan ishlash(turli axborot manbalari:kitib,qo’llanma,gazeta,internetlardan mavzuga oid ma’lumot yig’ish);shaxs sifatida o’-o’zini rivojlantirish(o’qib-o’rgangan bilimlariga tayangan holda mustaqil matn tuza olish va xulosa chiqarish).
Darsning turi:yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi:suhbat,guruhlarda ishlash,krossvord,”T chizmasi”,”Tog’risi top “o’yini.
Darsning jihozi:kompyuter,monitor,slaydlar,darslik,rag’bar kartochkalari.
Dasrning borishi: I.Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashilib,davomat aniqlanadi.Sinf tozaligi ko’zdan kechiriladi.O’quvchilar darsga hozirlanadi.Darsning musobaqa usulida olib borilishi e’lon qilinib, o’quvchilar “Topqirlar”, ”Bilimdonlar”,”Zukkolar”guruhlariga bo’linadi.Guruhlar o’z nomlarini quyidagicha izohlaydilar.
“Topqirlar”guruhi: Yulduzlardek porlaymiz,
Topqirlikka chorlaymiz.
“Bilimdonlar”guruhi: Bilimdonmiz sho’x-quvnoqmiz,
Kitob bilan do’st-o’rtoqmiz.
“Zukkolar”guruhi: Quvnoq,zukko bolamiz,
Ochilgan gul-lolamiz.
II.O’tilgan mavzuni so’rash:
Uyga vazifa tekshiriladi.O’tilgan mavzu yuzasidan krossvord beriladi.
“Topqirlar”guruhi uchun krossvord:
1
2
3
4
5
1.Atash ma’nosiga ega bo’lmagan so’z turkumidan birining nomi.
2.Asosiy vazifasi so’z va gaplarni bog’lash bo’lgan yordamchi so’z turkumi.
3.Qo’shimcha tarzida mavjud bo’lgan so’z turkumi.
4.A’zimjon qilmishi … undan uzr so’radi. Nuqtalar o’rniga mos ko’makchini qo’ying.
5.Bu kitob qo’lga tushgandan keyin bosh ko’tarolmay mutolaaga tushdi.Gapda ko’makchini toping.
“Bilimdonlar”guruhi:
1
2
3
4
5
1.Ot,olmosh,harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib,ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlarga nima deyiladi?
2.Yo’nalishma’nosini beruvchi sof ko’makchi.
3.Va bog’lovchisi kabi vazifa bajar oladigan sof ko’makchi.
4.Sof ko’makchilar nima olmaydi?
5.Yo’lchida Gulnor haqida ikki og’iz so’z eshitish orzusi kuchli edi.Gapda qo’llangan ko’makchini toping.
“Zukkolar”guruhi:
1
2
3
4
5
1.So’zlarni tobe bog’laydigan so’z turkumi.
2.-dek,-day kabi qo’shimchalar bilan umumiy vazifa bajaradigan sof ko’makchi.
3.Badiiy uslubda –la shaklida qo’llana oladigan sof ko’makchi.
4.Ko’makchilar qaysi kelishik bilan ma’nodoshlik hosil qila olmaydi?
5.Badiiy uchlubda –chun shaklida qo’llanuvchi ko’makchi.
O’tituvchi krossvord orqali o’tilgan mavzuni takrorlab oladi. To’g’ri javob bergan guruh rag’batlantiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni: Topshiriq.Gapda ajratib ko’rsatilgan so’zlarning mustaqil va ko’makchi vazifasida kelgan o’rinlarini aniqlang.
1.Gap futbol o’yini ustida ketardi.
2.Qoziq ustida qor turmas.
Vazifadosh ko’makchilar aslida boshqa(mustaqil ma’noli)so’z turkumi hisoblanib, ba’zan nutqda ko’makchi vazifasida kelishi mimkin bo’lgan so’zlardir.Ot so’z turkumidagi ost,yon,ust,old,orqa,ro’para,qosh so’zlari,ravish so’z turkumidagi oldin,avval,keyin,so’ng,tomon so’zlari,fe’l so’z turkumidagi bo’ylab,qarab,ko’ra,deya,deb,atab so’zlari vazifadosh ko’makchilardir.Ularning ko’makchi vazifasida kelganligini faqat nutqda aniqlash mumkin.
O’quvchilar ongida vazifadosh ko’makchilar borasida malaka hosil qilish uchun so’zlarni mustaqil ma’noda va ko’makchi vazifasida kelishligini qiyoslab o’rgatish lozim.
IV.Mustahkamlash. O’quvchilar darslikda berilgan 164-mashqqa ko’ra ich,o’rta,qarab,ust so’zlarini mustaqil ma’noli va vazifadosh ko’makchi o’rnida qo’llab gaplar tuzishlari lozim.
Mustaqil so’z
Vazifadosh ko’makchi
1.Quti ichida nimadir bor edi.
2.Qulay joylashib olgach,yo’l bo’yidagi tollarga qarab ketdi.
3.Soat televizor ustida turibdi.
4.Olmani o’rtasidan bo’ldi..
1.Shu hafta ichida bora olmayman.
2.Arazlagancha uyga qarab ketdi.
Televizor ustida tortishib qoldik.
4.Gapni o’rtasidan bo’ldi.
Keying topshiriqqa ko’ra har bir guruh a’zolari 165-mashqda berilgan ko’makchilarni “T chizmasi”metodi asosida sof va vazifadosh ko’makchilarga ajratib, jadvalga joylashtirishlari lozim.
Guruh a’zolari tomonidan berilgan javoblarga ko’ra rag’bat kartochkalari berib boriladi.K 1)bilan,orqa,ko’ra,o’rtada;
eyingi topshiriq “To’g’risini top”deb nomlanib,unga ko’ra o’quvchilar 166-mashqda qatorlar ichida vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni aniqlashlari va ular ishtirokida gaplar tuzishlari kerak bo’ladi.
2)sari,boshida,qadar,maqsadida;
3)ustida,ichida,qoshida,tomon;
4)sababli,oldida,uchun,qarab.
“Topqirlar”guruhi:
1.Choy ustida suhbatlashib qoldik.
2.O’quvchilar ichida Salima ajralib turardi.
3.U kutubxona qoshiga boraman takror.
4.Akam dala tomon shoshib ketdi.
”Bilimdonlar”guruhi: 1.Masala ustida tortishib qoldik.
2.Shoirlar ichida ishonganim shu.
3.Onam qoshida o’tirib ,o’gitlarini tinglash menga orom bag’ishlaydi.
4.kAsad ko’cha tomon shoshib ketdi.
”Zukkolar”guruhi:1.Kitob ustida talashib qoldik.
2.Har gap ichida ta’kidlaydi.
3.Anhor qoshida uchrashamiz.
4.Uy tomon burilib ketdi.
V.O’quvchilarni baholash: Guruhlar to’plagan rag’bat kartochkalar hisoblab,chiqiladi.G’olib guruh aniqlanib , rag’batlantiriladi.O’quvchilar dars jarayonidagi faoliyatiga ko’ra baholanadi
. VI.Uyga vazifa:167-mashq.O’quvchilar adabiyot darsligidan sof va vazifadosh ko’makchilar qatnashgan gaplar topish ko’chiradilar.Mavzu yuzasidan qo’shimcha ma’lumot to’playdilar.