2. Аmir Temur tomonidan Shahrisabzda barpo etilgan meʼmoriy yodgorliklar. - 2. Аmir Temur tomonidan Shahrisabzda barpo etilgan meʼmoriy yodgorliklar.
- Oʼzining odilona davlat siyosati, mohir sarkardaligi, katta-kichikka, boy-kambagʼalga boʼlgan teng munosabati bilan butun olamga nomi taralgan Аmir Temur dunyo tarixida faqatgina davlat va siyosat bobida nom qoldirmasdan, balki ijodkorlik, bunyodkorlik va shaharsozlik boblarida ham katta ishlarni amalga oshirgan. U saltanat tepasiga kelgan kundan boshlab meʼmorchilik sohasida ulkan ishlarni boshlab yuborgan. Sohibqiron davrida qurilgan koʼpgina meʼmorchilik namunalari toʼliq boʼlmasada, bizning kunlargacha yetib kelgani diqqatga sazavordir.
- Shahrisabzda Sohibqiron tomonidan bunyod qilingan “Oq saroy” majmuasi, “Dor us-Saodat” va “Dor ut-Tilovat” kabi meʼmorchilik ansambllarining bizgacha yetib kelgan qismlari hozirgi kungacha oʼzining salobatini, koʼrkamligini saqlab qolganligi fikrimizning dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |